Kurbanova Feruza Komiljanovna 1987-yil 22-mayda Xorazm viloyati Gurlan tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
1994-2005-yillarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 1-o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan.
2006-2010-yillarda Urganch davlat universitetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinib, bakalavriat “Xorijiy filologiya (ingliz tili)” yo‘nalishini tugatgan.
Bir necha yillik maktab ta’limi sohasidagi ish tajribalaridan keyin 2019-yilda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutiga magistratura Ingliz tili yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilinib 2020-yildan boshlab institutda ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
2021-yilda magistraturani tugatib ilmiy izlanishda davom etadi va 2022-yil oxirida Tayanch doktoranturaga imtihonlardan o‘tib 2023-yildan boshlab tayanch doktorant sifatida ilmiy izlanishlarni ya’na davom etadi.
Kasbiy faoliyati davomida 30dan ortiq maqola va tezislar muallifi bo‘ladi. Bundan tashqari xorijiy til yo‘nalishi talabalari uchun ilmiy rahbari p.f.d., professor Sh.I.Botirova bilan birgalikda “Xorijiy tillarni ta’limiy o‘yinlar yordamida o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma ham nashr ettirgan.
Oilali, 3 nafar farzandi bor. Turmush o‘rtog’i harbiy soha xodimi bo‘lganligi sabab bir necha hududlarda 2010-2018-yillar davomida maktab ta’limida ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Yillar davomida ingliz tili sohasida bir necha sertifikatlar sohibasi bo‘lgan. Xalqaro turdagi Aptis for teachers hamda milliy sertifikatlarga bir necha bor erishgan.
Doktoranturada o‘qish davomida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (ingliz tili) bo‘yicha ilmiy tadqiqot mavzusi doirasida izlanishlar olib bormoqda va bir qancha xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjuman va konferensiyalarda ma’ruzalar bilan faol qatnashib kelmoqda. Hozirgi kunda Indoneziyaning top 1000talik ro‘yhatidagi Pendidikan universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma tadqiqot olib bormoqda.
Xalqaro va respublika OAK ro‘yhatiga kiruvchi qator ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalari nashr qilingan. Jumladan, Mental Enlightenment, O‘ZMU xabarlari, Ta’lim, fan va innovatsiya, Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar kabi jurnallar shular qatoridandir.
“Xorijiy tilni o‘qitish sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi izlanishlari natijalari turli ilmiy nashrlarda yoritib borilmoqda. Tadqiqot yuzasidan qilingan ishlar doirasi ilmiy doiralarga taqdim etilmoqda va samaradorligi aniqlanmoqda.
ChDPU va Indoneziyalaik talabalarning Turizm sohasi va ingliz tilini integratsiyalagan holda ta’lim jarayonlaridagi o‘zlashtirish darajasi va ulardagi qiziqish hamda yutuqli, kamchilik jihatlarini tadqiq qilib o‘rganilmoqda.
Bundan tashqari “Science and innovation” jurnalida 2025-yil boshidan faoliyat yurita boshlagan va jurnal ishlarida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.