MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

POʻLATOV SARVAR  MUSTAFOYEVICH

POʻLATOV SARVAR MUSTAFOYEVICH

Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori, professor; Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali Agrobiologiya va dorivor o‘simliklar kafedrasi mudiri

Po‘latov Sarvar Mustafoyevich 1981-yil 18-avgustda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 1987-1998 yillari Kitob tumanidagi 70-sonli umumta’lim maktabini, 1999-2003 yillari Toshkent davlat agrar universitetini Agronom (pedagog) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichi va 2003-2005 yillari magistratura bosqichida tahsil olgan.

2008-yilda Respublikamizda o‘tkazilgan Eng yaxshi kimyo fani o‘qituvchisi ko‘rik tanlovida 2-o‘rinni, MDH davlatlari o‘rtasida biologiya fani bo‘yicha o‘tkazilgan Xalqaro ko‘rik tanlovda 2010, 2012, 2013-yillarda faxrli o‘rinlarni olgan.

2003-2018-yillari Toshkent shahridagi 282, 149, 119, 134-maktablarda o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari, direktori, 2018-2020 yillar Toshkent davlat agrar universiteti bosh mutaxassisi, 2020-2023-yillarda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida bo‘lim boshlig‘i, direktor o‘rinbosari, dekan lavozimida ishlagan. 2023-yildan hozirga qadar Agrobiologiya va dorivor o‘simliklar kafedrasi mudiri va professor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, o‘rindoshlik asosida 2010-2020-yillari “Maktabda biologiya” jurnali bosh mutaxassisi, bosh muharriri, 2025-yildan “Maktabda biologiya” jurnali hamda “Qishloq xo‘jaligida ilmiy yangiliklar” ilmiy-amaliy jurnalida bosh muharrir lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Po‘latov Sarvar Mustafoyevich 2023-yilda istisno tarzida 06.03.03-Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, yetishtirish texnologiyasi va agrofarmoekologiyasi ixtisosligi bo‘yicha dotsent unvonini olgan. 2024-yil “Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill)ning о‘sishi, rivojlanishi va xom ashyosining fitokimyoviy tarkibiga mineral о‘g‘itlarning ta’siri (Toshkent viloyati sharoitida) mavzusida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2025-yilda 06.01.08-O‘simlikshunoslik ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonini olgan.

S.Po‘latov Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi zamonaviy yutuqlardan foydalangan holda, o‘quv jarayonlariga ta’limning innovatsion shakl va usullarini, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etib, innovatsion ta’lim metodlari asosida talabalar bilan dars mashg‘ulotlarni olib boradi. Dars mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida zamonaviy pedagogik usullaridan “SWOT”, “Assisment”, “SMART”, “Keys-stadi”, “Blits-so‘rov”, “Alpinist” va boshqa usullardan keng foydalanadi. Nazorat o‘tkazish jarayonida darajali, bilishga oid, anglashga oid, tahlilga oid, xulosalashga oid testlarni samarali qo‘llaydi.

Axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimedia ta’lim resurslaridan foydalangan holda mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida prezentatsiya va o‘quv kontentlarini samarali qo‘llay oladi.

S.Po‘latov ilmiy-metodik hujjatlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etib, shu yo‘nalishda kafedra o‘qituvchilariga yaqindan yordam beradi.

O‘quv jarayonini uslubiy jihatdan ta’minlashda faol ishtirok etib keladi.

Egallab turgan lavozimida ishlash davrida 12 ta o‘quv qo‘llanma (jumladan O‘simlikshunoslikning biologik asoslari, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi fanidan amaliy mashg‘ulot, Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi, Biologiya va genetika, Biofizika, Пряно ароматические и пряно-вкусовые лекарственные растерия, Dehqonchilik asoslari, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari fanlaridan), 10 ta darslik (Yem-xashak yetishtirishning energetik asoslari, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi, Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi (qishloq xo‘jaligi va veterinariya mutaxassisligi magistrantlari uchun), Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi (iqtisodiyot yo‘nalishi mutaxassisligi magistrantlari uchun), Hayvonlar biokimyosi, Seleksiya va urug‘chilik asoslari, Dorivor o‘simliklar resurslari va muhofazasi, Yem xashak yetishtirish, O‘zbekistonning istiqbolli dorivor o‘simliklari fanlaridan), 1 ta tavsiyanoma, 7 ta monografiya, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 35 ta namunaviy fan dasturi, 22 ta ishchi dastur, 76 ta prezentatsiya materiallarini tayyorlagan.

Talaba yoshlar qiziqishini, ichki dunyosini o‘rganish, uni bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan boyitishda universitet rahbariyati talaba yoshlar bilan ma’naviy yaqinligiga bog‘liqdir. S.Po‘latov Filialda bo‘lib o‘tadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, suhbatlar va ijodiy uchrashuvlarda muntazam qatnashib kelmoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni bo‘lajak mutaxassis kadrlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, azaliy an’analarimiz, axloq-odob, nutqiy madaniyatga oid matnlar, materiallaridan unumli foydalangan holda o‘tkazadi. Talabalarni milliy qadriyatlarimiz mazmunini, uning inson hayotidagi o‘rnini anglashiga yordam beradi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari asosida yoshlarga qaratilgan ishonchlarini oqlash va kelgusida malakali kadr bo‘lib chiqishlari uchun talabalarni doimo yonida bo‘lishi va ularni to‘g‘ri tarbiyalash, muammolarini yechimini birga hal qilish uchun S.Po‘latov doimo ular bilan ishlab kelmoqda.

Talabalar bilan ishlashning ta’sirchan va samarali vositalarini amaliyotga joriy etish, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlarni yanada kuchaytirish, pirovardida jamiyatimiz taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladigan ma’naviy, intellektual va jismoniy yetuk yoshlar avlodini tarbiyalashda talabalar o‘rtasida o‘zaro ishonch va ochiq muloqotlar tarzda ishlarni olib boradi.

S.Po‘latov talabalarga milliy vatanparvarlik g‘oyalarini singdirish, farovon va tinch hayotning qadriga etish, Vatan tuyg‘usini chuqurroq anglatish va tushuntirish maqsadida ularning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda faol qatnashadi.

Bir so‘z bilan aytganda S.Po‘latov mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayoti, talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamoatchilik ishlarida faol qatnashib kelayotgan jonkuyar va fidoiy, namunali xulqi bilan kasbdoshlariga namuna bo‘ladigan ustoz murabbiylardan biri sanaladi.

S.Po‘latov pedagogik faoliyati davomida mamlakatimizdagi bir qator bakalavr, magistr va tadqiqotchilar ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan ularga ilmiy rahbar hamda ilmiy maslahatchi sifatida jalb etilgan, jumladan, hozirga qadar 4 ta PhD, 11 nafar magistrant, 6 nafar bakalavr talabalarga ilmi rahbarlik qilgan.

S.Po‘latov tomonidan olib borilayotgan ma’ruza mashg‘ulotlari va ochiq darslar Universitet uslubiy kengashi tomonidan tekshirilgan va ijobiy baholangan.

Ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlardagi tashabbuskorligi va faolligi, ilmiy sohadagi samarali natijalari, o‘quv jarayonini tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlashda, o‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini qo‘llashda, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishda, filial adabiyotlar fondini darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlashda tashkilotchilik qobiliyatining mavjudligi, yuqori pedagogik mahorat va boy pedagogik tajribaga egaligi, barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlarini metodik jihatdan yuqori saviyada olib borishi, jamoamiz orasida munosib hurmat va e’tiborga sazovorligi bilan Sarvar Mustafoyevich alohida o‘rin tutadi.