MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

SAYIDOV  NOZIMJON ABDULNOSIROVICH

SAYIDOV NOZIMJON ABDULNOSIROVICH

Fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori, Namangan davlat texnika universiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi dotsenti

Sayidov Nozimjon Abdulnosirovich 1988-yil 30-noyabrda Namangan viloyati Uychi tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

1995-2006- yillarda Namangan viloyati Uychi tumani 3-o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan.

2006-2008-yillarda Uychi tumani Mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida ta’lim olgan hamda harbiy xizmat o’tagan. 

2008-2012-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Telekommunikatsiya fakulteti talabasi.

2012-2014-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari yo’nalishi magistranti.

2014-2014-yillarda Yashnobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejining informatika fani o‘qituvchisi.

2014-2016-yillarda Mirzo Ulug‘bek transport kasb-hunar kollejining informatika fani o‘qituvchisi.

2016-2017-yillarda Toshkent telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi.

2017-2018- yillarda Namangan qurilish va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi.

2018-2019- yillarda Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor navbatchilar guruhi – navbatchi dispetcheri.

2019-2020-yillarda Namangan muhandislik texnologiya instituti TJABIT kafedrasi assistenti.

2020-2023-yillarda Namangan muhandislik texnologiya instituti doktoranti.

2021-yilda 30-noyabrdan 15- dekabrgacha O’sh texnologiya universiteti, Axborot tizimlari va boshqaruvi fakultetida stajirovka o’tagan. 

2022-yilda “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 226-son qarori bilan tasdiqlangan “Tayanch doktorantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga muvofiq, 2022-yilning 20-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga daʼvogar-tayanch doktorantlarning chet tili, axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi fanlaridan maxsus test sinovlarida ishtirok etgan.

2023-2024-yillarda Namangan muhandislik texnologiya instituti “Informatsion texnologiyalar” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2024-yil 4-oktyabr kuni Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04 raqamli Ilmiy kengashda “Kuchli elektromagnit maydon ta’siridagi nano o‘lchamli yarimo‘tkazgich-larda magnitooptik yutilish koeffitsienti va magnitoqarshilik ossillyatsiyalarining haroratga bog‘liqligini modellashtirish” mavzusidagi 01.04.10 - “Yarimoʻtkazgichlar fizikasi” ixtisosligidan fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasini o’tkazgan.

2024-yilda Belorussiya texnika universiteti filiali “Boshqaruv va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha tarmoqlararo malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti” (MIPK va PK BNTU) Axborot texnologiyalari va robototexnika fakultetining “Robototexnika tizimlari” kafedrasida 28-noyabrdan 13-dekabrgacha stajirovka o’tagan.
 
2025-yilda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Buxoro viloyati, Shofirkon tumani bosqichida N.A. Sayidov raxbarligida NamTI 2-bosqich talabasi faol ishtiroki uchun Asrorova Hulkarxon Abrorovna faol ishtirok etib g’oliblikni qo’lga kiritdi.
 
2024-yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan davlat texnika universiteti “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi v.b., dotsenti.

2025-yil 5-6-iyun kuni Namangan davlat texnika universitetida “Zamonaviy fizika va energetikaning fundamental va amaliy muammolari (fizika, matematika fanlari nomzodi, dotsent Gulomkodir Dadamirzayev tavalludining 80 yillik xotirasiga bag‘ishlangan)” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada maqolalar muallifi hamdir.