MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MAXMUDOVA DILFUZA MELIYEVNA

MAXMUDOVA DILFUZA MELIYEVNA

Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti Matematika va informatika fakulteti dekani

Maxmudova Dilfuza Meliyevna 1974-yil 4-fevralda Samarqand viloyati Katta-qoʻrgʻon tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, ma’lumoti oliy.

1991-1996-yy. ToshDU mexanika-matematika fakulteti talabasi. 1996-yilda Toshkent davlat universitetini bitirgan. Ilk pedagogik mehnat faoliyatini 1998-yildan Toshkent shahar S.Raximov tumanidagi 326-maktab majmuasida matematika oʻqituvchisi, 1999-yildan 2002-yilgacha Toshkent shahar S.Raximov tumanidagi 119-maktabda  matematika oʻqituvchisi, 2002–2003 yillar Toshkent avtomobil yoʻllari instituti Oliy matematika kafedrasi assistenti, 2003 yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Akademik litseyda matematika oʻqituvchisi, 2007 yildan 2009 yilgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Oliy matematika kafedrasi assistenti, 2009 yildan ToshDU hozirgi O‘zMU fizika fakulteti Yadro va nazariy fizika kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2015 yil OʻzMU mexanika-matematika fakulteti Geometriya kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2016-2018 yillar OʻzMU tayanch doktoranti, 2018 yildan 2020 gacha yilgacha OʻzMU Ijtimoiy fanlar fakulteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi dotsent v.b., 2020-2021 yillar TVChDPI Matematika va informatika fakulteti Matematika kafedrasi dotsent v.b., 2021 yildan 2023 gacha yilgacha ChDPU Matematika oʻqitish metodikasi va geometriya kafedrasi mudiri,  2023 yildan hozirga qadar ChDPU Matematika va informatika fakulteti dekani v.b. lavozimida  faoliyat yuritib kelmoqda.

Maxmudova Dilfuza Meliyevna 2018 yil 24 iyul 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi “Muammoli masalalar yordamida talabalar ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasi” mavzusida  nomzodlik dissertatsiyasini  himoya qilgan, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Ilmiy Kengashining tavsiyasiga koʻra Maxmudova Dilfuza Meliyevnaga 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvonini tasdiqlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Ilmiy Kengashining tavsiyasiga koʻra Maxmudova Dilfuza Meliyevnaga 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvonini tasdiqlagan.

D.M. Maxmudova xalqaro Qubahan Academic Journal va European Scholar Journal (ESJ) jurnalida tahririyat a’zosi, ilmiy jurnallar tahrir hay’ati a’zosi.

D.M. Maxmudovaning jamoatchilik asosida universitet miqyosida, fakultetda ilmiy ishlar boʻyicha faoliyat olib borayotganligini ham e’tirof etish oʻrinlidir. Fakultet miqyosida har oyda oʻtkaziladigan ilmiy seminar, iqtidorli talabalar bilan har oyda oʻtkaziladigan ma'ruzalar, doktorantlarning ilmiy ishlarini monitoringi, fakultetda bajarilayotgan ilmiy izlanishlarning hisoboti va ularning taqdimotlarini tashkil qilish boʻyicha ishlarni tizimli yoʻlga qoʻygan. D.M. Maxmudova fakultetda professor sifatida respublikadagi oliy ta'lim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayoniga uslubiy yordam koʻrsatish borasida ham faol ishtirok etmoqda. D.M. Maxmudova fakultetda “Ustoz-shogird” tizimidagi ishlarni yaxshi yoʻlga qoʻyish barobarida, iqtidorli talabalar bilan samarali ishlar olib boradi. Shu kungacha 6 ta shogirdi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi va 2 ta shogirdi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (DCs) ilmiy darajasi olgan.

D.M. Maxmudova Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.ped.01.09. raqamli ilmiy kengashning ilmiy kotibi -13.00.02 (2019 y.).

Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.ped.01.09. raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar a'zosi (2019 y.);

Toshkent viloyat Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi PhD.28.03.2019.Ped.82.01 raqamli (2019 y.)

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti “Pedagogik texnologiyalar boʻyicha ilmiy kengash” a'zosi (2020 y.)

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi pedagogika fanlari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 raqamli ilmiy kengashning ilmiy kotibi -13.00.02  (2021).

D.M. Maxmudova 05.05.2019 yildan professor A.Xolmoʻminov rahbarligida Grant OT-FA-2018-033 muvaqqat ilmiy jamoada kichik ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan.

17.07.2020 dan FZ-2020010829 “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” grantda kichik ilmiy xodim lavozimida faoliyat olib bormoqda (30.06.2021).

Bugungi kunda A.Xolmoʻminov rahbarligidagi 2022-2026-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Milliy universiteti, Fizika fakulteti qoshidagi A-OT-2021-291-sonli loyihada katta ilmiy xodim lavozimida jamoatchilik asosida faoliyat olib bormoqda.

D.M. Maxmudova 2022-yil 16-19 iyul kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida “Alliance for Humanity Youth Peace Forum” yoshlar tinchlik forumida ishtirok etdi. Forumda butun dunyoda bagʻrikenglik, inklyuzivlik, ijtimoiy hamjihatlik va tinchlik oʻrnatish masalalari boʻyicha yosh liderlar tayyorlash kurslarida oʻzining takliflari bilan koʻpchilikning e’tirofiga sabab boʻldi.

D.M. Maxmudova 2022-yil 13-14 oktyabr kunlari Qozogʻiston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetida akademik mobillik asosida qisqa muddatli stajirovka oʻtab keldi va “Birinchi tartibli differensial tenglamalar” mavzusida namunali darslar tashkil etdi.

D.M. Maxmudova 2023-yil 24-aprel 7-may kunlari  Finlandiya davlatiga stajirovka oʻtash uchun bordi. Malaka oshirish davomida Finlandiyaning Xelsinki, Yuvaskula, Kareliya, va JAMK amaliy fanlar va pedagogika institutlarida ta'lim tizimidagi pedagogik jarayonni tashkil etish mexanizmlari, ta’limda baholash, oʻquv me’yoriy hujjatlar, ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlari, uzluksiz ta’limda uzviylik, kredit modul tizimi va mustaqil ta’lim, ta’limda raqamlashtirish, oʻqitish metodikasi hamda interaktiv metodlarni qoʻllash kabi dolzarb masalalarni oʻrganish boʻyicha professor oʻqituvchilar bilan fikr almashinildi.

D.M. Maxmudova 2024-yil 22-30 aprel kunlari Malayziyaning Pirak shtatida joylashgan “Sultan Idris Pedagogika Universiteti” da akademik mobillik asosida stajirovka oʻtab keldi va “Числовые характеристики случайных величин” mavzusida namunali darslar tashkil etdi.

D.M. Maxmudova 2024-yil 9-20 dekabr kunlari Qozogʻiston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetigada akademik mobillik asosida stajirovka oʻtab keldi va “Случайные величины” mavzusida namunali darslar tashkil etdi.

D.M. Maxmudova 2025-yil 13-24 fevral kunlari Malayziyaning Pirak shtatida joylashgan “Sultan Idris Pedagogika Universiteti” da akademik mobillik asosida stajirovka oʻtab keldi “Случайные величины в статистике” mavzusida namunali darslar tashkil etdi.

U oʻz faoliyati mobaynida  123 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop ettirdi.  Shu jumladan: 4 ta monografiya, 15 ta oʻquv qoʻllanma (ham mualliflikda), 5 ta uslubiy qoʻllanma (ham mualliflikda), 25 ta ilmiy jurnal Respublika miqyosidagi maqola muallifi, 22 ta ilmiy jurnal xalqaro miqyosdagi, 15 ta tezis xalqaro miqyosdagi, 60 dan ortiq respublika miqyosidagi anjumanlar materiallari toʻplamlarida chop etilgan.

D.M. Maxmudova pedagog-olima sifatida oʻz kasbiy mahorati va ma'naviy dunyoqarashini takomillashtirishga katta e’tibor beradi, mamlakatimiz yoshlarini sogʻlom fikrli, fidoyi va intellektual bilimli qilib tarbiyalashga, fan va ta'limda koʻplab yangiliklar yaratishiga, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz istiqboli uchun fidokorona xizmat qila oladigan vatanparvar, halol, diyonatli va yetuk mutaxassis boʻlib etishishida oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.