Jamolova Gulsunoy Jamol qizi 1979-yil 9-mayda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tavallud topgan. 1986-1994-yillari – 50-umumta`lim maktabi, 1994-1998-yillari – Angren Pedagogika bilim yurti, 1998-2003 yillari Toshkent Davlat Pedagogika Institutining “Boshlang‘ich ta’lim va odobnoma” fakultetida tahsil olgan. 2024-yildan Angren Universiteti Ta’lim nazariyasi yo‘nalishi magistranti.
1998-2000-yillari Ohangaron tumani 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, 2000-2002-2005-yillari Ohangaron tumani Bolalar va o‘smirlar ijodiyot markazi to‘garak rahbari, 2006-2008-yillari Olmaliq shahar 18-umumta’lim maktabi milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fani o‘qituvchisi, 2008-2016-yillari Angren shahar Pedagogika va kasb –hunar kolleji o‘qituvchisi, 2016-2018-yillar Angren shahar 34-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida ish faoliyatini olib borgan. Hozirda Angren shahar 34-Ayrim fanlar chuqur o‘rgatiluvchi maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
2023-yilda “Yoshlik navolari” nomli ilk badiiy mualliflik kitobi nashrdan chiqqan.
2024-yilda “Izhor” nomli mualliflik kitobi chop etildi.
2024-yilda “Tafakkur gulshani”, “Armug‘on” nomli adiblar jamlanma badiiy kitobi nashrdan chiqqan.
Ko‘p yillar mobaynida gazeta va jurnallarda maqolalari chop etilgan. Ilmiy maqolalari jahon jurnallarida nashr etilgan
Jamolova Gulsunoy har yili yil yakunida fidokorona mehnatlari tufayli Angren hokimligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.
Bir qator tanlovlarda ishtirok etib, tashakkurnomalar va faxriy yorliqlar sohibasi. Xususan “Yil ayoli-2023“ tanlovi ishtirokchisi.
Mahallalarda tashkil etilgan “Muqaddas ayol” tanlovining faol ishtirokchisi.joylarda tashkil etiladigan tadbirlarda muntazam ishtirok etib, yutuqlarni qo‘lga kiritgan.
Jamolova Gulsunoy ijodkorligi bilan Angren shahrining faxri hisoblanadi. Angrenda tashkil etilgan tadbirlarda adiblar va ijodkorlar bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ijodkor ayol sifatida ham ishtirok etib kelmoqda.
Angren shahar Madaniyat markazida, Toshkent shahri markaziy kutubxonasida tashkil etilgan kitob taqdimotlari va kitobxonlik uchrashuvlari o‘tkazgan.
Mualliflik kitoblari taqdimotida markaziy kutubxonaga 100 dan ziyod kitoblarini hadya qilgan.
Jamolova Gulsunoy – “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, “Shuhrat” medali sohibasi, 28 yildan ziyod vaqt maktab rahbari lavozimida faoliyat yuritib, ko‘pgina yutuqlarga erishgan Anorboyeva Bibixon aya, 10 yildan ziyod sanatsiyaga uchragan sovxozni rivojlantirib, ravnaq topishiga hissa qo‘shgan Qo‘chqorov Jamol otalarning farzandlaridir.
2024-yilda “Vafo va sadoqati uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Hozirda “Maktabgacha va maktab ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoniga ta’sis etilgan.
Jamolova Gulsunoy jamiyatda ko‘pgina yutuqlarga erishib, el orasida hurmatga sazovor bo‘ldi.
Izlanuvchan va ilmga chanqoq Jamolova Gulsunoy- Angren Universiteti magistranti bir qancha ilmiy maqolalari jahon jurnallarida chop etilib, ko‘pgina sertifikatlar sohibasiga aylangan. Hozirda o‘quvchilarni qanday qilib kitobxonlikka qiziqtirish, folklor adabiyotini qanday qilib o‘quvchilarga singdirish, xalq folklor adabiyotining o‘lmas qirralarini avlodlar qalbida mangu davom ettirish niyatida ilmiy ish olib bormoqda.
Jamolova Gulsunoy- sevimli rafiqa, ikki nafar farzandning mehribon onasi, bir nafar nabiraning buvisi.