MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

QOSIMOV JAHONGIR AVLOQULOVICH

QOSIMOV JAHONGIR AVLOQULOVICH

Pedagogika fanlari falsafa doktori, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi mudiri, dotsent

Qosimov Jahongir Avloqulovich  1991-yil 19-yanvarda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida tugʻilgan. 1997-2006-yillari – 47-umumtaʼlim maktabi, 2006-2009-yillari – Toshkent shahridagi Mashinasozlik kollejida tahsil olgan. 2011-2015-yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi” mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichi va 2015-2017-yili shu Universitetning magistratura bosqichini tamomlagan.

Dastlabki faoliyatini 2017-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasiga asistent lavozimida ish boshlaydi. 2017-2018-yillari Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasida asistent, 2018–2019-yillar Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasida asistent, 2019–2021-yillari Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari konferensiyalarining faol ishtirokchisidir. 2017-yildan hozirgi kungacha “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitet, “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasining eng faol fan sohalarida va IT yoʻnalishi, raqamli  texnologiya mavzusidagi qator, katta grafikasi” kafedrasida kafedra mudiri vazifasini vaqtincha bacharuvchisi, 2022-2023-yillar “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi mudiri, 2023-yildan bugungi kungacha “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi mudiri  lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Qosimov Jahongir Avloqulovich Muhandislik kompyuter grafikasi fanining grafik dasturlar bilan ishlash va ilmiy-tadqiqot jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda.  

U 2023-yil “Talabalarning kasbiy kompetentligini zamonaviy grafik dasturlar asosida takomillashtirish (Gidrotexnika qurilish taʼlim yoʻnalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil boʻlib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya toʻplamlarida 30 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir. 2 ta darslik va 2 oʻquv qoʻllanma ilmiy yuzasida oʻquv jarayoniga tadbiq etildi va kerakli Dalolatnomalari rasmiylashtirildi. J.Qosimov Xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchisi boʻlib kelgan.

J.Qosimov ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyat davomida bir necha shogirdlarni turli tanlov va grandlarga, nomdor stipendiya sohibi va sohibasi boʻlishiga koʻmaklashdi.

J.Qosimov rahbarligida 4 nafar talaba bitiruv malakaviy ishini (BMI) va 2 nafar magistratura mutaxassisligi magistranlari MD ni muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Shuni oʻzining tashabbusi bilan tashkil qilingan “Edu Graphics” sturt up loyihalar doirasida 4 nafar talaba shogirdlari “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tuman va Respublika bosqichlarida yuqori natijalarga erishib kelganlar.

J.Qosimov rahbarligidagi “Edu Graphics” jamoasi orasidan 2 nafar Oʻzbekgedroenergo”AJ stipendiyasi sovrindori, bir nafar talaba Suv xoʻjaligi Vaziri stipendiyasini va bir nafar talaba shogirdi “BERUNIY” nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi boʻldi.

Qosimov Jahongir hozirgi kunda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitet, “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2020-yildan J.Qosimov Oʻzbekiston respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, jumladan, “Texnika”, "American journal of multidisciplinary bulletin”, jurnalida tahririyat aʼzosi sifatida faoliyat yuritmoqda.