MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

NURMETOV XUSHNUD  SAFARBAYEVICH

NURMETOV XUSHNUD SAFARBAYEVICH

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Genetika va evolutsion biologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi

Nurmetov Xushnud Safabayevich 1985-yil 12-iyunda Xorazm viloyati Shovot tumanida ziyoli oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, ma’lumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

1992-2000-yillarda Xorazm viloyati Shovot tumani 27-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabini aʼlo baholarga tamomlab oʻqishni davom ettirgan.

2001-2003-yillarda tanlov asosida Xorazm viloyati Shovot tumanidagi Al-Xorazmiy nomidagi 1-sonli Aniq va tabiiy fanlariga ixtisoslashtirilgan akademik litseyida oʻqishni davom ettirgan. Oʻqish yillari viloyat va respublika fan olimpiadalarida qatnashib namunali oʻrinlar bilan taqdirlangan. 2003-yilda mazkur litseyni qizil diplom bilan tamomlagan.

2005-2009-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Biologiya va inson hayotiy faoliyati muxofazasi mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

2009-2011-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Biologiya va tuproqshunoslik fakulteti Genetika yoʻnalishida magistraturani tamomlagan.

2012-2014-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Genetika yoʻnalishida doktorantura boʻlimida tahsil olgan.

2009-2014-yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumani 200-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida kimyo va biologiya fani oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.

20015-2017-yillarda Toshkent shahar Uchtepa tumani 283-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida biologiya fani oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.

2017-2021-yillarda Chirchiq davlat pedagogika Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Genetika va evolutsion biologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

2017-2022-yillarda Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi, lavozimida  Biologiya fanidan dars mashgʻulotlarini olib borgan.

2021-yil Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilarining kasbiy malakasini oshirish” loyihasi doirasida oʻtkazilgan “Top 10 STEM liderlar” tanlovida gʻolib boʻlgan.

2022-yil “Umumiy oʻrta ta’limning Milliy oʻquv dasturi asosida “Tabiiy fanlar”(Science)ni maktabda sifatli oʻqitish maqsadida oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha terenerlik kursi”ni muvaffaqiyatli tamomladi va tegishli sertifikatga ega boʻldi.

Viloyatda biologiya fani oʻqituvchilarining  kasb mahoratini oshirishga munosib hissa qoʻshmoqda.

X.S.Nurmetov bundan tashqari, Respublika multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda ishlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi № DGU № 14457 raqamli “Maktab biologiya fani oʻqituvchilarining masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishga oid kompetentligini rivojlantirishga moʻljallangan elektron qoʻllanma” va № DGU № 47406 raqamli “Malaka oshirish tizimida boʻlajak biologiya oʻqituvchilarining kompetensiyalarini rivojlantirishga moʻljallangan elektron oʻquv vosita” nomli elektron metodik qoʻllanmalar yaratgan va unga dasturning rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar olgan.

2022-yil Avgust oyida oʻtkazilgan Umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun yangi 7-sinf Biologiya va 10-sinf biologiya darsligini amaliyotga joriy etish boʻyicha oʻtkazilgan oʻquv seminarida “Respublika treneri” vazifasini bajardi va dasrliklarga taqrizlar berishda ishtirok etgan.

U 2018-2023-yillarda pedagogik faoliyati davomida 50 dan ortiq maqola va tezislari ilmiy jurnallar, respublika, xalqaro va chet el konferensiyalarida hamda jurnallarida yoritilgan: “Genetikadan masalalar toʻplami va ularni yechish usullari”, “Biologiyadan masala va mashqlar yechish” nomli oʻquv-uslubiy va oʻquv qoʻllanmalari chop etilgan.

2023-yilda Chirchiq davlat pedagogika Universiteti rektorining 2023-yil 2-fevraldagi “Universitetning ta’lim jarayoniga individual yondashuv texnologiyalarini tadbiq qilish toʻgʻrisidagi 01-20-son buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida Tabiiy fanlar fakultetida tashkil etilgan “Kreativ pedagog-talabalar nigohida” deb nomlangan oʻquv-amaliy seminarni yuqori saviyada oʻtkazishda faol ishtiroki uchun taqdirlangan.

2017-yildan hozirgi kunga qadar Chirchiq davlat pedagogika Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Genetika va evolutsion biologiya kafedrasida katta oʻqituvchi lavozimi vazifasida ishlab kelmoqda.