Rustamov Ilxom Tursunovich 1982-yil 6-fevralda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan. 1989-1999-yillari – 14-umumtaʼlim maktabida tahsil olgan. 2001-2005-yillari Jizzax davlat pedagogika institutining “Ingliz tili va adabiyoti” mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichi va 2006-2008-yillari Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bosqichi, 2008-2013-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar kafedrasida oʻqituvchi lavozimida, 2014-2016-yillari Samarqand davlat universiteti Katta ilmiy xodim izlanuvchi, 2017-2021-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va gumanitar fanlarda chet tili kafedrasida oʻqituvchi hamda dotsent lavozimlarida, 2021-2022-yillarda Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy va aniq fanlarda chet tillar kafedrasi mudiri lavozimida, 2022-2025-yillarda Toshkent davlat transport universiteti Chet tillar kafedrasi dotsenti va 2025-yildan shu kafedraning professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Rustamov Ilxom Tursunovich qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik sohasining tilshunoslik va adabiyotshunoslik yoʻnalishlarida faoliyat yuritib kelmoqda.
U 2019-yil “Kichik janr matnlarning pragmatik kognitiv va milliy madaniy mohiyati (oʻzbek va ingliz latifalari misolida) mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2021-yil shu ixtisoslik boʻyicha dotsent va 2025-yil professor unvoniga ega boʻldi. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati anchagina sermahsul boʻlib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 150 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilganidir. I.Rustamov Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisidir. Jumladan, 2014-yili Samarqand shahrida oʻtkazilgan Badiiy tarjima va adabiy aloqalar Respublika ilmiy- amaliy anjumanida ishtirok etib, “Diskurs tahlili haqida” mavzusiga maʼruza va taqdimot qilgan. 2015-yili Qoʻqon shahrida oʻtkazilgan Professor Inomjon Rasulovning ilmiy merosi va hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammolari mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy konferensiya plenar yigʻilishida taqdimot, “Gender and professional activity stereotypes in anecdotes” mavzusida 2016-yil may oyida Londonda boʻlib oʻtgan “4th the International Conference on Resent Trends in Science and Technology Management” xalqaro anjumanida maʼruza bilan ishtirok etgan.
I.Rustamov koʻplab konferensiyalarda taqdimot bilan qatnashgan hamda Xalqaro va Respublika ilmiy amaliy anjumanlarini tashkil etishda jonbozlik koʻrsatib kelmoqda. 2022-yil 1-iyunda Jizzax davlat pedagogika institutida “Chet tillarni oʻqitishning innovatsion usullari, tarjimashunoslik va filologik tadqiqotlarda zamonaviy yondashuv” mavzusidagi Respublika ilmiy–amaliy anjuman, 2024-yil 16-17-may kunlari “Chet tillarni oʻqitishning innovatsion usullari, tarjimashunoslik va filologik tadqiqotlarda zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va 2025-yilda “Chet tillarni oʻqitishning innovatsion usullari, tarjimashunoslik va filologik tadqiqotlarda zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarni yuqori saviyada tashkil qilib kelmoqda.
I.Rustamov turli yillarda Oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy Atestatsiya komissiyasi taqdim qilgan ilmiy jurnallarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan.
U “Nutq malakalari integratsiyasi (darslik) 2022”, “English” pedagogika institutlari sirtqi taʼlim talabalari uchun oʻquv qoʻllanma 2022”, “Home reading” (darslik) 2022”, “Nemischa – oʻzbekcha Lugʻat (uslubiy qoʻllanma) 2022”, “English for Geographers (studentʼs manual) (oʻquv qoʻllanma) 2022”, “English (for business and management students darslik) 2024”.
“Lexicology (darslik) 2024”, “Tarjimada madaniyatlararo muloqot (oʻquv qoʻllanma) 2024”, “Stylistics and text editing (oʻquv qoʻllanma) 2024”, “ЕNGLISH FОR PURPОSЕ (oʻquv qoʻllanma) 2024”, “Еnglish Fоr Есоnоmiсs Аnd Businеss Соmmuniсаtiоn (oʻquv qoʻllanma) 2024” kabi oʻquv – uslubiy nashrlar va shuningdek, “Kichik janr matnlarning pragmatik kognitiv va milliy madaniy mohiyati” nomli monografiya muallifidir.
Shuningdek, Rustamov Ilxom Tursunovich nomli stipendiantlarga ham ilmiy rahbarlik qilgan, jumladan: 2022-yilda Jizzax davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar fakulteti talabasi Muxtorova Hafiza, 2024-yil Toshkent davla t transport universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti yoʻnalishi talabasi Inogʻomjonova Robiyalar Navoiy nomidagi nomli stipendiya sohibalari boʻlishdi.
2022-yilda Muxtorova Hafiza Ilhom mukofotini ham uning rahbarligida qoʻlga kiritgan.
Ataboyev Isroil Mirza oʻgʻli 2025-yil fevral oyida uning rahbarligida filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori PhD ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Hamda 3 ta tayanch doktorant ilmiy ishlarida rahbarlik qilmoqda.
I.Rustamov jamoat ishlarida va universitet tadbirlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda.
2020-yilda ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish maqsadida Qozogʻiston respublikasi almashinuv dasturida ishtirok etgan.
Rustamov Ilxom Tursunovich hozirgi kunda Toshkent davlat transport universiteti “Chet tillar” kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2020-yildan ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, jumladan, “Innovations in Technology and Science Education”, “Prospects of Development of Science and Education”, va “International Journal Of Literature And Languages” jurnallarida tahririyat aʼzosi sifatida faoliyat yuritmoqda.