MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

JURAYEV JAVLON  MIRZATILLAYEVICH

JURAYEV JAVLON MIRZATILLAYEVICH

Toshkent davlat agrar universiteti Oʻrmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi dotsenti

Jurayev Javlon Mirzatillayevich 1981- yil 20-sentabrda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida ishchi oilasida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

1988-1998-yillarda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani 43-oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan.

1998-2002-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Oʻrmonchilik ishi yoʻnalishi boʻyicha bakalavr boʻlgan.

2002-2004-yillarda Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligida agranom lavozimida ishlagan.

2004-2006-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish va landshaftli qurilish ixtisosligi boʻyicha Magistr boʻlgan.

2007-2010-yillarda Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi asperanti boʻlgan.

2010-2018-yillarda Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligida bir qancha lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2018-yilda olib borayotgan ilmiy ishlarini nihoyasiga yetkazib PhD ilmiy darajasiga ega boʻlgan.

2018-2021-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Oʻrmonchilik kafedrasi dotsent v.v.b boʻlib ish faoliyatini davom ettirgan.

2021-yildan shu kunga qadar Oʻrmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

2020-2022-yillarda “Asal beruvchi daraxt, buta turlari va ularning plantasiyalarini barpo etish texnologiyasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha rahbari boʻlgan. 2022-yilda loyiha yakuni boʻyicha bitta Monografiya va bitta tavsiyanoma chop etgan.

2021-yilda 2 ta oʻquv qoʻllanma tayyorlab Oliy va oʻrta maxsus taʼlim guvohnomasini olgan va chop ettirgan.

2022-yilda OAK tomonidan dotsent ilmiy unvonini olgan.

2022-yilda Oʻrmondan qoʻshimcha foydalanish fanidan darslik tayyorlab guvohnoma olgan va chop ettirgan.

2023-yilda Lalmikor yerlarda oʻrmon barpo etish fanidan oʻquv qoʻllanma uchun guvohnoma olib chop ettirgan. Shu yili “Asal beruvchi oq akatsiya koʻchatlarini yetishtirish texnologiyasi” nomli Monografiya uchun universitet ilmiy kengashi ruxsatnomasi olingan va chop ettirilgan.

2024-yili “Shumtol (Fraxinus) va Sovun daraxti (Koelreuteria paniculata) koʻchatlarini yetishtirish texnologiyasi” nomli Monografiyasi universitet ilmiy kengashi ruxsatnomasi olingan va chop ettirilgan.

2018-yildan shu kunga qadar 8 nafar magistr tayyorlagan.

Toshkent davlat agrar universitetida bitta tayanch doktarant, uchta mustaqil tadqiqotchilarga va shu bilan birga Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetidan bitta tayanch doktorantiga ham ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.