MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MATCHANOV ALIMJON DAVLATBOYEVICH

MATCHANOV ALIMJON DAVLATBOYEVICH

Kimyo fanlari doktori, professor

Matchanov Alimjon Davlatboyevich 1972-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1998-yil Toshkent Davlat Universiteti kunduzgi boʻlimi kimyo fakulteti organik kimyo yoʻnalishini  Qizil diplom bilan aʼlo baholarga tamomlagan. Oʻqish davrida 1993-1998-yillarda kimyo fakulteti Yoshlar ittifoqi raisi boʻlib jamoat ishlarida faol qatnashgan.

1998-2001-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti doktoranti boʻlib u Universitetning eng yaxshi doktoranti nominatsiyasida gʻolib boʻlgan va nomzodlik dissertatsiyasini 2003-yilda Bioorganik kimyo instituti huzuridagi Ixtisoslashgan Kengashda “Lagoxilinning fiziologik faol  hosilalari sintezi” mavzusida “02.00.10 – bioorganik kimyo, tabiiy va fiziologik faol moddalar kimyosi” ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan.

Doktorlik dissertatsiya ishini 2017-yilda Bioorganik kimyo instituti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01 raqamli ilmiy kengashda “Синтез производных лабдановых дитерпеноидов, глицирризиновая кислота и разработка эффективных гемостатических лекарственных препаратов” mavzusida 02.00.10 – Bioorganik kimyo ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan.

2015-2017-yillarda Prezident administratsiyasi qoshidagi “Profilaktik toksik-gigiyenik” laboratoriya mudiri lavozimida ishlagan.

Matchanov Alimjon 2019-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti Eksperimental texnologiyalar laboratoriyasi mudiri 2024-yildan Quyimolekulyar biologik faol birikmalar laboratoriyasi mudiri  lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Shu kungacha 450 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Doktorlik dissertatsiyasi himoyasidan keyin 150 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy jurnallarda 70 dan oshiq, 3 ta monografiya nashrdan chiqqan.

Matchanov A.D tomonidan ilmiy faoliyati davrida 8 ta Vaqtinchalik Farmakopeya maqolasi va 4 ta tashkilot farmakopeya maqolasi ishlab chiqilib tasdiqlangan. Glilagin — № DV/M 01556/06/17, Lagovin — № DV/M 01567/06/17, GLAS- № DV/M  — 01555/06/17, Glitsiram — № DV/M – 13/359/4, Glitsiram — № DV/M – 01898/12/17. qayd qilish guvohnomalari olingan.

Lagoxilin asosida uning bir qator astil, benziliden hosilalari sintez qilingan va ularning kimyoviy tuzilishlari fizik-kimyoviy va spektral usullar yordamida tahlil qilingan va ularning biologik faolliklari oʻrganilib “tuzilish — faollik” qonuniyatlari oʻrganilgan Lagoxilin va glitsirrizin kislotasi monoammoniyli tuzi bilan turli xil nisbatlarda suvda eruvchan supramolekulyar kompleks birikmalari olingan va ularning ichida eng faol kompleks birikma aniqlanib unga Glilagin nomi berilgan. Glilagin kuchli qon toʻxtatish faolligiga ega boʻlib uning substansiyasi asosida uning tabletka dori shakli ishlab chiqilgan. Glilagin tabletkalari 0.005g standartlash ishlari olib borilgan va  substansiya uchun VFM 42 Uz-3132-2017, hamda tabletkasi uchun VFM 42 Uz-3405-2018 ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. SSV qarashli 3 ta klinik markazlarda klinik sinovlardan oʻtkazildi va hozirgi kunda ishlab chiqarishga tayyorlangan.

Kichik molekulali polivinilpirrolidon (8000±2000) va diterpenoid lagoxilin asosida 15:1 nisbatda olingan supramolekulyar kompleks birikma oʻzining suvda eruvchanligi, turg‘unligi va qon toʻxtatish faolligi yuqoriligi bilan boshqalaridan farq qilganligi bilan uning toʻliq farmako-toksikologik izlanishlari olib borildi va Lagovin substansiyasi yaratildi. Substansiya uchun VFM va u keyinchalik FM 42 Uz-3120-2017 ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Uning 0.15% vena qon tomiri ichiga qoʻllashga moʻljallangan dori shakli ishlab chiqildi va klinik sinovlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi va ishlab chiqarish uchun tayyorlangan.

Matchanov A.D. tomonidan yalligʻlanishga qarshi shirinmiya ildizi ekstrakti tarkibidan ajratib olingan glitsirrizin kislotasining monoammoniyli tuzini olish texnologiyasi oʻzlashtirildi. Zarur meʼyoriy texnik hujjatlar shakllantirilib tasdiqlandi.

Matchanov A.D boshchiligida ishlab chiqilgan dori vositalarining 8 ta klinik sinovlari oʻtkazilib ularning xulosalari va sinov natijalari asosida 2 ta original va 2 ta generik dori vositalari foydalanishga ruxsat olingan. 2 ta ixtiroga patent (IAP 05978:20.09.2019. Gerpesga qarshi vosita va uning olinish usuli, IAP 06036:08.10.2019, Vodorastvorimiy supramolekulyarniy kompleks 3,15,16,18-tetraatsetil-9,13-epoksilabdana (tetratsetillagoxilina — TRAL) s 3-o-(2-o-β-D-glyukuronopiranozil)-β-D-glyukuronopiranozid-3-β-gidroksi-11-okso-12-yen-18β-N, 20β-olean-30-ovoy (glitsirrizinovoy) кислоты моноаммониевой солью, обладающей гемостатической активностью.) olingan va 3 ta patentga (Заявка на патент FAP 2020 0113 “Новый состав удобрения на основе отходов производства”, Заявка на патент IAP 2020 0318, “Способ выделения флавонона ликвиритина из корней Glycyrrhiza glabra L.”) talabnoma topshirilgan.

Matchanov A.D. rahbarligida 2006-2008 yy. A-10-053 “Kollagen asosida suriluvchi plenka shaklidagi mahalliy taʼsir qiluvchi gemostatik dori vositasini yaratish va ishlab chiqish” amaliy. 2015-2016 yy. FA-I11-TO11 “Освоение технологии производства гемостатика – Глилагина и разработка технических условий получения лагохилина” innovatsion loyihasi, 2016-2017 yy M/UZB-KNR "Исследование структурных особенностей супрамолекулярных комплексов глицирризиновой кислоты и её производных" amaliy loyihasi va PZ-2017092157.  «Yumshoq gemostatik dori shakllarini ishlab chiqish» amaliy loyihalari muvaffaqiyatli yakunlangan.

Matchanov A.D. ilmiy rahbarligida Sobirova Fotima Azamjonovna «Lagoxilin hosilalari sintezi va biologik faolligini oʻrganish» mavzusidagi kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Raimova Kamola Vaxobjonovna (Bioorganik kimyo instituti «Изучение химического состава растений Urtica dioica, Crataegus pontica и разработка биологически активной добавки», 02.00.10-Bioorganik kimyo ixtisosligi boʻyicha).

Artikova Gulzor Narbayevna (Bioorganik kimyo instituti «Изучение химического состава растения вида Elaeagnus angustifolia L. произрастающего в различных регионах Республики и разработка на их основе биологически активной добавки», 02.00.10-bioorganik kimyo ixtisosligi boʻyicha), Matmuratov Baxtishod Yangibayevich “Glitsirrizin kislotasining supramolekulyar komplekslarini olish va ularning shoʻrlangan yerlarda oʻsadigan boshoqli oʻsimliklarning oʻsish va rivojlanishiga tasirini oʻrganish” (Xorazm Maʼmun akademiyasi 02.00.10. Bioorganik kimyo ixtisosligi boʻyicha) Umirov Nurillo Saydullayevichga “Glitsirrizin kislotasi va uning tuzlarining albendazol bilan suvda eruvchan supramolekulyar komplekslari va ularning biologik faolligi” 02.00.10.-“Bioorganik kimyo”  Kosimov Shodibek Islamovichning “Glitsirrizin kislota asosida biostimulyatorlar  va shirinmiya ildizini qayta ishlash sanoat chiqindisi asosida biooʻgʻit olish” 02.00.10-Bioorganik kimyo  ixtisosligi boʻyicha himoya qilgan.

DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar aʼzosi, Bioorganik kimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar aʼzosi, Chirchiq davlat pedagogika  instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.09.2020.K.82.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar aʼzosi.

Uning boshchiligida 20 dan oshiq magistrlik ishlari himoya qilingan.

Matchanov A.D. 10 ta fan doktori (DSc) va 20 dan oshiq falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishlariga rasmiy opponentlik qilgan.

Matchanov A.D. 2018-2021-yillar davomida ilmiy faoliyati bilan birga Oʻzbekiston Milliy Universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.K.01.13 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar aʼzosi, Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Guliston davlat Universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/05.06.2020.V/ 91/03 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar aʼzosi, hamda Innovatsion rivojlanish huzuridagi “Kimyo” yoʻnalishi boʻyicha Ilmiy texnik kengash rais oʻrinbosari (2020-2021 yy) 2022-2023-yillarda “Kimyo, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar” yoʻnalishi boʻyicha Ilmiy texnik kengash rais oʻrinbosari 2023-2024-yillarda rais lavozimlarida ishlab kelgan.

Ilmiy faoliyati bilan bir qatorda, u 2015-yildan buyon yoshlar taʼlim-tarbiyasi bilan ham shugʻullanib kelmoqda va Guliston Davlat universiteti kunduzgi boʻlimida “kimyo kafedrasida” va Oʻzbekiston Milli Universiteti kimyo fakultetida “Fizikaviy tadqiqot usullari” fanidan va 2020-yildan beri Oʻzbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti Organik kimyo kafedrasida “Xromatografik usullar” fanlaridan bakalavriat va magistrantlarga dars berib kelmoqda.

Matchanov A.D. Ukrainaning Kiyev shahri Taras Shevchenko Universitetida va Belorussiya Milliy Fanlar Akademiyasida Bioorganik kimyo institutida hamda Sankt-Peterburg shaharlarida xromatografiya, spektroskopiya va mass-spektrometriya usullari boʻyicha malaka oshirib kelgan.

Matchanov A.D. oʻzining ilmiy va pedagogik faoliyati davomida erishgan yutuqlari bilan respublikamiz ommaviy axborot vositalarida qator chiqishlar qilgan: “Rutan preparatini ishlab chiqarish”  “Oʻzbekiston 24” telekanali (2020-yil, 10-iyul); “Virusga qarshi dori vositalarini ishlab chiqarish” Oʻzbekiston kanali (2020-yil 8-iyul), “Farm sanoat muammo va yechimlari” eshittirishi, Sevimli kanali (2020-yil 10-dekabr).

Matchanov Alimjon Davlatboyevich oʻzining samimiyligi, kamtarligi, mehnatsevarligi, sohasiga sadoqat bilan yondashishi,  yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik orasida, shogirdlari orasida  va ilm fan ahli orasida alohida hurmat qozongan.