Sherqulova Jamila Payanovna, 1972-yilda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida ishchi oilasida tugʻilgan. 1979 yilda Nishon tumanidagi 11-son umumiy oʻrta maktabga borib 1989 yilda tugatgan. 1989-1994 yy.- Qarshi davlat universitetining ximiya-biologiya yoʻnalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyatimni 1994-1997-yillarda Qashqadaryo viloyat sanitariya va ovqatlanish ilmiy-amaliy laboratoriyasi ilmiy xodimi. 1997-1998-yillarda Nishon tumani 5 oʻrta-maktab oʻqituvchisi, 1998-2006-yillarda Nishon tumani 1 oʻrta-maktab oʻqituvchisi, 2006-2016-yillarda Qarshi davlat universiteti Botanika kafedrasi oʻqituvchisi, 2016-2018-yillarda Qarshi davlat universiteti biologiya kafedrasi tayanch doktoranti; 2018-2019-yillarda Qarshi davlat universiteti biologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi, (PhD), 2019-2020 yillarda Qarshi davlat universiteti mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi dos.v.b (oʻrindoshlik asosida Tabiiy fanlar fakulteti Ilmiy va innovatsiya ishlari boʻyicha dekan muovini), lavozimida 2020 yildan Qarshi davlat universiteti mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda. J.Sherqulovaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2021-yil 4-iyundagi 300/1 son bayonnomasiga asosan 03.00.04– Mikrobiologiya va virusologiya ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni hamda 2024-yil 31-oktabr, 363/1- sonli bayonnomasiga asosan 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvonini berilgan.
J.Sherqulova ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 1ta darslik, 6 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta uslubiy qoʻllanma, 2 ta mualliflik guvohnoma va 100 ta ilmiy maqolalar xususan chet el Web of Science va Scopus bazasidagi jurnallariga maqolalari hamda tezislar chop etilgan.
J.Sherqulova mehnat faoliyati davomida oʻzining tirishqoqligi, mehnatsevarligi, yangiliklarga intiluvchanligi, yangi ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanganligi bilan jamoa va talabalari oʻrtasida malakali mutaxassis, isteʼdodli olima va fidoiy ustoz sifatida alohida hurmatga sazovordir.
Ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni, yangi “innovatsion fikrlovchi” yoshlarni tayyorlashda, istiqbolli gʻoyalar va innovatsion ishlanmalarni shakllantirishda oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyoti rivojlanishiga oʻz mehnati va bilimi bilan hissa qoʻshadigan mustaqil fikrga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassisi hisoblanadi.
Olima taʼlim muassasasining oʻquv, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalariga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. U rahbarlik qilayotgan kafedraga qarashli talabalari universitetning ilmiy sohasiga katta hissa qoʻshib kelmoqda.
Olima oʻzining pedagogik faoliyati davomida 2014-yildan buyon har yili oʻtkaziladigan Respublika innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida oʻz ishlanmasi bilan faol ishtirok etib kelmoqda.
Olima bir necha bor Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyrugʻiga asosan respublikadagi oliy taʼlim muassasasi faoliyatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi faol ishtiroki uchun Oʻzbekiston ekologik harakati markaziy kengashi, Viloyat hokimligi va universitet rektorati tomonidan Faxriy yorliq, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
J.Sherqulova 2015-2017-yillarga moʻljallangan FA-A8-T003 “Janubiy Oʻzbekiston dendroflorasining patogen zamburugʻlari va ularning tarqalish xaritasini tuzish” 2018-2020 yillarda P3-20170921183 “Shimoliy Turkiston Botanika-Geografik rayoni dorivor oʻsimliklarining zang zamburugʻlari va ularning tarqalish xaritasini tuzish” mavzularidagi amaliy loyihalarda faoliyat koʻrsatgan.
2021-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligining “Olima ayollar grantlari” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovida “Qishloq xoʻjaligidagi ituzumdoshlar oilasiga mansub sabzavot ekinlarining asosiy zamburugʻli kasalliklarini erta aniqlash diagnostikasini ishlab chiqish va ularga qarshi biopreparat yaratish” mavzusidagi loyihada ishtirok etib kelmoqda.
J. Sherqulova rahbarligida 2021-yil 20-noyabr oyida “Mikrobiologiya va biotexnologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy – amaliy konferensiya oʻtkazilgan.
J. Sherqulova rahbarlik faoliyati davomida ilk bor 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari magistraturasi boʻyicha kafedra qoshida 70510102 — Mikrobiologiya va virusologiya va 70510103-Biotexnologiya mutaxassisligi boʻyicha magistratura mutaxassisligi ochilgan.
Uning boshchiligida 2022-2023-oʻquv yilida Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xoʻjaligi) taʼlim yoʻnalishi talabasi Jovliev Shahriyor Bahtiyor Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori, 2022 yilda 13-18 dekabr kunlari Toshkent shahrida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida tashkil etilgan “Intellektual olimpiada”da 2-kurs Mikrobiologiya va virusologiya mutaxassisligi magistranti M.Iskandarov jamoasi bilan faol ishtirok etib, Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi umumjamoa hisobida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritib, 3 000 000 000 (uch milliard) milliard soʻmlik Prezident sovgʻasi bilan taqdirlandi.
Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri prof. J.P. Sherqulova rahbarligida 2023-2024-yillarga moʻljallangan AL-572103212 – “Qashqadaryo viloyati hududida tarqalgan isteʼmolbop, dorivor qoʻziqorinlar va ularni sunʼiy ozuqa muhitlarida yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi 1 mlrd. (bir milliard) soʻmlik amaliy loyihani amalga oshirdi.
Uning rahbarligida 4 — kurs 60710200 - Biotexnologiya (tarmoqlar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi talabasi Shamsiddinova Shahrizoda “Yashil” startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida xalqaro "Pitch Day" startapda ishtirok etib, 60 000 000 (oltmish million) soʻmni qoʻlga kiritdi.
U taʼlim-tarbiya va jamoatchilik ishlarida sidqidildan mehnat qilib kelayotgan, ilm-fanni rivojlanishiga va iqtidorli kadrlar tayyorlashga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.
Ilmiy faoliyati davomida bir nechta yosh tadqiqotchilarga E. Eshonqulov “Dorivor ksilotrof Schizophyllum commune Fr. zamburugʻining shtammlarini oʻrganish va ularni biotexnologiyada foydalanish istiqbollarini baholash” mavzusidagi 03.00.12.- Biotexnologiya ixtisosligi boʻyicha biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishiga, M. Shermanova 03.00.04- Mikrobiologiya va virusologiya ixtisosligi boʻyicha “Mahalliy dorivor Lentinus tigrinus turi shtammlarining xilma xilligi, ularning antioksidant va antogonist xususiyatlari” mavzusidagi biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda.
J.Sherqulova fidoiy va mehnatsevarligi bilan hamkasblari hamda mahalladoshlari oʻrtasida hurmat qozongan.
Ibratli oila bekasi. Ayni paytda 3 nafar farzandni tarbiyalamoqda.
Qizi Keldiyorova Navbahor Nuriddin qizi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 6-kurs talabasi.
Oʻgʻli Keldiyorov Asrbek Nuriddin qizi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 4-kurs talabasi.
Qizi Keldiyorova Shirin Nuriddin qizi Qarshi davlat universitetining 3-kurs talabasi.