MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MIRZAYEVA YORQINOY YARKULOVNA

MIRZAYEVA YORQINOY YARKULOVNA

Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik kafedrasi dotsenti, qishloq xo‘jaligi falsafa fanlari doktori (PhD)

Mirzayeva Yorkinoy Yarkulovna 1969-yil 3-iyunda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

1976-86-yillar Navoiy viloyati, Xatirchi tumani F.Ortiqova nomli 51-sonli o‘rta maktabida o‘qigan.

1988-yil Toshkent qishloq xo‘jaligi institutining tayyorlov kursiga o‘qishga kirib, 1989-yil Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti talabasi va 1994-yilda Toshkent davlat agrar universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

1994-1995-yy. – Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik kafedrasi assistenti lavozimida. 1996-y.– Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi lavozimida faoliyat yuritgan.

1996-1999-yy. – Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida tahsil olgan.

2003-2006-yy. – Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik kafedrasi assistenti, 2006-2015 yy. Biotexnologiya ilmiy-tadqiqot markazi laboratoriya mudiri lavozimida, 2015-2019-yy. –Ipakchilik va tutchilik kafedrasi assistenti, 2020-2022-yy.– Ipakchilik va tutchilik kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2021-yil 06.02.04 – “Ipakchilik” ixtisosligi bo‘yicha “Tutni in vitro usulida ko‘paytirish va birlamchi ko‘chat yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) 01 №004658 ilmiy darajasini olgan. 2022-2024-yy “Zooinjeneriya” fakulteti, Xotin –qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi sifatida talaba qizlar odob-axloqi, va g‘oyaviy tarbiyasi bilan, fakultetdagi xotin-qizlar masalalarida esa jonkuyar maslahatchi, faol tashkilotchiligi bilan o‘zining butun faoliyati davomida hurmat qozonib kelmoqda.

2022-yildan Ipakchilik va tutchilik kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritib  kelmoqda. Y.Y. Mirzayeva 2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Paxta seleksiyasi urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida o‘tkazilgan “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni”ga  bag‘ishlangan “Oltin kuz” tanlovda ishtirok etib “Oltin kuz” medalining sovrindori bo‘lgan. 

2024-y. Ipakchilik ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan № 016023.

Y.Y. Mirzayeva o‘zining o‘quv- uslubiy ilmiy, ma’naviy va axloqiy jihatdan saviyasini oshirish borasida tinimsiz izlanuvchi pedagog sifatida tanilgan. Kelajak avlodni tarbiyalashda mutaxassislarga namunali tarzda nazariy bilimlarni va ko‘nikmalarni berishda alohida jonkuyar mas’uliyatli o‘qituvchi  hisoblanadi.

Y.Y. Mirzayeva yillar davomida olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida 2017-yil “Ipak qurti biologiyasi” darsligi yakka muallifligida nashr etilgan. Guvohnoma № 603-357. Hammualliflikda “Tut daraxti seleksiyasi” № 237-745, “Tutchilikda ilmiy tadqiqot uslublari” № 106-628, Ipak qurti biologiyasi № 233-1040, Tut daraxti kasalliklari va zararkunandalari № 042107 darsliklari va Tut ipak qurti biologiyasi. № 892-271, Tutchilik № 892-265, “Ipak qurti urug‘chiligi” №1186-218,“Tutchilikda biotexnologiya” № 430-11 nomli o‘quv qo‘llanmalari nashr ettirilgan.

2022-yil O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan “Gelmintlarga qarshi vosita olish usuli” № IAP 06826. Ixtirosiga patent berilgan.

2023-yili “Biology of the silkworm” darsligi (978-620-6-17386-1 kitobni shtrix kodi). Ingliz tilida GlobeEdit, Amazon, Barnes & Noble kabi do‘konlarda kitobi  sotilmoqda.

“INNOWOMENWEEK-2024” ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlarning innovatsion haftaligida o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etgan va SERTIFIKAT bilan taqdirlangan.

Y.Y.Mirzayeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatni his qiladi, tushunadi, qo‘llab – quvvatlaydi va pillachilik tarmog‘ini rivojlantirishda yetuk malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha uzviy integratsion ilmiy izlanishlarni muntazam olib borayotgan fidoyi professor-o‘qituvchilardan.

2024-yil “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 4-2/543- sonli xatiga asosan, Ozarbayjon Respublikasida “Oʻzbekiston tajribasini joriy etish va tajriba almashish” uchun Barda rayonidagi “Az Silk” qoʻshma korxonasidа Ozarbayjonlik xotin-qizlarning 15 nafarini ish bilan taʼminlash  maqsadida 40 quti tut ipak qurtini boqish agrotexnikasini tashkil qilishni amalda bajarib o‘rgatdi.

Shu bilan birga, Ozarbayjonda qishloq xo‘jaligi sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yagona oliy ta’lim muassasasi – Ozarbayjon Davlat agrar universiteti (ADAU) rektori Zafar Gʻazanfar oʻgʻli Kurbanov qabulida bo‘ldi.

Y.Y.Mirzayeva Ozarbayjon Hayvonlar ilmiy tadqiqot instituti Ipakchilik bo‘limida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishib institut olimlari bilan hamkorlik ishlarini olib borishga kelishib qaytdi.

Y.Y. Mirzayeva tomonidan bajarilgan ishlarini eʼtirof etgan holda Ozarbayjon qishloq xo‘jaligi vazirligining chorvachilik va o‘simlikshunoslik bo‘lim rahbari Imron Jumshudov va

“Az Silk” MCHJ qoʻshma korxonasi Ipakchilik klasterida Ozarbayjonlik 15 nafar ishsiz xotin-qizlarga va soha agronomlariga ipak qurti parvarishlash agrotexnikasi boʻyicha bergan taʼlimi va o‘rgatgan yangi metodlari uchun minnatdorchilik bildirdi va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Y.Y. Mirzayeva 2025-yil Ozarbayjon davlat agrar universitetida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ahmad Malikov nomidan kelgan rasmiy taklifnomasiga asosan Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo‘lib 06.02.04-Ipakchilik mutaxassisligi bo‘yicha malaka oshirganligi haqida SERTIFIKATga va ADAUning “Zoomuhandislik fakulteti” ipakchilik ixtisosligi talabalari va o‘qituvchilariga ochiq ma’ruza o‘qigani uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

Shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda sohasi yuzasidan ilmiy yangiliklar boʻyicha OAVda koʻp marotaba chiqishlar qilmoqda. “O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilmiy faoliyatiga yaratilgan imkoniyatlar” to‘g‘risidagi ko‘rsatuvda Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti Yorqinoy Mirzayeva ishtirok etdi.

Toshkent davlat agrar universitetida “Ustoz-shogird” tizimi asosida Ipakchilik yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, ilmiy faoliyatga qiziqtirish maqsadida “Morus” nomli ilmiy toʻgaragini tashkil etdi. “Ustoz-shogird” zakovat intellektual o‘yinlarida

“Morus” to‘garagi jamoasi a’zolari bilan “Eng faol guruh” tashakkurnoma bilan taqdirlandi. To‘garakdagi talabalar bilan bir qancha maqolalar nashr ettirgan.

Y.Y.Mirzayeva 2025-yil  Xitoy xalq Respublikasi Anhui Qishloq xo‘jaligi universiteti taklif xatiga asosan tajriba almashinuv dasturida ishtirok etdi va Ipakchilik mutaxassisligi bo‘yicha malaka oshirganligi haqida sertifikat bilan taqdirlandi.

“Molekular biologiya fakulteti” Ipakchilik ixtisosligi talabalari va o‘qituvchilariga o‘qigan ochiq ma’ruzasi uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

Y.Y. Mirzayeva Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.