Radjabov Umed Farmonkulovich 1983-yil 28-avgustda Samarqand viloyati, Samarqand tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Millati - oʻzbek. Ma’lumoti - oliy.
U 2002-2006-yillarda Samarqand davlat qishloq-xoʻjalik institutida iqtisodiyot ixtisosligida tahsil olgan.
Bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagach, 2021-2023-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining magistratura bosqichida oʻqishini davom ettirdi va muvaffaqiyatli tamomladi.
Shuningdek O'zDJTSU Rektorining 2024-yll 4-martdagi “Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun suhbat tashkil etish to‘g‘risida”gi 98-Ilch-sonli buyrug‘iga asosan ushbu universitetning 08.00.13“Menejment” ixtisosligi boʻyicha Mustaqil tadqiqotchi sifatida Radjabov Umed Farmonkulovich iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun qabul qilindi. “O‘zbekiston sport federatsiya va assotsiatsiyalari boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida yozilgan dissertatsiya ishi uchun tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy mulohazalari tasdiqlandi.
2003-yilda Samarqand tuman Davlat soliq inspeksiyasi xoʻjalik mudiri sifatida ish boshlagan. Mazkur lavozimda u 2005-yilga qadar faoliyati davomida oʻzining ishga boʻlgan yuksak mas'uliyati sabab jamoaning yetakchi xodimlaridan biri boʻlgan. 2006-2009-yillarda Samarqand tuman hokimligi Bandlikka koʻmaklashish markazi Bandlikning samarali shakllarini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi sifatida oʻz faoliyatini davom ettiradi va ishlash jarayonida boy tajriba orttirib, qator nufuzli tashkilotlar e'tiboriga tushadi.
Xususan, Umedjon Radjabov 2009-2010-yillarda Samarqand tuman hokimligi Madaniyat va sport ishlari bo‘limida sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan.
Mazkur lavozimda faoliyat yuritar ekan, u qisqa vaqt ichida o‘zining mas’uliyatli, tashabbuskor va fidoyi mutaxassis sifatida namoyon bo‘ldi. Umedjon Radjabov tumandagi sport hayotini jonlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida ko‘plab amaliy ishlarni amalga oshirdi. Uning tashabbusi bilan qator sport musobaqalari, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari tashkil etildi va bu orqali mahalliy yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqish kuchaydi.
2010-2017-yillar davomida Umedjon Radjabov O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi apparatida bosh mutaxassis, keyinchalik bo‘lim mudiri sifatida faoliyat yuritdi. Bu yillarda u respublika miqyosidagi yoshlar siyosatini amalga oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish yo‘lida katta ishlarni amalga oshirdi. Uning yetuk tashkilotchilik qobiliyati, muammoga tizimli va kompleks yondasha olishi tufayli ko‘plab muhim loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
2017-2019-yillarda esa Umedjon Radjabov O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida bo‘lim mudiri, so‘ngra tashkilotning Kasaba uyushma raisi lavozimlarida ishlagan. Ushbu davrda u yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ta’lim va madaniy hayotini boyitishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi va amaliyotga tatbiq etdi. U o‘zining halolligi, mehribonligi va jamoaga bo‘lgan samimiy munosabati bilan keng jamoatchilik hurmatini qozondi.
2019-2023-yillarda esa Umedjon Radjabov O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, keyinchalik Turizm va sport vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish direksiyasi davlat unitar korxonasi direktori sifatida samarali faoliyat olib bordi. Bu davrda u nafaqat yirik sport va yoshlar tadbirlarini yuqori saviyada tashkillashtirdi, balki davlat miqyosidagi muhim loyihalarga bosh-qosh bo‘ldi. Uning boshqaruvchilik mahorati, qat’iyati va serg‘ayratligi natijasida ko‘plab ommaviy tadbirlar yuksak tashkiliy darajada o‘tkazildi.
Umedjon Radjabov o‘z ishiga sidqidildan yondashadigan, har bir topshiriqqa mas’uliyat bilan qaraydigan, halol va mehnatkash inson. U har qanday murakkab vaziyatda ham ijobiy yechim topa oladigan, jamoa bilan ishlashda samarali muvofiqlikni ta’minlaydigan yuqori malakali mutaxassisdir. Uning ko‘p yillik tajribasi, kuchli tashkilotchilik qobiliyati va fidokorona mehnati, shubhasiz, yoshlar siyosati va sport sohalarining rivojiga munosib hissa bo‘lib xizmat qilgan.
Umedjon Radjabovga bo‘lgan ishonchimiz komil: u qanday vazifani bajarmasin, uni yuqori darajada ado etadi. U o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlar sari qat’iyat bilan intiluvchi, doimiy o‘sishga intiluvchi, yuksak ma’naviyat egasi bo‘lgan inson.
Radjabov Umed Farmonkulovich faoliyat olib borgan joylarda ishchanlik qobiliyatining yuqoriligi, har bir ishga jiddiy yondashishi, shuningdek, zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarni doimo hamda oʻz vaqtida bajarishi bilan ishchi xodimlar oʻrtasida oʻz oʻrniga ega boʻldi.
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Media-menejment va media-marketing kafedrasida talaba-yoshlarga munosib ravishda ilm saboqlarini ulashgan. Oʻqituvchilik faoliyati davomida bir qancha shogirdlar ham tayyorlagan.
2023-yildan 2024-yilga qadar Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan.
U.F.Radjabov oʻzining ilmiy-tadqiqotini olib borish davomida bir qator ilmiy ishlarini turli jurnal va toʻplamlarda chop ettirgan. Jumladan, 14 ta Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda, mahalliy va Respublika gazetalarida sohaga oid boshqa maqolalari ham chop etilgan.
Umedjon Radjabov yoshlar siyosati va sport sohalarida o‘zining fidoyiligi, tashabbuskorligi va kuchli tashkilotchilik qobiliyati bilan ajralib turadi. U har doim mas’uliyatni his qilgan holda halol, samimiy va mehnatkashlik bilan faoliyat yuritib, unga ishonib topshirilgan har qanday vazifani yuqori darajada bajargan. Bugungi kunda esa u “Yangi O‘zbekiston” universitetida ham samarali faoliyat olib borib, o‘z bilim va tajribasini yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida fidokorona xizmatga safarbar qilmoqda.