MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

KADIROV ABDUMALIK MATKARIMOVICH

KADIROV ABDUMALIK MATKARIMOVICH

Farg‘ona davlat texnika universiteti Menejment va marketing kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent

Kadirov Abdumalik Matkarimovich Farg‘ona davlat texnika universiteti, Menejment va marketing kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021-yil 24-apreldagi 05-3-1432-son topshiriq xati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2021-yil 4-iyundagi № 251-sonli buyruqlari asosida 15-maydan boshlab 23-oktabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov masallari bo‘yicha Respublika monitoring guruhi a’zosi sifatida Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlaridagi saylov uchastkalarini jihozlanishiga amaliy ko‘mak berish, uchastka saylov komissiyalari raisi va a’zolariga hamda hududiy trenerlarga metodik ko‘mak berish maqsadida respublika monitoring guruhi a’zosi sifatida keyslar asosida dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish yuzasidan master-klasslar tashkil etdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 634/1, 909/1-sonli topshiriq xatlari asosida Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlaridagi saylov uchastkalariga tashrif buyurdi. USK lardagi o‘qish jarayonlarida o‘tkazilgan monitoring natijalari to‘g‘risida muntazam hisobot berib bordi. Viloyat miqyosida 2021-yil saylov kompaniyasi davrida “Saylov qonunchiligi va saylovda zamonaviy axborot texnologiyalari qo‘llash” mavzusida seminar treninglarda samarali faoliyati uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Bundan tashqari Farg‘ona viloyatining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada yaxshilash bo‘yicha viloyat ishchi guruhi a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda. O‘zining samarali mehnati, fidoyiligi, viloyat va filial jamoat ishlarida faolligi, mamlakatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-ta’lim, madaniy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda, «Yangi O‘zbekiston»ning yaratilishida alohida fidoyiligi uchun «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020-yil 16 iyuldagi “Fan yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik kengash tarkibiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi” №133 sonli buyrug‘i asosida “Iqtisod va huquq fanlari” bo‘yicha bugunga qadar Ilmiy-texnik Kengash a’zosi sifatida, Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi Ilmiy kengash hamda Andijon davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.

2011-2023-yillar davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti, kafedra mudiri, Kompyuter injiniringi fakulteti dekani hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Bakalavr shaklining kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlari uchun “Zamonaviy iqtisodiyot” fani bo‘yicha seminar mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatma tayyorlagan. Ushbu uslubiy ko‘rsatma oliy ta’lim muassasalari talabalari biznesning mazmun-mohiyatini, kichik korxonalarning tashkiliy tuzilmalarini, korxonalarni qanday tashkil qilish yo‘llarini, marketing tadqiqotlarini, biznes korxonalarining ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini, biznes reja tayyorlashni, ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini samarali tashkil etish va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, iqtisodiyot, moliya va soliq sohasida, tadbirkorlik faoliyati va uni samarali tashkil etish haqida talabalarda har tomonlama keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘zining mustaqil biznesini samarali tashkil etish uchun yetarli bilimlarga ega bo‘lgan mamlakat iqtisodiyoti sohasida yetuk, yuqori sifatli va malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat.

A.Kadirov 2022-yil dekabr oyida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida, 2023-2024-yil noyabr oyida Muxtar Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida “Raqamli iqtisodiyot”, “Moliyaviy menejment” fanlaridan ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borgan.

2025-yil may-iyun oylarida Qozog‘istonning Akademik Ye.A Buketov nomidagi Karaganda universitetida Integration of Artificial Intelligence into Economics and Management: A Research Approach to Modern Challenges mavzusi bo‘yicha ilmiy stajiovka hamda “Tadbirkorlik risklari va ularni boshqarish” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borgan.

“Yangi O‘zbekiston yangicha dunyoqarash” shiori ostida Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlaridagi MFYlarida aholi va yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

“Bir mahallaga bir ziyoli – ma’naviy homiy” shiori ostida Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 71 ta MFY, Yozyovon tumanida 33 ta hamda Farg‘ona shahridagi 10 ta MFYlariga biriktirilgan bo‘lib, doimiy ravishda mahallada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borgan, uyushmagan yoshlar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha o‘yinlar hamda “Zakovat” intlelektual o‘yinlarini tashkil etgan. Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish maqsadida Farg‘ona shahridagi 19-maktab, Marg‘ilon shahridagi 12-maktab, Qo‘shtepa tumanidagi 27-maktab, Farg‘ona tumanidagi 23-maktablarda o‘quvchi va o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi va o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tashviqot ishlari olib borilgan. Shu bilan birga universitetda iqtidorli talabalar bilan yaqindan ishlash va ularning bajargan amaliy ishlarini taqdirlash maqsadida iqtidorli talabalar va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy faoliyatga yo‘naltirish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish bo‘yicha doimiy hamkorlik ishlarni olib bormoqda.

Ilmiy tadqiqot faoliyati bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini, iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.U.Burxanov rahbarligida “Sanoat korxonalarining iqtisodiy barqarorligi ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida 2019-yilda, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini 2023-yilda muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy tadqiqot faoliyati davomida 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan № 20190101A-011 raqamli “Sug‘urta faoliyatini moliyaviy institut sifatida shakllantirish asosida aholi turmush darajasining o‘sishini ta’minlash” mavzusidagi 624 million so‘mlik loyiha ishtirokchisi sifatida, 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan № 20160817122231 raqamli “Tibbiy ta’lim pedagoglari uchun “Tibbiyot pedagogikasi” elektron metodik portalini yaratish” nomli amaliy loyihada dasturchi sifatida ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, “Central Asian Journal Of Social Sciences And History”, “Aktual moliya va buxgalteriya hisobi” ilmiy jurnali tahrir hay’ati a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha “O‘zbekiston-Belarus” xalqaro qo‘shma hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorda belgilangan talablarga muvofiq 99-tur bo‘yicha e’lon qilingan AL-9925025358 raqamli “Smart Industry 4.0: Avtomatlashtirish va raqamlashtirish asosida ishlab chiqarishda inqilobiy o‘zgarishlar” mavzusidagi loyiha bo‘yicha Beloruss davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

2023-2025-yillar davomida O‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyati doirasida 58 dan ortiq ilmiy ishlar. Shundan 6 tasi Web of Science yoki Scopus ma’lumotlar bazasida indekslangan ilmiy maqolalar, Oliy Attestatsiya komissiyasi jurnallarida 17 ta, 3 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma nashr qilingan hamda 29 ta xalqaro va mahalliy konferensiyalarda maqolalar nashr etilgan, 7 ta dasturiy mahsulotlar uchun guvohnomalar olingan. Jumladan, Texnik yo‘nalishdagi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish uchun “Moliyaviy savodxonlik PORTALI” (DGU 26184), Iqtisodiy xafvsizlik elektron darsligi (DGU 26741), “Tadqiqot usullari va ko‘nikmalari elektron platformasi” (DGU 28247), Tijorat banklarida moliyaviy risklarni aniqlash (DGU 36522), “Biznes usullari va ko‘nikmalarini shakllantirish” elektron platformasi (DGU 37661), Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetensiyalar elektron platformasi (DGU 42366), Sanoat korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash elektron dasturlari uchun (DGU 48314) guvohnomalar olingan.

Ishlab chiqarish sanoati korxonalarining boshqaruv, nazorat, savdo, monitoring, kontrolling hamda korxonalarning barcha tarmoqlaridagi ma’lumotlarni tezkor olish, tahlil qilish hamda prognozlashtirish maqsadida sanoat korxonalari iqtisodiy barqarorligini kompleks baholash uslubiyoti, sanoat korxonalari iqtisodiy barqarorligini ta’minlash mexanizmi tarkibiga tez o‘zgaruvchan muhitda “moliyaviy zaxirani shakllantirish” bo‘limini kiritish va uni xarajatlarni minimallashtirish bo‘yicha moliyaviy zaxirani sof daromaddan 10 foizgacha chegarada belgilash asosida takomillashtirilgan mexanizmlari va “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar iqtisodiy barqarorligining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ARIMA modeli asosida ishlab chiqilgan, kimyo sanoati korxonalari ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga kompleks yondashuv asosida kontrolling tizimini joriy yetishda tezkorlik va mobillik funksiyalarining amaliy ta’sirini kuchaytirish orqali iqtisodiy barqarorligini ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqilgan hamda “O‘zkimyosanoat” AJning 2023-yil 9-martdagi 22-2684-son ma’lumotnomasi olingan. 2019-yilda “Andijonneft” AJga tadqiqot ishi davomida neft-gaz sanoati korxonasi faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy, ishlab chiqarish, texnologik, marketing va tashkiliy mezonlarning o‘zaro tizimli ta’sirini xisobga olgan holda iqtisodiy barqarorlik darajasini baholash usuli takomillashtirilgan, inflyatsiya, bozor kon’yunkturasi beqarorligi va noaniqlik muhiti sharoitida neft-gaz sanoati korxonasining axborot-analitik qarorlar mutanosibligini ta’minlash asosida kontrolling tizimi ishlab chiqilgan, neft-gaz sanoat korxonasi mashina va mexanizmlarning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi va ularda olinayotgan maxsulot sifatini sarflanayotgan yoqilg‘i hajmiga bog‘lash asosida ishlab chiqarish xarajatlarining tannarxini kamaytirish asoslangan. Barcha ilmiy tadqiqotlar «Andijonneft» AJga joriy qilinib, jamiyatning 2019-yil 2-fevraldagi 1-02-112-son ma’lumotnomasi olingan.

A.Kadirov mamlakatimizda jamiyatning faol qatlami sifatida e’tirof etilib kelinayotgan va olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ularni mamlakat manfaatlari yo‘lida erkin ijtimoiylashuvi va o‘zini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish borasida davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlantirish, raqobatbardoshligini ta’minlash, milliy xavfsizligini mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi siyosatning dasturiy, tashkiliy, siyosiy va iqtisodiy mexanizmlariga tayangan holda talaba-yoshlarni ilmli, mas’uliyatli va fidoyi qilib tarbiyalash hamda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.