MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MAXSETBAYEV DIYANAT POLAT ULI

MAXSETBAYEV DIYANAT POLAT ULI

Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti stomatologiya yoʻnalishi 5-bosqich talabasi

Maxsetbayev Diyanat Polat ulı 2002-yili 24-iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida tugilgan. 2009-2018-yillari Nukus shahrida joylashgan 2-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida oʻqigan.

2018-2020-yillari Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi tabiiy fanlar yoʻnalishida tahsil olgan.

2020-yili Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti stomatologiya yoʻnalishiga kirish test sinovlarida maksimal 189 ball olib, grant asosida oʻqishga kirgan va hozirda 5-bosqich talabasi.

Maxsetbayev Diyanat maktab vaqtlarida oʻqish bilan birga sportga ham qiziqishi yuqori bo’lgan va katta musobaqa va turnirlarda gʻalaba qozongan. Jumladan, u Qoraqalpogʻiston Kubogi chempioni, Oʻzbekiston birinchiligi chempioni va 2018-yili 25-29-mart kunlari umumiy oʻrta taʼlim berish maktab oʻquvchilari orasida oʻtkazilgan “UMID NIHOLLARI-2018” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi sovrindori hisoblanadi. 2018-yili boks sporti boʻyicha “Sport ustaligiga nomzod” darajasini qoʻlga kiritgan.

Institutning dastlabki oʻqish davrlaridan-oq ilmga qiziqishini ustozlariga ko'rsata olgan va 2-bosqichidan boshlab ustozlari bilan birga tezis va ilmiy maqolalar yozib, turli hil ilmiy anjumanlarda qatnashib, oʻzining ilmga bo'lgan ishtiyoqini oshira boshlagan. 2022-yili 20-may Toshkent pediatriya institutida “Zamonaviy tibbiyot yosh olimlar nigohida” mavzusida tashkil etilgan Respublika 50-ilmiy-amaliy onlayn video konferensiyasida “Qoraqalpog’iston Respublikasida trixomoniazning tarqalish darajasini o’rganish” mavzusida tayyorlagan ilmiy ma'ruzasi uchun 2-darajali diplom bilan taqdirlandi va konferensiya tezislar to'plamida ilmiy ishi chop etildi.

U keyinchalik stomatologiya yoʻnalishiga bogʻliq ilmiy ishlar bilan shugʻullanib boshladi va “Bolalar orasida kariyes kasalligi tarqalish koʻrsatkichlarini aniqlash va oldini olish” va “Qoraqalpogʻiston hududida yashovchi bolalarni stomatologik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish” mavzularida tadqiqot ishlarini olib bordi. Shu mavzularga oid ilmiy ishi koʻplab forum va anjumanlarda gʻolib deb topilib, anjuman tezislar toʻplamlarida nashr etildi.

2023-yil 7-8-aprel kunlari Toshkent davlat stomatologiya institutida oʻtkazilgan “Медицина и инновация” xalqaro tibbiyot talabalari olimpiadasida Yosh olimlarning ilimiy gʻoyalari tanlovida “THE BEST SPEAKER” nominatsiyasi va 2-darajali diplom bilan taqdirlandi. 2023-yili 13-15-aprel kunlari Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetida boʻlib oʻtgan “СТУДЕНЧЕСКАЯ НАУКА – 2023” forumida stomatologik mazuga oid tezisi bilan qatnashdi va forum tezislar toʻplamida chop etildi. 2023-yil 26-27-may kunlari Buxoro davlat tibbiyot institutida oʻtkazilgan “Время лучших. Время вперёд” 30-xalqaro yosh olimlar va talabalar ilmiy-amaliy anjumanida ilmiy maʼruzasi uchun “BEST EXPERIMENTAL RESEARCH” diplomi bilan taqdirlandi va anjuman tezislar toʻplamida tezisi chop etildi. 2023-yil 27-28-oktabr kunlari Toshkent shahrida Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti tomonidan “Ona va bola salomatligi - atrof-muhit ta’siri” mavzusida chet el olimlari ishtirokida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida faol ishtirok etgani uchun xalqaro darajadagi sertifikat bilan taqdirlandi.

2024-yili 26-27-yanvar kunlari Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida oʻtkazilgan “Abu Ali Ibn Sino taʼlimotidan III renessansgacha” 4-xalqaro tibbiyot talabalari olimpiadasida “Yuz-jaǵ jarrohligi” fanidan 3-darajali diplom bilan taqdirlandi. 2024-yil 29-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan xorijiy yosh olimlar ishtirokida “Tibbiyotning dolzarb muammolariga innovatsion yondashuv” mavzusida oʻtkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanida oʻz ilmiy ma’ruzasi bilan qatnashib 2-darajali diplom va sertifikat bilan taqdirlandi.

2024-yili 25-aprel kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan “Yosh olimlar kuni” mavzusida oʻtkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanida tezisi bilan qatnashib, anjuman tezislar toʻplamida nashr etildi. 2024-yili 17-18-may kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan “Достижения фундаментальной, прикладной медицины и фармации” mavzusida oʻtkazilgan 78-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida tezisi bilan qatnashib, konferensiya tezislar toʻplamida chop etildi.

2024-may oyida ziyrak talabalarni mukofotlash borasida bir guruh talabalarni professor-o’qituvchilar bilan birgalikda Avstriya Respublikasida “Salomatlik va atrof-muhit” mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etib qaytdi. Bu ilmiy safar davomida Maxsetbayev Diyanat dunyo reytingida TOP-300 oliygohlardan biri boʻlgan Vena tibbiyot universitetining ta’lim sistemasi va talabalar hayoti bilan tanishib chiqdi. Ilmiy seminarga faol qatnashgani uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Har yili 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan bir qator faol yoshlar “Umid uchquni” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi. 2024-yili shu faol talabalar qatorida Maxsetbayev Diyanat ham boʻlib, davlat mukofotini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi boshligʻi A.Orinbaev tomonidan qabul qilib oldi.

2024-yili 26-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan oʻtkazilgan “Tibbiyot mohirlari” tibbiy-amaliy ko’nikmalar 4-xalqaro olimpiadasida “Stomatologiya va yuz-jag’ jarrohligi” fanidan 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, Diyanat Maxsetbayev institutdagi o‘qishi va ilmiy faoliyatida 10 dan ortiq maqola va tezislar hammuallifi, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qila oladi (IELTS 6 ball egasi) hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanadi.

D.P.Maxsetbayev jamoat ishlarida ham faol ishtirok etadi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti a’zosi va faoli. 2025-yili fevral oyida Qoraqalpog’iston tibbiyot instituti Yoshlar akademiyasi lideri etib saylandi.  Vatanga sadoqat, uni cheksiz sevish kabi fazilatlari bilan yoshlarni o‘z ortidan ergashtirish, uyushtirish qobiliyatiga ega. U ilmiy faoliyati davomida 10 dan ortiq tezis va ilmiy maqolalar muallifi. Uning ilmiy ishlari Rossiya, Hindiston va Amerika kabi davlatlar jurnallarida nashr etilgan.