MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

NARIMONOVA SAIDA NARIMON QIZI

NARIMONOVA SAIDA NARIMON QIZI

Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) nomzodi, Namangan viloyati Yangi Namangan tumani 58-sonli DMTT direktori

Narimonova Saida Narimon qizi 1983-yil 28-iyunda Namangan viloyati Uychi tumanida tugilgan. 1989-1998-yillari – 6-umumtaʼlim maktabi va 1-bolalar musiqa maktabi, 1998-2001-yillari – Namangan shahar Tibbiyot texnikumi, 2005-2009-yillari – Namangan Muhandislik Pedagogika Instituti Kasb-taʼlim “Moliya” yoʻnalishida bakalavriat bosqichi, 2009-2011-yillari Namangan Muhandislik Pedagogika Institutida Kasb-taʼlim “Moliya” yoʻnalishining Magistratura bosqichi, 2019-yil Namangan Davlat Universiteti qoshidagi Pedagoglarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida “Maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi” qayta tayyorlash kursini tamomlagan, 2022-2025-yillari Maktabgacha Taʼlim Tashkilotlari Direktor va Mutaxassislarni Qayta tayyorlash va Ularning Malakasini Oshirish Institutida 13.00.07 – Taʼlim menejment yoʻnalishi boʻyicha tayanch doktoranturada tahsil olgan.

2011-2013-yillari Namangan viloyati Namangan shahar “Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish” kasb-hunar kollejida “Maxsus fan” oʻqituvchisi, 2012-2019-yillar Namangan shahar “Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish” kasb-hunar kollejida “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri vazifasida ishlagan. 2019-yil 15-fevraldan Namangan viloyati Namangan shahar 58-sonli Davlat Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori vazifasiga tayinlangan.

Narimonova Saida Narimon qizi 58-sonli Davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi faoliyati davomida 2019-yil 1-3-aprel kunlari Maktabgacha taʼlim muassasalari pedagog kadrlari va metadistlarning kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha trenerlik kursini tamomlab, Namangan shahrida joylashgan 21 ta DMTT lar metadist va direktorlarga oʻquv seminar va treninglarni oʻtkazgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “Oʻzbekiston konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. 2024-yil SCIENTIFIC PUBLICATION ilmiy matbuot markazining tanlovida ishtirok etib “ILM-FAN QANOTI” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. S.N.Narimonovani 2024-yil “Personalni boshqarish” nomli oʻquv qoʻllanmasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining guvohnomasi olinib 100 nusxada nashrga chiqarildi. 2022-yil “Innovative of management preschool education” nomli jurnalda “Middle European Scientific Bulletin” nomli maqolasi chop etildi.  2023-yil “Quality management theory and itʼs application in preschool education” , “ Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi”da qatnashdi. Maktabgacha Taʼlim Tashkilotlari Director va Mutaxassislarini Qayta Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktorlar toifasi taʼlim rejasiga “Zamonaviy menejment usullari”, “MTTlarni akkreditatsiyadan oʻtkazish” va “Maktabgacha taʼlimda sifat menejmenti” taʼlim modullari ishlab chiqqan va amaliyotda qoʻllanilgan.

S.Narimonova “Maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim sifatini taʼminlash texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya ishini olib borish davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlashni texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqmoqda. Jumladan, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo viloyatlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tajriba-sinov ishlarini oʻtkazgan.

S.Narimonova Namangan viloyati Yangi Namangan tumani 58-sonli DMTT da olib borayotgan faoliyati davomida 140 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkilotida, hozirga kelib jami 400 nafar tarbiyalanuvchi tarbiyalanayotgani, qamrov darajasi 250% dan oshganligiga yaqqol dalildir. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotida 2019-yili jami 12 nafar pedagog faoliyat olib borgan boʻlsa, ulardan 4 nafari Oliy maʼlumotli pedagoglardan iborat boʻlgan. Hozirgi kunga kelib tashkilotda jami 24 nafar pedagoglar faoliyat olib borayotgan boʻlsa, ularning 90%ni oliy maʼlumotli pedagoglar tashkil etadi. Bundan tashqari S.Narimonova  tashkilotda ota-onalarning taʼlim jarayoniga faol ishtirokini taʼminlash uchun ular bilan muntazam muloqot oʻtkazib ota-onalarning fikr takliflarini oʻrganib tashkilotning tarbiyalanuvchilariga sifatli taʼlim berilishini, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi uchun muntazam malaka oshirish kurslarini tashkil qilishni tavsiya qiladi.

S.Narimonova ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyat bilan bir qatorda 58-sonli DMTT da direktor vazifasini muvaffaqiyatli bajarib kelmoqda. Jumladan, Namangan viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan 1-iyun Xalqaro Bolalarni Himoya qilish kuni munosabati bilan sportsevar tarbiyalanuvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan bolalar velomarafonini tashkil etishda munosib hissa qoʻshganligi uchun boshqarma boshligʻi tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlangan.

S.Narimonova Oʻzbekiston Respublikasini Qonunlarini hayotga tadbiq qilish, yoshlarni milliy istiqlol gʻoyasini va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda erishgan muvaffaqiyatlari, shuningdek, bolalarning har tomonlama sogʻlom va barkamol qilib tarbiyalash ishlarida tashabbus koʻrsatganligi va yaxshi natijalarga erishganligi hamda anʼanaviy avgust kengashini tashkil etishda koʻrsatgan xizmatlari uchun Namangan viloyati hokimi tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan.

2020-yilda S.Narimonova har bir murgʻak bolani oʻz farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun koʻz nuri, qalb qoʻri, butun borligʻini baxsh etib, yoshlarning irodasini chiniqtirish, dunyoqarashini kengaytirish, tinchlik, vatanparvarlik tuygʻularini singdirish kabi beminnat xizmatlari uchun 1-oktabr – Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Namangan shahar xokimining “Faxriy yorligʻ”i bilan taqdirlangan.

Narimonova Saida Narimon qizi hozirgi kunda Namangan viloyati Yangi Namangan tumani 58-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida direktor vazifasida ishlab kelmoqda hamda bolalarni boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash maqsadida oʻz hissasini qoʻshmoqda.