MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MAMASALIYEV ASHURMAT HOLTAYEVICH

MAMASALIYEV ASHURMAT HOLTAYEVICH

Monumental-dekorativ rassom, pedagog, O‘zbekiston Respublikasining xalq ta’limi a’lochisi, xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchisi, Mondial Art Academia (Fransiya) akademigi

Mamasaliyev Ashurmat Holtayevich 1959-yil 18-iyulda Qozog‘iston Respublikasi, Turkiston viloyati, Sayram tumanidagi Karamurt qishlog‘ida tug‘ilgan. 1976-yili Kirov nomidagi o‘rta maktabni tamomlagan.

Ma’lumoti: Oliy. 1980-yili O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Toshkent davlat madaniyat o‘quv kollejida dizayner rassomlikni o‘rgangan. 1985-1991-yillari Toshkent teatr va rassomchilik institutida tahsil olgan.

Mehnat faoliyati davomida Sirdaryo viloyatida, Gulistonda va Toshkent shahrida bir qator madaniyat muassasalarida rassom, dekorator, o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan. Bolalar uchun ko‘plab san’at va hunarmandchilik markazlari tashkil etgan.

1999-yildan Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, 2024-yildan Rossiya rassomlar uyushmasi va Xalqaro rassomlar federatsiyasi a’zosi.

1999-yil – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ijodkorlar uyushmasi a’zosi.

2014-yil – Turon Fanlar akademiyasining faxriy akademigi.

2018-yil – “Eng yaxshi yil murabbiysi” mukofoti sohibi.

2023-yil – Tasviriy va amaliy san’at festivali. “Eng yaxshi performans” yo‘nalishi g‘olibi.

Ko‘krak nishonlari:

  • 2016-yil – “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” medali.
  • 2015-yil – Akademik A.N. Turon medali.
  • 2006-yil – O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi.

“Oltin daraxt” va “Oltin beshlik” loyihalari doirasida mening shogirdlarim xalqaro festivalida o‘zbek milliy o‘yinchoqlari bilan Oltin medalga sazovor bo‘lishgan.

Hozirda Xalqaro Art Karvon festivali loyihasi kuratori hamda Aaron bolalar akademiyasida faoliyat olib boradi.

Ko‘plab xalqaro va respublika miqyosidagi ko‘rgazmalar, festival va simpoziumlarda ishtirok etgan. Ustoz sifatida yosh rassomlar va o‘quvchilarga mahorat darslari o‘tib kelmoqda.

Ijodiy faoliyati doirasida yuzlab asarlar, shu jumladan monumental freskalar, keramika, mayda haykaltaroshlik, rangtasvir, grafik va boshqa janrlardagi ishlari mavjud. Uning asarlari Germaniya, Fransiya, Turkiya, Yaponiya, AQSH, Xitoy kabi mamlakatlarda namoyish etilgan va shaxsiy kolleksiyalarga kiritilgan.

2018-yil “Kulol kasbi” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan. San’atshunos olimlar tomonidan uning ijodi haqida albom-kitoblar va maqolalar yozilgan.

Mamasaliyev Ashurmat Holtaevich san’at va ta’lim sohasida munosib hissa qo‘shgan ijodkor sifatida respublika va xalqaro miqyosida keng e’tirof etilgan.

Ko‘rgazmalar ro‘yxati.

1988-yil – A. Navoiy viloyat kutubxonasi binosida shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

1992-yil – “O‘zbekiston mening Vatanim” (Guliston kartinalar galereyasi).

1992-yil – “O‘zbekiston milliy o‘yinchoqlar” ko‘rgazmasi ishtirokchisi (Myunxen, Germaniya).

1993-yil – “Bolalar ovozi — tinchlik elchisi”, 27-sonli bolalar mehribonlik uyida shaxsiy ko‘rgazma.

1994-yil – “Navro‘zi olam”, Guliston sayilgohida shaxsiy ko‘rgazma.

1994-yil – “Guzallikni sevasan”, O‘zbekiston mustaqilligiga bag‘ishlab (Guliston kartinalar galereyasi).

1994-yil – “Talantlar safi” (Respublika san’at va madaniyat xodimlari seminari).

1995-yil – “Assalom Navro‘z Olami”, Guliston kartina galereyasi – shaxsiy ko‘rgazma.

1995-yil – “Galabasining 50-yilligiga”, Guliston kartina galereyasi – shaxsiy ko‘rgazma.

1996-yil – “Assalom Navro‘z Olami”, ko‘rgazma ishtirokchisi, MKZ (Markaziy ko‘rgazmalar zali).

1997-yil – “Assalom Navro‘z Olami”, ko‘rgazma ishtirokchisi, MKZ.

1998-yil – “Hushtaklarni Uykudan Uyg‘ot” (Oltin Meros xayriya jamg‘armasi) – shaxsiy ko‘rgazma.

1998-yil – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramiga ko‘rgazma ishtirokchisi, MKZ.

1999-yil – “Oltin kuz”, A. Navoi viloyat kutubxonasi zali – shaxsiy ko‘rgazma.

1999-yil – “Assalom Navro‘z” ko‘rgazmasi, MKZ ishtirokchisi.

1999-yil – “Tashabbus-98” – shaxsiy ko‘rgazma.

2000-yil – “Eng Aziz – Eng Ulug‘”, MKZ ishtirokchisi.

2001-yil – Mustaqillik bayrami ko‘rgazmasi, MKZ ishtirokchisi.

2002-yil – “Navro‘z”, Markaziy ko‘rgazmalar zali ishtirokchisi.

2006-yil – “AZERI” xalqaro madaniy-ma’rifiy, ekologiya va ma’rifiy markazi – badiiy ko‘rgazmalarda ishtirok.

2014-yil – ECO-2014 (Butun jahon atrof-muhit kuni).

2015-yil – ECO-2015 (Butun jahon atrof-muhit kuni).

2016-yil – Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali.

2017-yil – Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali.

2018-yil – Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali.

2019-yil – Turkiston shahrida Hunarmandlar festivali (badiiy kulolchilik) – shaxsiy ko‘rgazma.

2022-yil – NBU galereyasi: “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”.

2022-yil – “Oltin Kuz”, Kimyogarlar madaniyat saroyi – shaxsiy ko‘rgazma.

2023-yil – “Qish motivlari”, Kimyogarlar madaniyat saroyi.

2023-yil – Tasviriy va amaliy san’at festivali (mahorat darsi).

2023-yil – Fransiya, MONDIAL ART – “Xalqaro keramika ko‘rgazma”.

2023-yil – Toshkent, Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali (mahorat darsi).

2024-yil – Toshkent, Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali (mahorat darsi va ko‘rgazma).

2024-yil – Taraz (Qozog‘iston), III-Xalqaro hunarmandlar festivali (mahorat darsi va ko‘rgazma).

2024-yil – Fransiya, MONDIAL ART Akademiya akademigi – “Xalqaro rangtasvir va keramika ko‘rgazmasi”.

2024-yil – Rossiya, Moskva – “Art Dialog, Rossiya-O‘zbekiston” ko‘rgazma.

2024-yil – Rossiya, Koluga – “Art-karvon. Rossiya-O‘zbekiston” ko‘rgazma.

2025-yil – Fransiya, MONDIAL ART – “Xalqaro grafika va keramika ko‘rgazma”.

Loyihalar va asarlar muallifi.

3 ilmiy ish, 300+ rangtasvir va grafika eskizlari, 150 eskiz, 457 kulolchilik kompozitsiyalar.

120+ milliy folklor va estetik janrdagi asarlar: freskalar, rospislar, haykaltaroshlik, rangtasvir – “A. Navoiy shoh nomasi”, “Maskarabozlar rospis”; mashhur asarlar: “Aral”, “Qizil baliq nolasi”, “Hayot karvoni”, “…commentary truncated due to length…”

Pedagogik faoliyat va ijtimoiy loyihalar.

Rassomlik va kulolchilik bo‘yicha yoshlar va nogiron bolalarga ustozlik—“Buxoro ipak yo‘li” studiyasi, “Art Yangi Yo‘l” guruhi.

Xalqaro va mahalliy master-klasslar (Toshkent, Chimkent, Taraz, Moskva, Taraz, Olma-ota, Kaluga (Borovsk).

“Kulol kasbi” – 10-11 sinf o‘quvchilari uchun metodik kitob (2018; O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta’limi markazi).

“A-Diyor” bolalar studiyasi va ko‘rgazma zali (Guliston), “Rassomlik bo‘limi” (Guliston bolalar musiqa maktabi), Toshkent shahrida “Art-studiya Max universal” rassomchilik va mayda plastika studiyasi.

Nashrlar va audiovisual chiqishlar.

Albom-kitoblar: “Yorqin ranglar”, “Izlanishdan to‘lmagan rassom” (2006), “O‘zbekiston amaliy san’ati” (2022).

Gazeta-jurnallarda maqolalar (1984–2021): “Sirdaryo haqqoniyati”, “Toshkent oqshomi”, “Учитель Узбекистана”, "O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati" gazetasi va boshqalar.

TV va radio: “Assalom O‘zbekiston”, “Madaniyat-ma’rifat”, “Toshkent vaqti”, “Sevimli” telekanali, “Россия-Култура” telekanali,  “ТВ Калуга” da ijodi yoritilgan.

Radio dasturlar: “Mahalla”, “Рубрика призвания”, “Mash’al” – ijodiy namoyishlar.

Faxriy yorliqlar, sertifikatlar va diplomlar.

Faxriy yorliqlar: 1988 (san’at targ‘iboti), 1996 (samarali mehnat), 2015 (Biennale Bolalar Rasmlari), 2001 (Toshkent shahriga xizmat), 2021 (“Uch avlod uchrashuvi”), “На родине Иллариона Прянишникова” Borovsk II xalqaro pleneri  va boshqalar.

Sertifikatlar: Biennale (2015), XXI-asr “Yer fuqarosi” (2016), Toshkent Biennale (2017), xalqaro festival diplomlari (2019–2024).

Diplomlar: 2025-yilda “Art Caravan Agro” I xalqaro plener-festivalida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Toshkent davlat agrar universiteti diplom bilan taqdirlangan. Ishtiroki uchun “Боровск Купеческий” II xalqaro pleneri diplom egasi.

Tashakkurnoma: Rossiya Federatsiyasi, Kaluga oblasti, Borovsk shahri ma’muriyati tomonidan 2025-yilning 11-20-iyul kunlari tashkil qilingan “Боровск Купеческий” II xalqaro plenerida faolligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

Keng ko‘lamli taqdirnomalar va diplomlar: ekologiya, mahalla faolligi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, xalqaro ko‘rgazmalarda taqdirlangan (2014–2024).

2023-yil “ArtYangiYol”, 2024-yildan  “Art Caravan Agro” hamda “Oltin kuz” xalqaro festival-pleneri kuratori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.