MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

QOʻCHQAROVA FERUZA MAXAMMATQOSIMOVNA

QOʻCHQAROVA FERUZA MAXAMMATQOSIMOVNA

Kokand universiteti Ta’lim kafedrasi oʻqituvchisi

Qoʻchqarova Feruza Maxammatqosimovna 1979-yil 6-noyabrda Andijonda tugʻilgan.

F.M. Qoʻchqarova  1997-yildan pedagogik faoliyatini boshlagan boʻlib, 1997-2005-yillarda Andijon viloyati umumta’lim maktablarida, 2005-2024-yillarda Andijon davlat universitetida faoliyat olib borgan. Hozirda Kokand universiteti Ta’lim kafedrasida ishlab kelmoqda.

2018-yil 7-avgustda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashda “Yangi avlod darsliklarida taqdim etiladigan oʻquv materiallarini konsentrizm prinsipi asosida strukturalashtirishning didaktik parametrlari” mavzusida 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) disertatsiyasini himoya qilgan. 2021-yil 30‑noyabrda 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan.(OAKning 309/1 – sonli bayonnomasi) 2024-yil 8-mayda 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi boʻyicha Professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan. (OAKning 354/1 – sonli bayonnomasi). Umumiy ish staji – 28 yil. Pedagogik ish staji – 28 yil.

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan FZ-2016-0909111822 raqamli “Darsliklar va oʻquv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali oʻquvchilarda, ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik koʻnikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental grant loyihasida, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2021-2022-yillar davomida Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilgan qisqa muddatli JHBL-83-sonli "Mahallalarda etnosportni rivojlantirishning nazariy metodologik asoslari" mavzusidagi ilmiy loyihada ishtirok etgan.

Feruza Qoʻchqarova oʻz ustida mustaqil izlanib, Axborot texnologiyalari va kommuni-katsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya birgalikda amalga oshirilayotgan “One million uzbek coders” (“Bir million oʻzbek dasturchilari”) vebinar-larida faol ishtirok etgan. Masofaviy kursni muvaffaqiyatli tamomlab tegishli sertifikatga ega boʻlgan.

Linguaskill from Cambridge xorijiy tillarni bilishlik darajasini aniqlash testini topshirib sertifikatga ega boʻlgan.

Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun tashkil etilgan  "English (Beginner)"  masofaviy kursini, “Raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot” masofaviy kursini, “Yoshlarning odam savdosi va majburiy mehnat bilan bogʻliq jinoyatlarini oldini olish” masofaviy kursini, “Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish” masofaviy kursini toʻliq oʻzlashtirib mazkur kurslardan sertifikatlarga ega boʻlgan.

Feruza Maxammatqosimovna Coursera platformasida jaxonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlarining bir necha oʻquv kurslarida taxsil olgan. Jumladan, “Writing and Editing: Word Choice and Word Order”, “Основы поиска дела жизни. Как перестать откладывать дела на потом” “Learn to Speak korean”, “Практика разрешения конфликтов. Я – семья – работа – общество” kabi oʻquv kurslarini muvoffaqiyatli tamomlab sertifikatlarga ega boʻlgan.

F.Qoʻchqarova A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish markaziy instituda 720 soatga moʻljallangan Ingliz tili oʻqituvchilari qayta tayyorlash kursida ta’lim olib, “The main parts of sentences in English” mavzusida bitiruv ishini himoya qilib va ingliz tili fanidan dars berish huquqini olgan.

Qoʻchqarova Feruza Maxammatqosimovna hozirgi kunga qadar 200 dan ziyod ilmiy ishlari e’lon qilingan. Jumladan, 3ta monografiya, 5ta darslik, 6ta oʻquv qoʻllanma, Horijiy OAK tasarrufidagi jurnallarda, Impakt-faktorga ega Horijiy ilmiy jurnallarda, OAK tasarrufidagi jurnallarda ilmiy maqolalari hamda Xorijiy konferensiya toʻplamlarida, Xalqaro konferensiya toʻplamlarida va Respublika ilmiy-amaliy anjuman toʻplamlarida maqola va tezislari nashr etilgan. Shuningdek, Elektron ishlanmalar yaratib Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligidan guvohnomalarga ega boʻlgan.

F.M. Qoʻchqarova 2023-yildan buyon Kokand universiteti Ta’lim kafedrasida ishlab keladi. F. Qoʻchqarova Ta’lim kafedrasida olib borilayotgan istiqbolli rejada belgilangan ilmiy-tashkiliy ishlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Feruza Maxammatqosimovna pedagogik faoliyati oʻrganilganda ma’lum boʻldiki, u har bir ma’ruza va amaliy mashgʻulotni yuqori ilmiy va metodik saviyada olib boradi. Mashgʻulotlarda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, multimediali ta’lim resurslari, talabalarning ilmiy-nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida zamonaviy oʻqitish usullari, elektron resurslardan keng foydalanadi. Talabalarni pedagogik fanlarga oid ma’lumotlarni puxta egallashlarini ta’minlash maqsadida taqdimot, audio-videomateriallar, pedagogik texno-logiyalar asosida tayyorlangan tarqatma materiallardan unumli foydalanadi. Jumladan, dars jarayonida “Insert”, “Blits-soʻrov”, “Assesment”, “T-chizma”, “Keys-stadi”, “Davra suxbati”, “Bumerang”, “Matbuot konferensiyasi”, “FSMU”,“Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar”, “FSMU”, “SWOT” tahlil, “Rolli oʻyin” kabi interfaol metodlarni qoʻllab keladi.

F.Qoʻchqarova universitet ravnaqi yoʻlida yosh hamkasblariga innovatsion texnologiyalardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish yoʻllarini oʻrgatish, hamda ularni innovatsion bilimlarini oshirish va rivoj-lantirish uchun keng targʻib qilib kelmoqda. Shuningdek, fakultet professor - oʻqituvchilari oʻrtasida oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar, ilmiy maqolalar, tezislar, zamonaviy oʻquv adabiyotlarini zamon talablari asosida yaratish uchun oʻz bilim va malakalarini yosh pedagoglarga oʻrgatib kelmoqda.

F. Qoʻchqarova pedagogik faoliyat bilan birga doimo ilmiy izlanishda. U xalqaro
va Respublika miqyosidagi konferensiyalarda oʻz ma’ruzalari bilan faol qatnashib kelmoqda. Natijada bir necha sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Oʻz ilmiy-pedagogik faoliyatida davlatimiz ichki va tashqi siyosatini toʻla qoʻllab-quvvatlaydigan sogʻlom fikrli pedagog. Feruza Maxammatqosimovna madaniyatli, maqsad sari intiluvchan, tashabbuskor shaxsdir. Oʻziga va oʻzgalarga nisbatan talabchan, talaba shaxsiga hurmat bilan qaraydigan pedagog sifatida universitet, fakultet miqyosida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, oʻquv jarayonini samarali tashkil etishda mas’uliyat bilan yondashib, talabalarning oʻquv va malakaviy amaliyotlarini tashkil etishda, yosh bitiruvchi mutaxassislarni ishga joylashtirishda amaliy yordam koʻrsatmoqda.

Feruza Qoʻchqarovani keng dunyoqarashga ega, kamtar, halol, oʻz kasbiga sadoqatli, ma’nan yetuk, oʻtkir zehnli, ijodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega inson ekanligini alohida ta’kidlash joiz.

Jamoada doʻstona munosabat va sogʻlom ma’naviy muhit yaratishga e’tiborli, oʻz fikriga ega, har bir ishga, har bir insonga individual yondoshadi.

Qoʻchqarova Feruza Maxammatqosimovna fakultet, universitet va viloyat ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida faol qatnashadi. Talabalar turar joylarida “Qomusimiz - baxtimiz”, “Giyohvandlik – asr vabosi”, “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” kabi mavzularda davra suhbatlari oʻtkazib keladi.

Qoʻchqarova Feruza Maxammatqosimovna 2025-yilning yanvar oyida Turkiya davlatida 144 soatlik malaka oshirish kursini oʻtab keldi.

F.M. Qoʻchqarova hozirgi kunda 5 nafar tadqiqotchilariga (PhD) ilmiy rahbar, 15 dan ziyod magistrlarga ilmiy rahmar, 30 dan ortiq bakalavr diplom ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda.

Feruza Maxammatqosimovna  rahbarligida, shogirtlaridan 1 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, 1 nafar shogirti Navoiy Nomli Davlat stipendiati va 20 yaqin shogirtlari turli hil nufuzli xalqaro va respublika tanlovlarida sovrindorliklarini qoʻlga kiritishgan.