MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

SHOKIROVA SHAXNOZA DILMURODOVNA

SHOKIROVA SHAXNOZA DILMURODOVNA

Nizomiy nomidagi О‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Logopediya kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi, pedagogika fanlari doktori (DSc)

Shokirova Shaxnoza Dilmurodovna 1986-yil 12-iyulda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

2001-2004 yillarda Sobir Raximov nomidagi tibbiyot kollejini muvaffaqiyatli tugatgan. 2004-2008 yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetining Defektologiya fakulteti bakalavriatida tahsil olgan.

2008-2010 yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetining Logopediya mutaxassisligi bо‘yicha magistraturani tamomlagan. 2010-2012 yillar davomida Toshkent davlat pedagogika universitetining Korreksion pedagogika kafedrasida о‘qituvchi lavozimida ishlagan.

2012-2013 yillar davomida Toshkent davlat pedagogika universiteti “Korreksion pedagogika” kafedrasi stajer-tadqiqotchi-izlanuvchisi bo‘lgan.

2013-2014 yillar davomida Toshkent davlat pedagogika universitetining Maxsus pedagogika ixtisosligi bо‘yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchisi sifatida faoliyat yuritgan.

2014-2016 yillar yanvar oyidan hozirgi kungacha Korreksion pedagogika kafedrasida о‘qituvchi lavozimida ishlagan.

2019-2020 yillar “Logopediya” kafedrasi  dotsent vazifasini bajaruvchisi sifatida ish olib borgan. 2020-2021 yillar “Logopediya” kafedrasi  dotsenti lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-2024 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti (DSc) sifatida faoliyat yuritgan.

2024-yil dekabr oyidan hozirga qadar, Logopediya kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi sifatida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2018-yilda “Bolalar nutqining grammatik qurilishini rivojlantirishda korreksion-pedagogik ish tizimi” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2021-yilda maxsus pedagogika mutaxassisligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.

2024-yil 10-sentyabrda “Kompleks yondashuv asosida yuqori lab va tanglayning tugʻma kemtiklari boʻlgan bolalarda korreksion-logopedik ishni takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi va shu yil noyabr oyida diplom bilan taqdirlandi.

Sh.D.Shokirova – 2 ta darslik, 2 ta monografiya, 4 ta о‘quv qо‘llanma va 3 ta metodik qо‘llanma muallifi. Uning 100 dan ortiq ilmiy-metodik maqolalari chop etilgan bо‘lib, shulardan 20 dan ortig‘i xalqaro ilmiy jurnallarda, 70 dan ortig‘i OAK rо‘yxatidagi jurnallarda, 20 dan ortig‘i xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar tо‘plamlarida e’lon qilingan.

Sh.D.Shokirova bir qator doktorantlar, tayanch doktorantlar, magistrlar va bakalavr bosqichidagi iqtidorli talabalar bilan samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, ularni talabalar konferensiyalari, ilmiy-amaliy anjumanlar va turli tanlovlarga tayyorlab kelmoqda. Ilmiy rahbarligi ostidagi talabalar, magistrlar va tayanch doktorantlarning maqolalari respublika va xalqaro miqyosdagi anjumanlar tо‘plamlarida muntazam ravishda nashr etilmoqda. Shuningdek, 2025-yilda uning shogirdlaridan biri Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bо‘ldi.

Sh.D.Shokirova tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarga korreksion ta’lim berish dasturi va pedagogika hamda tibbiyot yо‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun “Rinolaliya” bо‘limiga oid maxsus elektron ta’lim platformasi ishlab chiqilgan. Ushbu platforma logopedik ta’limni raqamlashtirish, korreksion pedagogikada zamonaviy о‘quv-uslubiy texnologiyalarni tatbiq etish hamda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida yaratilgan. Elektron resurs http://smilelogo.tdpu.uz manzilida joylashtirilgan bо‘lib, unda tadqiqotda erishilgan ilmiy natijalar joriy etilgan (Davlat guvohnomasi raqami: DGU 36040, 08.04.2024). Platforma logopediya yо‘nalishida ta’lim oluvchilar va amaliyotchi mutaxassislar uchun amaliy foydaga ega bо‘lgan о‘quv manba hisoblanadi.

2024-yil oktabr oyidan boshlab Sh.D.Shokirova AQShdagi “American Journal of Research in Humanities and Social Sciences” (ISSN: 2832-8019, JIF: 9.445) xalqaro ilmiy jurnali tahrir hay’ati a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda. Jurnal gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasida maqolalarni taqriz qilish, ilmiy-metodik mazmunini baholash va ilmiy sifatni ta’minlashda yuqori nufuzga ega bо‘lib, open access va peer-reviewed formatda nashr etiladi.

SH.D.Shokirova tahrir hay’atida ishtirok etish orqali xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, logopediya va maxsus pedagogika sohasidagi ilmiy natijalarni jahon miqyosida targ‘ib etishga о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda.

Sh.D.Shokirova bir qator ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlar hamda ularga qarashli ilmiy-metodik seminarlar a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U о‘z ilmiy salohiyati va amaliy tajribasi bilan dissertatsiya ishlarini baholash, ilmiy muhokamalarda qatnashish, pedagogik va logopedik yо‘nalishlardagi ilmiy izlanishlarning metodologik asoslarini takomillashtirishda faol ishtirok etmoqda. Uning ishtiroki orqali maxsus pedagogika va logopediya sohasidagi dolzarb muammolarning ilmiy yechimlarini muhokama qilish va amaliyotga tatbiq etish ishlari samarali yо‘lga qо‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 3 yoshdan 18 yoshgacha bо‘lgan nogironligi bо‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish yuzasidan bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu jarayonda Sh.D.Shokirova О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshida faoliyat yurituvchi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Nogironligi bо‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini bajaruvchi tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilarni malakasini oshirish” о‘quv kursida ishtirok etdi.

U mazkur о‘quv dasturining ishlab chiqilishi, metodik yо‘nalishlarini belgilash, pedagogik-reabilitatsion yondashuvlar asosida modullar tuzish jarayonlarida bevosita ishtirok etdi. Mazkur kurs nogironligi bо‘lgan bolalarga kо‘rsatiladigan korreksion, tarbiyaviy va ijtimoiy-psixologik xizmatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim amaliy tashabbus sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

2024-yildan e’tiboran esa О‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Logopediya kafedrasida professor vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. U mazkur kafedrada ilmiy ishlar bо‘yicha mas’ul sifatida ta’lim va tadqiqot jarayonlarini muvofiqlashtirish, yosh tadqiqotchilar hamda talabalarga ilmiy rahbarlik qilish hamda xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etish bilan birga, ularni tashkil etishda ham tashabbuskorlik kо‘rsatib kelmoqda.

Shuningdek, Sh.D.Shokirova о‘quv rejalari, fan dasturlari va ta’lim modullarini ishlab chiqish, ularni ilmiy-amaliy asosda yangilash va zamonaviy talablar asosida takomillashtirish ishlarida doimiy ravishda faol ishtirok etmoqda. Uning pedagogik va ilmiy faoliyati ta’lim sifatini oshirish, mutaxassislar tayyorlash jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.