Safarova Nigora Nasilloyevna 1974-yil 10-martda Buxoro shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan.
1981-1991-yillarda Buxoro shahar 27- umumta’lim maktabini bitirgan. Oʻqish faoliyatida erishgan yutuqlari uchun KUMUSH medal bilan taqdirlangan.
1991-1996-yillarda Buxoro davlat universiteti fizika-matematika fakultetini, matematika, informatika va hisoblash texnikasi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
Pedagogik staji – 29 yil. Bosh toifali o‘qituvchi. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Hozirgi vaqtda Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyida intellektual salohiyatli, talabchan va izlanuvchan, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda fidoyi, mohir pedagog sifatida matematika fanining yetuk mutaxassislarini yetishtirishda o‘z mahoratini ayamay mehnat qilib kelmoqda.
U matematika fanidan o‘quvchilarga mukammal bilim berib, shu fan bo‘yicha ko‘plab o‘quv-uslubiy va test to‘plamlari chop etdi. Shuningdek, o‘z fani bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar, slaydlar, plakatlar, kichik dasturlar tayyorlab darslarda keng qo‘llab kelmoqda.
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ta’lim-tarbiya sohasidagi koʻp yillik samarali mehnati, Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish ularni ona – Vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashda oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotganligi uchun TASHAKKURNOMA e’lon qilingan.
2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki ishlar organlaridagi koʻp yillik samarali mehnati, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qoʻshgan munosib hissasi uchun FAXRIY YORLIQ bilan mukofotlandi.
2024-yilda Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari pedagoglari oʻrtasida oʻtkazilgan “ENG YAXSHI FAN OʻQITUVCHISI” ko‘rik-tanlovida Matematika fanidan faxrli 3-oʻrinni egalladi.
Safarova Nigora Nasilloyevna 2024-yilda “Boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida takomillashtirish” mavzusida tadqiqot olib borib, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Safarova Nigora Nasilloyevnaning quyidagi ilmiy-uslubiy kitoblari nashr qilindi:
1. Safarova N.N., Abdukarimova R.A. “Tenglamalar va ularni yechish usullari” (Akademik litseylarning 1-bosqich o‘quvchilari uchun) // O‘quv qo‘llanma. –Buxoro. “Buxara Hamd Print” nashriyoti, 2023. –128 b.
2. Safarova N.N., Abdukarimova R.A. “Matematika” (I qism) // Uslubiy qo‘llanma. –Buxoro. “Iste’dod” nashryoti, 2016. – 80 b.
3. Safarova N.N., Abdukarimova R.A. “Algebra va matematik analiz asoslari” (I qism) // Uslubiy qo‘llanma. –Buxoro. “Buxara Hamd Print” nashriyoti, 2022. – 43 b.
4. Safarova N.N., Abdukarimova R.A. “Pedagogik kompetentlik va kreativlik” // Uslubiy qo‘llanma. –Buxoro. “Buxara Hamd Print” nashriyoti, 2022. –188 b.
5. Safarova N.N., Abdukarimova R.A. “Matematikani o‘qitishda innovatsion texnologiyalar” // O‘quv-metodik qo‘llanma. –Buxoro. “Buxara Hamd Print” nashriyoti, 2023. – 108 b.
6. Safarova N.N., Abdukarimova R.A. “Tenglamalar va ularni yechish usullari elektron darslik”. (Akademik litseylarning 1-bosqich o‘quvchilari uchun) DGU 202405276 DGU 37452, 08.05.2024
7. Safarova N.N. “Koʻrsatkichli va logarifmik funksiyalar” (Akademik litseylarning 1-bosqich o‘quvchilari uchun) // O‘quv qo‘llanma. –Buxoro. “Durdona” nashriyoti, 2024. –108 b.
8. Safarova N.N., “Boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalari” // Monografiya. –Buxoro. “Durdona” nashriyoti, 2024. –132 b.
Akademik litsey o‘quvchilari uchun matematika fanidan “Tenglamalar va ularni yechish usullari” va “Koʻrsatkichli va logarifmik funksiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining (2023-yil 25-avgust 391-sonli va 2024-yil 6-sentabr 333-sonli) buyrugʻiga asosan nashr etishga ruxsat berilgan.
N.N.Safarovaning 100 dan ortiq o‘quvchilari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha respublikamizning turli oliygohlarida tahsil olishmoqda. N.N. Safarova tomonidan hozirgi kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilingan.
N.N.Safarova Buxoro davlat pedagogika instituti “Matematika va informatika” kafedrasida ilmiy faoliyatini davom ettirib, talabalarga bilim bermoqda. Uning rahbarligida bakalavr va magistrlik dissertatsiyasi ishlari bajarilib, har bir shogirdini matematika fanining innovatsion yutuqlaridan xabardor qilmoqda.
Safarova Nigora Nasilloyevna mehnatsevarligi, tirishqoqligi, fidoiyligi bilan jamoasi va viloyat pedagog xodimlari o‘rtasida hurmat-e’tibor qozondi.
Oilali. Uch nafar farzandi bor.