MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MUSURMONKULOV OYBEK UROLOVICH

MUSURMONKULOV OYBEK UROLOVICH

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti “Milliy tarbiyaning raqamli pedagogik ta’minoti ilmiy-tadqiqot” bo‘limi Yetakchi ilmiy xodimi, dotsent v.b. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Musurmonkulov Oybek Urolovich 1982-yil 4-iyunda Sirdaryo viloyatida tavallud topgan. Oilali. Ma’rifat targ‘ibotchilar a’zosi.

O.Musurmonkulov 1989-1995 yillarda 18-sonli umumta’lim maktabida, 1995-1997-yillarda Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan Gimnaziyada, 1997-2000-yilda Respublika Biznes maktabida “Huquqshunoslik” va Kasb-hunar kollejida “Iqtisodchi-huquqshunos”lik yo‘nalishlarida tahsil olgan.

2001-2002-yillarda shahar “Himoya” advokatlik byurosining Advokat yordamchisi va 2004-2005-yillarda “Qalqon” advokatlik firmasi ish yurituvchisi lavozimlarida faoliyatini boshlagan.

2002-2004-yillarda Ichki ishlar vazirligi QQ-7534-harbiy qismida harbiy xizmatchisi bo‘lgan.

2005-2009-yillarda Guliston davlat universiteti, “Milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari” yo‘nalishi talabasi Bakalavr bosqichida,

2009-2011-yillarda O‘zbekiston Milliy universitet “Milliy g‘oyaning falsafiy masalalari” yo‘nalishi talabasi Magistr bosqichida tahsil olgan.

O.Musurmonkulov sport sohasida quyidagi yutuqlarga erishgan: Sportning Erkin kurash bo‘yicha ko‘k belbog‘ sohibi 1-darajali va Boks turlari bo‘yicha 2-darajali sportchisi. Respublika musobaqalari sovrindori bo‘lgan.

2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
221-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan davlat stipendiyasi tanlovining bakalavrlar uchun ta’sis etilgan “Navoiy” nomli Davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Xo‘jalik sudida ish yurituvchi lavozimlarida ishlab, 4 ta xo‘jalik ishi bo‘yicha sudda ishtirok etgan.

“Himoya” advokatlik byurosining Advokat yordamchisi va “Qalqon” advokatlik firmasida ish yurituvchisi lavozimlaridagi faoliyatida 10 dan ziyod oilaviy, ma’muriy va jinoiy ishlar бўйича sudda advokat yordamchisi guvohnomasini olgan holda qonuniy tarzda sud ishlarida ishtirok etgan.

2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-avgustda qabul qilingan “Milliy g‘oya targ‘ibot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘lgan.

2017-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25-yilligi” esdalik nishoni sohibi bo‘lgan.

2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikning 30 yilligi” esdalik nishoni sohibi bo‘lgan.

Mamlakatimizda mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlardagi yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtiroki uchun 2023-yil 01-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 3-sonli buyrug‘iga asosan 3-darajali “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi. Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati “ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga doimiy jalb qilingan, mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan, taniqli fan, adabiyot, san’at va madaniyat arboblari hamda boshqa soha xodimlarini jamlagan ma’naviy-ma’rifiy uyushmadir.

uyushmaning asosiy maqsadi – taniqli fan, adabiyot, san’at va madaniyat arboblari hamda boshqa soha xodimlari ishtirokida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini, terrorizm va diniy ekstremizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes hamda boshqa ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kurashishning ahamiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, respublika fuqarolarining mamlakatdagi islohotlarga, bunyodkorlik ishlariga daxldor ekanligini his qilishi, ularning kayfiyati hamda ma’naviy-ma’rifiy, madaniy salohiyatini oshirishga qaratilgan samarali g‘oyaviy targ‘ibot ishlarini olib borishdan iborat.

O.Musurmonkulov ham ushbu uyushma a’zoligiga 2024-yil 7 iyundan a’zolikka qabul qilinib targ‘ibot ishlarida faol bo‘lib kelmoqda.

2002-2004 yillarda Toshkent shahridagi Ichki ishlar vazirligi QQ-7534-harbiy qismida harbiy xizmatchisi lavozimida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan.

Bundan tashqari Yunusobod tumani 327-umumta’lim maktabi “Konstitutsiyaviy huquq” fani o‘qituvchisi, Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi badiiy ekspertiza boshqarmasida operatorlik vazifalarida ham o‘z faoliyatini olib borgan.

Hayotdagi intilishdan to‘xtamasdan otasining o‘giti ila amalda qo‘llab kelayotgan “Yurtingni va oilangni himoya qil – vataningga fidoyi bo‘l” shiori ostida Oybek Urolovich o‘z faoliyatini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, “Milliy g‘oya va mafkura” ilmiy-amaliy markazi yetakchi mutaxassisi, Bosh mutaxassisi va Axborot xavfsizlik xizmati vazifalarida ishlagan.

2015-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boshqaruv akademiyasi tinglovchisi bo‘lib kursni tamomlagan.

2015-2019-yillarda Toshkent viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi, “Ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha kotibiyati” yetakchi mutaxassisi, Toshkent viloyati hokimining “Axborot tahlil guruhi” bosh mutaxassisi, “Axborot xizmati” bo‘limi rahbari lavozimlarida ishlagan.

2019-2020-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish madaniy dam olishni tashkil etish va jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

2020-2024 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Ijtimoiy fanlar” fakultetida Yoshlar masalalari, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. U universitetdagi o‘z faoliyati davomida 200 dan ziyod ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, konferensiyalar va zakovat o‘yinlarini tashkil etgan. Jumladan: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaror, Farmon, Vazirlar Mahkamasi Qaror va Farmoyishlari, Vazirliklar va universitet rektoratining buyruqlari bilan tanishtirish va ularning ijrosini ta’minlab borish ishlarini amalga oshirib kelgan.

O.Musurmonkulov yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida «Eng kitobxon talaba», «Eng kitobxon o‘quv guruhi», «Eng kitobxon murabbiy» ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish, “Diniy ekstremizm va terrorizmning mazmun-mohiyati, uning salbiy oqibatlari”, “Mahallam – mening faxrim” va “Korrupsiya, ilm-fanning rivojiga to‘siq” mavzularida ochiq muloqotlar tashkil etgan.

Shuningdek, universitet, fakultet va kafedra miqyosida o‘tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlarda faol ishtirok etib borgan.

O.Musurmonkulov 2024-yildan hozirgi vaqtga qadar Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti “Milliy tarbiyaning raqamli pedagogik ta’minoti” ilmiy-tadqiqot bo‘limi Yetakchi ilmiy xodimi, dotsent v.b. sifatida institutning faoliyati, tarbiya va ta’limning samaradorligini oshirishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. U institut jamoatchiligi orasida yaxshi hurmat e’tiborga ega.

O.Musurmonkulov Rossiya federatsiyasi Qozon davlat universitetida 18 soat onlayn ma’ruza va Tojikiston ta’lim akademiyasi o‘rtasida o‘zaro amaliy va ilmiy hamkorlik doirasida “Milliy tarbiyaning dolzarb muammolari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Tashrif davomida Institut professor olimlari va bo‘lim Yetakchi ilmiy xodimi O.Musurmonqulovlar tomonidan 18 soatlik ma’ruza o‘qildi.

O.Musurmonkulov o‘z tadqiqot ishlarida jamoat tashkilotlari faoliyatida ijtimoiy pedagogik ishlarni tashkil etishda keng qamrovlilik (aholining barcha qatlamlarini qamrab olish), uzluksizlik (ijtimoiy pedagogik faoliyatning makonda va zamonda doimiyligini), ketma-ketlik (har bir bosqich uchun taraqqiyot va inson kamolotiga xizmat qiladigan qadriyatlarni singdirish), bosqichma-bosqichli k(targ‘ib qiluvchi ham, qabul qiluvchi ham muayyan tayyorgarlik bosqichlaridan o‘tishi), me’yoriylik (hayotdan uzilib qolishga olib keladigan balandparvozlik, rasmiyatchilik va takrorlanishlarga yo‘l qo‘ymaslik), shaxsiy ibrat (targ‘ibotchilar faoliyatida ish bilan so‘z birligini ta’minlash), ilg‘or targ‘ibot-tashviqot texnologiyalaridan foydalanish (targ‘ibotning faol shakllaridan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish) hamda jamoat tashkilotlari tomonidan qo‘llanilayotgan ijtimoiy-pedagogik tadbirlarning shakl, metod va vositalari klassifikatsiyasidan foydalanish prinsiplari samarali ekanligini aniqlagan.

Musurmonkulov Oybek Uralovich “Jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish texnologiyalari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borib pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.