MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

MALIKOV ZAFAR MAMATQULOVICH

MALIKOV ZAFAR MAMATQULOVICH

Texnika fanlari doktori, professor

Malikov Zafar Mamatqulovich aerogidrodinamika sohasining tadqiqotchisi, texnika fanlari doktori, professor.

U 1962-yili Toshkent shahrida tavallud topdi. 1969-yilda №51 maktabga kirib, 1979-yili oltin medalga bitirgan. Malikov Zafar Mamatqulovich maktabda aniq fanlarga – fizika va matematika fanlariga ixlos qoʻygan. Bu fanlarga qiziqishni uning dadalari sababchi boʻlganlar. Chunki ular oʻzlari ham ilm-fan insonlari, fizika-matematika fanlari nomzodlari edilar.

Maktabni tugatgach Malikov Zafar Mamatqulovich Toshkent davlat universitetining fizika fakultetiga oʻqishga kiradi va 1979-yildan 1980-yilgacha ushbu fakultetda tahsil oladi. 1980-yilda esa u Moskvaning fizika-texnika institutining aerodinamika fakultetiga oʻqishga kiradi va uni 1987-yili muvaffaqiyatli bitiradi. 1987-yildan 1991-yilgacha u Moskva viloyati Жуковский shahrida joylashgan Markaziy aerogidrodinamika institutiga (ЦАГИ) injener sifatida ishga qabul qilinadi.

1989-yili Malikov Zafar Mamatqulovich Moskva fizika-texnika institutiga aspiranturaga kiradi. 1991-yili sobiq Sovet davlati tugatilgandan soʻng u Oʻzbekistonga qaytadi va Oʻzbekiston fanlar akademiyasining M.T.Oʻrazboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutiga ilmiy xodim sifatida ishga qabul qilinadi. Malikov Zafar Mamatqulovich 1994-yili Moskvada “Термодинамика и оптика полидисперсной сверхзвуковой струи” mavzusi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyani muvaffaqiyatli yoqlashga erishdi. U 1994-yildan boshlab 2018-yilga kadar katta ilmiy xodim sifatida faoliyat olib bordi. Shu yillar ichida Malikov Z.M. qator samarasi yuqori boʻlgan havo chang tutgichlar va separatorlarni ishlab chiqishga erishgan. Ushbu ishlanmalar patentlangan boʻlib respublikaning bir necha sanoat sohalariga tatbiq qilingan. Masalan u rahbarligida ishlab chiqilgan chang tutgichlar Olmaliq TMK ning ohak zavodiga joriy qilingan.

Intensiv chang sharoitida ishlaydigan katta yuk tashuvchi mashinalar uchun havo tozalagichlari Olmaliq TMK va Navoiy TMKlariga joriy qilinganlar.

Teplovozlar uchun ishlab chiqilgan havo tozalagichlari esa Navoiy TMKning teplovozlariga joriy qilingan va katta samara bergan.

Malikov Z.M. 2016-yili “Samarasi yuqori boʻlgan markazdan qochma chang tutgichlarni ishlab chiqish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan. 2016-yili Oʻzbekiston fanlar akademiyasining M.T.Oʻrazboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida “Suyuklik, gaz va gidrouzatmalar tizimlari mexanikasi” laboratoriyasi tashkil etilgan va ushbu laboratoriyaga Malikov Z.M. mudir sifatida hozirgi kungacha ishlab kelmoqda.

Yuk tashuvchi mashinalarga joriy qilingan havo tazalagichi Malikov Z.M. 2020-yili turbulentlikning ikki suyuqlik matematik modeliga asos solgan. Hozirgi kunda ushbu model jahon boʻyicha tan olingan boʻlib, uning natijalari qator nufuzli jurnallarda chop etilgan.