1986 yil 26 yanvarda Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. 2002 yil o‘rta maktabni, 2006 yili Andijon davlat universiteti biologiya fakultetini, 2008 yil Andijon davlat universiteti magistraturasi zoologiya mutaxassisligini tamomlagan.
2006 yildan Andijon shahridagi 25- ixtisoslashtirilgan maktabda biologiya fani o‘qituvchisi lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 2011-2013 yilari Andijon pedagogika kolledji biologiya fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyatini davom ettirgan.
2013-2016 yillarda Andijon qishloq xo‘jalik institutining «O‘simliklarni himoyasi va karantin» kafedrasi assistenti. 2015-2017 yillarda Andijon qishloq xo‘jaligi instituti 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturada faoliyat olib bordi hamda dissertatsiya ilmiy ishini muddatidan oldin muvoffaqiyatli himoya qilib, Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomini olib, jamoadagi barcha tadqiqotchilar uchun o‘rnak bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida 2016 yilda «O‘simliklarni himoya qilish» – ma’lumot maslahat tizimi mobil ilovasi ro‘yxatdan o‘tgazilib, EHM uchun dasturi yoki ma’lumotlar bazasi uchun Guvohnoma (№ DGU 04019) olgan. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan o‘tkazilgan «Yangi intellekt -2017» tanlovida «O‘simliklarni himoya qilish» – ma’lumot maslahat tizimi mobil ilovasi «Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi» nominatsiyasida fahrli 3 o‘rinni egallab diplom va pul mukofoti bilan taqdirlangan.
2018 yil O‘zbekiston Kasaba Uyushmasi Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan «Yilning eng faol yosh mutaxassisi» Republika tanlovining «Eng faol yosh olimi» nominatsiyasida ishtirok etib fahrli 2-darajali diplom bilan taqdirlangan.
Hozirda «O‘simliklar va qishloq xo‘jalik maxsulotlari karantini » kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritib, O‘simliklarni himoya qilish ta’lim yo‘nalishi talabalari va magistrlariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib borish bilan birgalikda ularning ilmiy ishlarni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Iqtidorli talabalari orasidan 2-bosqich talabasi Abdulxodiyeva Ziyodaxon 2018 yil Samarqand davlat universitetida «Zoologiya» fani olimpiadasining Respublika bosqichida ishtirok etib 3–o‘rinni egallagan.
Abdullayeva Xuriyatxon Zafarbekovna o‘zini mehnat faoliyati davomida yetuk mutaxassis va pedagog sifatida ko‘rsatdmoqda. U o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini zamon ruhi, milliy istiqlol g‘oyasi tamoyillari bilan uyg‘un bog‘lagan holda talabalarga saboq bermoqda, ma’ruza hamda amaliyot darslarini yuqori ilmiy-uslubiy saviyada o‘tkazmoqda. O‘zining nazariy va pedagogik mahoratini oshirish ustida tinmay ish olib boradi.
O‘zining ilmiy faoliyati davomida 40dan ortiq ilmiy ishlar muallifi va hammuallifi: jumladan 3 ta patent (guvohnoma № DGU 04019) olingan, 1 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya nashrdan chiqarilgan. Ilmiy jurnallarda 34 ta ilmiy maqola, shundan 1 tasi Scopus bazasida, 22 tasi nufuzli xorijiy jurnallarida, 11 tasi OAK e’tirof etgan Respublika jurnallarida Halqaro gkonferensiyalarda 9 ta va Respublika ilmiy-amaliy gkonferensiyalaricha 16 ta maqola va tezislari chop etilgan.
Ish faoliyati davomida 17 ta bitiriv malakaviy hamda 3 magistrlik dissertatsiya ishiga rahbarlik qilgan. Xozirda 3 ta magistrlik dissertatsiya ishiga ilmiy rahbarlik qilmoqda.
Abdullayeva Xuriyatxon Zafarbekovna 2018 yil «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» tanlovining Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasi bo‘yicha «ENG YAXSHI PEDAGOG» tanlovida ishtirok etib Respublika g‘olibi bo‘ldi.
2019 yil 06.01.09- O‘simliklarni himoya qilish ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi.
2019 yil dekabr oyida Xitoy xalq Respublikasida o‘tkazilgan «Семинар по технологии сельскохозяйственного производства для Узбекистана» mavzusidagi semidarda ishtirok etgan.
2020 yildan O‘zbekiston “Agrar soha ayollari uyushmasi” Andijon viloyati bo’limi a’zosi
2022 yil yanvar oyidan 06.01.09- O‘simliklarni himoya qilish ixtisosligi bo‘yicha doktoranturada “G‘o‘zaning holati va asosiy zararkunandalari bilan zararlanish daraasini nazorat qilish, prognozlashtirish hamda boshqarish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda.
Shuningdek, 2022 yil aprel oyidan “Tikanli kovul (Cfapparis spinose L.) o‘simligini plantatsiyasini tashkil etish” mavzusidagi amaliy loyihasida loyihara rahbari vazifasida ishlab kelmoqda.
Abdullayeva Xuriyatxon Zafarbekovna doimiy ravishda o‘z malakasini oshirish, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-nazariy bilimlarini mustahkamlash ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. U har ishda tashabbuskor, ma’naviy yetuk, o‘z do‘stlariga nisbatan mehribon va g‘amxo‘r, jamoada o‘z o‘rniga ega.