To’xtayev Sardor Sulton o’g’li 2021-yil mart oyida xalqaro darajadagi IELTS sertifikatini qo’lga kiritdim. 2021-yil iyun-avgust oylariga bir qator xorijiy va O’zbekiston respublikasi OTMlariga hujjat topshirdim. Hayratlanarlisi shundaki, 20ta xorijiy va O’zbekiston universitetlariga talabalikka tavsiya etildim. Xorijiy davlatlarning turlicha miqdordagi taklif etgan grandlariga qaramay, Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universitetini tanladim. Bu yangilik Qashqadaryo viloyati Xalq ta’lim Vazirligi tomonidan mamnuniyat bilan ijtimoiy tarmoqqa chiqarildi.
Hozirgi kunda To’xtayev Sardor Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti 2-bosqich talabasiman. Men ilmiy maqolalar yozish bilan ham shug’ullanaman. Mening “Tasavvurimda Jonajon O’zbekiston” nomli maqolam Rossiya davlatining "Образование и наука в XXI веке" jurnalida nashr etildi.
Shuningdek “Jahon miqyosida yuridik ta’lim: muamolar va ularning yechimlar” nomli ilmiy maqolam Polshaning "Modern scientific challenges and trends" jurnalida nashr etildi va shuningdek “Maqsad sari intilish uchun kuchli motivatsiya” nomli maqolam Respublikamizning “Eurasian journal of Law, Finace and Applied science” jurnalida nashrdan chiqdi. Bundan tashqari Mening “Xorijiy davlatlarda yuridik ta'lim” ilmiy ommabop maqolam Nurafshon gazetasida nashr etildi va O’zbekistonda saylov arafasida “O’zbekistonda saylov tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar” nomli maqolam Xalqaro Germaniya konferensiyasining ilmiy to’plamiga kiritildi va sertifikat bilan taqdirlandim.
Shuningdek “Muvafaqiyat sari yo’l” nomli maqolam “Voha” gazetasida nashr etildi. Bundan tashqari “Imkoniyat va e’tirof” nomli maqolam “Navqiron“ gazetasida nashr etildi. Mening “Huquqning jamiyatdagi o'rni” nomli maqolam Rossiya davlatining "Студенческий вестник" nomli jurnalida nashr etildi va bundan tashqari “Huquqning jamiyatdagi o'rni” ilmiy maqolam “O'zbekistonda taraqqiyot va milliy innovatsiyalar” jurnali va Amerika Qo’shma Shtatlarining “Texas“ va “Galaxy” jurnalllarida va Xalqaro Daniya va Turkiya konferensiyasida ham e’lon qilindi. Bundan tashqari Mening “Ona tilimiz taqdiri bizning qo'limizda“ Xalqaro Daniya konferensiyasi uchun qabul qilinib, chop etildi. Mening “Inson huquqlarini himoya qilish va ularni qadrlashning ahamiyati” nomli ilmiy maqolam Xalqaro Italiya va Ukraina jurnalida nashr etildi. Shuningdek mening “Jamiyatni yangilanish sharoitida insonlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashning dolzarb masalalari” nomli ilmiy maqolam "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)" ilmiy jurnalining (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish agentligining 1438-sonli Guvohnoma hamda ISSN 2181-2454, www.carjis.org veb sayti) 2-tom 1-soni uchun qabul qilinib, e'lon qilindi va sertifikat bilan taqdirlandi.
2021-yil 31-oktabr kuni MDH davlatlari bo’yicha tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi ilmiy maqolasi - 2021” xalqaro tanlovda g’oliblikni qo’lga kiritib, sertifikat, diplom, medal va kitob bilan taqdirlandim.
Shuningdek, men Rossiyaning Penza shahrida o’tkazilgan XIX xalqaro ilmiy amaliy “Yil talabasi-2021” tanlovida ishtirok etib, g’olib bo’ldim. 20 dan ortiq ilmiy maqolalarim xorijiy va respublikamiz nufuzli jurnallarida nashr etilmoqda. Men 2021-yil noyabr oyida eng nufuzli xaqaro tanlovni ya’ni MDH davlatlari bo’yicha tashkil etilgan “Leader XXI Century, Best student - 2021” sovrindori bo’ldim. Bundan tashqari To’xtayev Sardorning ilmiy maqolasi «Innovative Academy» ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash markazi, O’z-LIDEP Toshkent shahar kengashi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi birlashgan holda o’tkazgan «Лучший инноватор в области и науки» xalqaro tanlovida sertifikat, medal bilan taqdirlanganman.
2021-yil 3-dekabr kuni Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligi, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi tomonidan Konstitutsiyaga bag’ishlab tashkil etilgan “O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligini huquqiy kafolati” mavzusida o’z ilmiy maqolam bilan ishtirok etib, sertifikat, ilmiy anjuman ishtirokchilari maqolalari jamlangan kitob, esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi. Shunindek, 2022-yilda ilmiy maqolasi "Развитие современной юриспруденции актуальные вопросы теории и практики" nomli xalqaro Rossiya to’plamida chop etildi va xalqaro diplom, tanlov ishtirokchilari maqolalari jamlangan kitob bilan taqdirlandim. Bundan tashqari yana bir ilmiy maqolam “XXI век: итоги прошлого и проблемы настоящего"" nomli xalqaro Rossiya to’plamida chop etildi va xalqaro diplom, tanlov ishtirokchilari maqolalari jamlangan kitob va spravka bilan taqdirlandim. Mening “Jamiyatning yangilanishi sharoitida insonlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlashning dolzarb masalalari“ nomli ilmiy maqolam MDH davlatlari bo’yicha tashkil etilayotgan “Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi“ xalqaro ilmiy maqolalar tanlovi uchun qabul qilindi va bu tanlov «Best Publication» ilmiy tadqiqotlar markazi, Xalqaro diplomatlar kengashi, O'zbekiston XDP Farg'ona viloyat kengashi, EventGo portali, Farg'ona viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan tashkil etildi. 2022 - yil mart oyida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yosh maslahatchilar Kengashi Toshkent shahar vakili etib tayinlandim. 2022-yil 5-iyun kuni “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovida munosib taqdirlandim. 2022-yil iyun oyida Xalqaro “Rossiya iste’dodlari” tanlovida 1-darajali diplom bilan taqdirlandim. 2022-yil oktabr oyidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Sud tizimida amaliyotni boshladim.