MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MUQUMOVA DILRABO INATOVNA

MUQUMOVA DILRABO INATOVNA

Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, Professional taʼlim kafedrasi mudiri, dotsent

Muqumova Dilrabo Inatovna 1975-yil 25-iyulda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1982-1992-yillari – 3-umumtaʼlim maktabi, 1993-1998-yillari – Qarshi Davlat Universitetini “Psixolog” mutaxassisligida tahsil olgan. 1999-2006-yillari — Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi, 2006-2012-yillarda — Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti pedagogika, psixologiya va oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2012-2017-yillarda — Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.

2018-2019-yillari TIQXMMI MTUning tayanch doktoranturasida tahsil olgan.

2020-yildan hozirgi kunga qadar — TIQXMMI milliy tadqiqot universitetining “Professional taʼlim” kafedrasi dotsent, kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Faoliyati davomida D.I.Muqumova TIQXMMI milliy tadqiqot universiteti “Professional taʼlim va jismoniy madaniyat” doktoranti, 2011-yildan institutning 2011-yil 5-apreldagi 143 A/F — sonli buyrugʻi asosida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻyicha “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash” boʻlimi boshligʻi, TIQXMMI milliy tadqiqot universitetining “Xotin qizlar qoʻmitasi” qoshida tuzilgan “OLIMALAR UYUSHMASI” raisi hamda “Talabalarni taʼlim jarayoniga moslashishining pedagogik shart sharoitlari” mavzusi boʻyicha, 13.00.05- “Kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Institutda ishlash davrida mavzu boʻyicha keng koʻlamli ilmiy ishlar olib borgan.

2012-yil dekabridan 2013-yil martgacha “Ingliz tili” kursi boʻyicha “USCHOOL” oʻquv markazida oʻqigan.

2014-yil 5-fevraldan  2014-yil 4-martgacha  Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Aholi salomatligini shakllantirishda xulq-atvor omillarining roli va ahamiyati” “Valeologik tamoyillar” boʻyicha  144 soatlik (aʼlo baho bilan) malakasini oshirgan.

2015-yil 01.06 dan 27.06 gacha OʻzMU huzuridagi Mintaqaviy markazda 144 soatlik malakasini oshirgan.

“Kasb-hunar taʼlimi tizimidagi pedagog kadrlarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishga innovatsion yondashuv” mavzusida davlat byudjeti asosida kafedrada bajarilayotgan 2015-2025-yillarga moʻljallangan ilmiy tadqiqot ishida qatnashib kelmoqda.

Pedagogik ish faoliyati davrida bilimi, kasbiy va pedagogik mahoratini oshirish ustida uzluksiz ish olib bormoqda. 200 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlanmalar muallifi. Ilmiy tadqiqot ishi doirasida erishilgan natijalar: 50 ta respublika ilmiy-uslubiy va 16 ta xorijiy ilmiy jurnallarda maqola; 20 ta xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy kongress va konferensiyalarda maqola (hammualliflikda: Avstriya va Kanada); 40 ga yaqin respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda maqola va tezis; 16 ta uslubiy qoʻllanma va 14 ta uslubiy koʻrsatma (yakka mualliflikda, hammualliflikda); 3 ta monografiya; 4 ta oʻquv qoʻllanma muallifi va 2 ta darsliklar muallifi.

Fakultet tarkibidagi “Gidromelioratsiya” va “Kasbiy taʼlim” taʼlim yoʻnalishi namunaviy oʻquv rejalari, fan dasturlari bilan ishlash, kadrlar isteʼmolchisi hisoblangan korxona va tashkilotlarning talablari asosida ishchi oʻquv rejalari va fan dasturlarini tahlil qilish, takomillashtirish borasida ish tajribasiga ega.

Maxsus fan oʻqituvchilarini doimiy ravishda malakalarini oshirish boʻyicha tashkil qilingan “Pedagogik mahorat maktabi” kursini takomillashtirishda trener sifatida dars berish bilan birga diplom, faxriy yorliq, sertifikatlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlangan. U oʻziga topshirilgan ishni masʼuliyat va halollik bilan amalga oshirib kelmoqda.

Institutning rejali ishlarini bajarishda va jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jamoada masʼuliyatliligi, mehnatsevarligi bilan alohida hurmatga ega, doimiy ravishda oʻz malakasini, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qatʼiyat va sabr-toqat bilan ishlab kelmoqda, axloqiy-ijtimoiy faoliyat sohasida ham namunali insondir.