Sattarova Barno Djaxangirovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, Toshkent Amaliy fanlar universiteti “Pedagogika” kafedrasi professori. Xususiy oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish va o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha respublikadagi ko‘plab oliy ta’lim muassasalari maslahatchisi.
Sattarova Barno Djaxangirovna 1972-yilda ziyolilar oilasida tavallud topib, hayot yo‘lini 1978-1988-yillarda Toshkent shahridagi 134-o‘rta maktabni, 1987-1990-yillarda ODOni a’lo baholarga va imtiyozli diplom bilan yakunlab, modeler mutaxasissligini egalashdan boshlagan. 1991-1999-yillarda “Syuzanna” keyinchalik nomi o‘zgargan “Miradxam” qo‘shma korxonasida avval tikuvchi, keyinchalik modeler va eksperimental sex boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan. B.Sattarova shu davrdayoq o‘z shogirdlariga chevarlikdan saboq bergan va ko‘p yillar davomida 200 dan ortiq ishchilarga rahbarlik qilgan.
Sattarova Barno Djaxangirovna 1996-2001-yillarda Nizomiy nomidagi TDPUning «Fizika va astronomiya» ta’lim yo‘nalishini, 2001-2003-yillarda Nizomiy nomidagi TDPU magistratura bo‘limini muvaffaqiyatli tamomlab, “Astronomiya” mutaxassislgiga ega bo‘lgan. Bu davrda u o‘zining ilmiy izlanishlari bilan universitetda muvaffaqiyat qozongan.
Izlanishlari natijalari sifatidagi, o‘zbek, rus, ingliz tillarida yozilgan ilmiy maqolalari AQSh ilmiy jurnallari va xalqaro konferensiyalar to‘plamlarida nashr etilgan. Shu davrlardan boshlab u Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Fizika va astronomiya” kafedrasi o‘qituvchisi, “Axborot texnologiyalari markazi” injener dasturchisi lavozimlarida faoliyat olib bordi va bu bilan bir qatorda, Toshkent shahridagi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti professor - olimlari rahbarligida ilmiy tadqiqotlar olib borgan va Davlat dasturlari doirasida loyihalar ishtirokchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Himoyadan so‘ng, B.Sattarova davlat loyihalarida ishtirok etishni davom ettirdi. Bu davrda u ko‘plab shogirdlarga bitiruv malakaviy malakaviy ishlari hamda magistrlik izlanishlariga rahbarlik qildi. Sermahsul faoliyati davomida u fizika-matematika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini lavozimiga tayinlandi va bu davrda u fakultetning o‘quv, ilmiy, tarbiyaviy masalalarida faol ish olib bordi. Bu davrda u, fakultetda talabalarning yuqori sifatli bilim olishlari, sifatli ilmiy izlanishlar olib borishlari, pedagogik amaliyotdagi tartib-intizomga erishdi.
B.Sattarova 2014-yil 31-dekabrda OAK huzuridagi kengashning qaroriga ko‘ra, dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi va u “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” kafedrasida dotsent, universitet o‘quv bo‘limida adabiyotlar bo‘limi boshlig‘i, amaliyot bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib bordi. Bu davrda u universitetda va respublikadagi barcha pedagogika universitetlarida qo‘llanilishi uchun ko‘plab o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqdi va Kengash qarorlari bilan ushbu hujjatlar tasdiqlandi va barcha pedagogika OTMlariga tarqatildi.
Faoliyati davomida B.Sattarova rus va o‘zbek guruhlarida fizika, astronomiya kursi, astronomiya o‘qitish metodikasi, astrofizik praktikum, fizika va astronomiya o‘qitishda innovatsion texnologiyalar, fizik jarayonlarning multimedia animatsiyalarini yaratish, media-savodxonlik, axborot texnologiyalari, fizika o‘qitishni loyihalashtirish, xalqaro baholash dasturlari fanlarini zamonaviy o‘qitish usullarini, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda multimedia ta’lim resurslarini qo‘llagan holda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib bordi shuningdek ushbu fanlardan 10 dan ortiq o‘quv va metodik qo‘llanmalar, 20 dan ortiq o`quv-metodik majmualar yaratdi. Uning rahbarligida 100 dan ortiq shogirdlari yuqori saviyadagi BMIlari hamda magistrlik dissertatsiyalarini rus, o‘zbek va ingliz tillarida himoya qilib kelmoqdalar.
Uning “Fizika va astronomiya” kafedrasidagi faoliyati davrida ustoz-shogird tizimini muntazam yo‘lga qo‘ydi. Jumladan, uning rahbarligida kafedrada “Yangicha fikrlash”, “Xalqaro baholash dasturlari tizimi”, “Virtual laboratoriya va elektron darsliklar yaratish” nomli o‘quv-metodik va ilmiy to‘garaklarni yuritib, ko‘plab shogirdlarni tayyorladi.
B. Sattarova o‘z shogirdlari bilan muntazam ravishda “Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar Respublika yarmarkalarida”, “Innovek” ko`rgazmalarida faol ishtirok etib, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib keldilar. Uning rahbarligida shogirdlari tomonidan 50 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilingan va ular har yili Respublika miqyosida o‘tkazib kelinayotgan “Yosh olimlar” ilmiy – amaliy konferensiyalarida g‘olib bo‘lib keldilar.
Shular bilan bir qatorda u Davlat granti rahbarligida ham faoliyat yuritib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Jumladan 2012-2015-yillarda Davlat granti a’zosi, 2016-2018-yillarda Davlat granti rahbari sifatida ilmiy faoliyat olib bordi va bu loyihalarga yosh olimlarni, talaba va magistrantlarni jalb qilib keldi.
B.Sattarova o‘z faoliyati davomida bir qancha davlatlara, jumladan, 2016-yilda Rossiya Federatsiyasining Fanlar akademiyasi Krim astrofizika observatoriyasida bo‘lib o‘tgan “Quyosh plazmasi fizikasi va Quyosh aktivligi” nomli 17-Halqaro konferensiyada o‘z dokladi bilan ishtirok etdi va u yerdagi optic va radioteleskoplarning ishlash faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
2018-yilda Turkiya davlatining Eskisheher shahrida joylashgan Anadolu universitetida Xalqaro almashinuv dasturi asosida mashg‘ulotlar va seminarlar tashkil qilidi va observatoriyada faoliyat olib bordi.
Malta davlatida Xalqaro Forumda ishtirok etdi. Forumda yoshlar orasida norkamaniyaga qarshi kurashish, profilaktika ishlarini olib borishga doir amaliy mashg‘ulot va seminarlarda ishtirok etdi.
Germaniyaning Kyoln shaxrida fizik asboblarni qo‘llashga doir stajirovkada bo‘lib, mahsus sertifikatlarga ega bo‘ldi.
2022-yilda Shvedsiyaning Stokgolm va Malmo shaxarlarida bo‘lib, OTM hamda o‘rta umumta’lim maktablaridagi ta’lim tizimini o‘rgandi.
B. Sattarova 2022-yildan TDPUning “Fizika va astronomiya” kafedrasi professori v.b., universitet “O‘quv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish” bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borib, Respublikada birinchi bor tadbiq etilgan “4+2” dasturi doirasida yangi o‘quv reja va malaka talablar loyihasini ishlab chiqdi va Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etdi. Taqdim etilgan taklif ma’qullanib, vazirlik tomonidan tasdiqlandi va barcha pedagogika oliy ta’lim muassasalariga tarqatildi.
B.Sattarovaning TDPUdagi ko‘p yillik faoliyati davomida u tomonidan ishlab chiqilgan bir qator tartib va me’yorlar: “Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish”, “Bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash”, “Pedagogik amaliyot jurnali”, “Pedagogik amaliyot kundaligi”, “Elektron qaydnomalar”, “Universitet professor-o‘qituvchilarning nazariy bilimlarini baholash blankalari” universitet Kengashi tomonidan tasdiqlanib, amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda.
B.Sattarova oliy ta’lim hamda o‘rta mahsus ta’limida fizika va astronomiya fanarini o‘qitishga doir 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy majmualar yaratib, ta’lim muassasalariga taqdim etdi, shuningdek professional ta’lim hamda o‘rta umumta’lim maktablarida muntazam ravishda ma’ruzalar va master-klasslar tashkil qilib kelmoqda. Shuningdek, u o‘zining shaxsiy kutubxonasidan 500 dan ortiq o‘quv qo‘lanmalar va badiiy adabiyotlarni o‘rta umuta’lim xamda oliy ta’lim kutubxonalariga taqdim qildi.
2022-yilda Toshkent shahrida yangi ochilayotgan - “Renessans ta’lim universiteti”ga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlandi.
Faoliyati davomida universitetda 3.5 mingdan ortiq qabul qilingan talabalarning o‘quv faoliyatlarini tizimli boshqardi. Qisqa muddatda universitetning barcha o‘quv-me’yoriy hujjatlari: universitetning Nizom va Tartiblarini ishlab chiqdi, kredit-modul tizimiga asoslangan ishchi o`quv reja va silabuslarni ishlab chiqdi, yangi ochilayotgan universitetga 150 ga yaqin yuqori saviyadagi professor-o`qituvchilarni jalb qildi va tizimli, sermahsul va sifatli ta’lim berilishiga erishdi. Bu vaqtda universitet ko‘plab xorijiy OTM bilan xamkorlik qilishga ulgurdi. Universitet ta’lim tizimiga respublikada birinchi bo‘lib shved tilining o‘qitilishaga erishdi.
2023-yilda Maktabgacha ta’lim vazirligi taklifiga ko‘ra, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti dekani lavozimida o‘z faoliyatini boshladi. Bu davrda B.Sattarova tomonidan 15 ta ta’lim yo‘nalishi talabalarining ta’lim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratildi. Universitetning yangi kampusi ochilishi uchun sermaxsul faoliyat yuritildi. Talabalarning davomati ko‘tarildi. Universitetda turli tadbirlar, xalqaro konferensiyalar va loyihalar tashkil etildi. Universitetda ta’lim sifati, milliy qadriyatlar nufuzi oshdi.
B.Sattarova barcha ushbu faoliyatlari bilan bir qatorda Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Inspeksiyasida uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim konsepsiyasini hamda milliy dasturini yaratish bo‘yicha ekspert, Davlat test markazida ekspertlik faoliyatini ham olib bordi. Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan tashkil etilib kelinayotgan turli xil tanlovlarda, konferensiyalarda hamda o‘quv adabiyotlarni ekspertiza qilish ishlarida ekspert sifatida faol ishtirok etib keldi.
B.Sattarova "Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi" tanlovi respubluka bosqichining "Pedagogika" ta’lim sohasi bo‘yicha 2021-yil "Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yahshi pedagog" nominatsiya g‘olibi, 2021-yil Abdulla Avloniy ko‘krak nishoni sohibasi bo‘lish bilan bir qatorda, ta’lim muassasalari ilmiy va o‘quv-uslubiy faoliyatlarini o‘rganishda ham muntazam hissa qo‘shib keldi.
Xozirda B.Sattarova Toshkent Amaliy fanlar universitetining “Pedagogika” kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritib, oila pedagogikasi, ijtimoiy pedagogika, pedagogik mahorat, umumiy pedagogika fanlaridan yuqori sifatli ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Uning tomonidan ushbu fanlardan o‘quv qo‘llanmalar yaratilib, tajribadan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, uning rahbarligida bir qancha yosh olimlar o‘z ilmiy tadqiqot ishlarini himoyaga tayyorlamoqdalar. Shuningdek, Davlat test markazida ekspertlik faoliyatini davom ettirmoqda.
Bugungi kunga kelib B.Sattarova tomonidan 100 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilingan, shu jumladan: 10 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta metodik qo‘llanma va 40 ga yaqin ilmiy maqola, 1 ta elektron darslik (patent olingan), 1 ta ilmiy g‘oya uchun mualliflik guvohnomasiga ega bo‘lgan, 50 dan ortiq maqola va tezislari
Respublika hamda chet el ilmiy amaliy konferensiya to‘plamlari va ilmiy jurnallarida e’lon qilingan.
Shulardan 4 ta maqola AQShda va ko‘plab maqolalar Rossiya, Chexiya Germaniya, Polsha davlailari xamda Scopus indeksiga ega bo‘lgan jurnallarda chop etilgan.
B.Sattarovaning 2 nafar farzandlari ham uning izidan borib, dunyoning nufuzli universitetlarida ta’lim olib, amaliyotlar o‘tamoqdalar.