Isxakova Mavlyuda Raxmanovna 1960-yil 7-iyulda Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyati Sayram tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
1979-1982-yy. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
1982-1986-yy. Toshkent pedagogika bilim yurtida tarbiyachi, oʻqituvchi, yoshlar tashkiloti sardori sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.
1986-1992-yy. Chilonzor tumani yoshlar qoʻmitasida oʻquvchi va talaba yoshlar boʻlimi boshligʻi; 1992-1999-yy. A.P.Chexov nomli 103-gimnaziyada oʻqituvchi, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari;
1999-2000-yy. Chilonzor tumani xalq taʼlimi boʻlimida maktab nazoratchisi bo‘lib ishlagan.
2000-2008-yy. “Til va adabiyot taʼlimi” jurnalida bosh muxarrir muovini, Respublika taʼlim markazida xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi, “Baxtli bolalar” maʼnaviy-maʼrifiy bolalar ijodiyoti markazida bosh direktor lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2008-2017-yy. Abdulla Avloniy nomidagi va Toshkent shahar xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarida katta oʻqituvchi bo‘lib ishlagan.
2017-2019-yy.-O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida bosh mutaxassis bo‘lib faoliyat yuritgan.
2019-yildan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsenti lavozimida mehnat qilib kelmoqda.
U O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi hamda tizimga oid innovatsion metodik adabiyotlar muallifi.
Isxakova Mavlyuda Raxmanovna 2022-yil “Аndrаgоgik va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yоʻnаltirilgаn yоndаshuvlаr аsоsidа mаktаbgаchа tаʼlim tаshkilоtlаri реdаgоglаrining mаlаkаsini оshirish jаrаyоnini tаkоmillаshtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil bo‘lib, nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda, Xalqaro va Respublika ilmiy jurnal va konferensiya to‘plamlarida 80 dan ziyod ilmiy maqolalari, uslubiy qo‘llanma, o‘quv qo`llanma, monografiya, o‘quv-uslubiy majmualari nashr etilgan.
M.R. Isxakova Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarning yalpi yig`ilishida taqdimot-ma`ruza bilan ishtirok etgan, sho‘ba yig‘ilishlarini olib borgan.
M.R. Isxakova tomonidan yaratilgan o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bitiruv malakaviy ishlar, PhD hamda DSc dissertatsiyalarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. U ko‘plab shogirdlarning ustozi, magistr, mustaqil izlanuvchi va doktorantlarga ilmiy rahbar, shuningdek, yosh olimlarga ilmiy maslahatchidir.
M.R. Isxakova o‘z pedagogik faoliyati davomida maktabgacha ta’lim tizimini yangilanishi, sohada faoliyat yuritayotgan amaliyotchi pedagoglarni kasbiy rivojlantirishda faol ishtiroki hamda bir qator tanlovlarda erishgan katta muvaffaqiyatlari uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tashakkurnomasi, sertifikati, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
“Scientific Academy” ilm ma’rifat markazining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro tanlovi g‘olibasi bo‘lib “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
M.R. Isxakova ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyat bilan bir qatorda andragog sifatida ham faol ish yuritib, “DVV International”ning O‘zbekistondagi filiali, Janubiy Koreyaning KOICA va BMTning bolalar jamg‘armasi UNICEFning ta‘lim masalalari bo‘yicha eksperti, kouch sifatida faoliyat olib bormoqda.
M.R. Isxakova institut, vazirlik va yuqori tashkilotlar tomonidan yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat va javobgarlikni his qilgan holda yondashishi, ularni tashabbuskorlik va ijodiy yondashuv asosida bajarishi bois institutning ilmiy seminari a’zosi, Xalqaro va respublika ilmiy-amaliy jurnallarining tahririyat a’zosi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida Ilmiy-metodik kengash a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.
M.R. Isxakova O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan har yili tashkil etiladigan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi respublika bosqichining hakamlar hay’ati a’zosi sifatida qatnashib keladi.
M.R. Isxakova xalqaro loyihalarda muntazam ishtirok etib keladi. 2023-2024-yillarda Xalq universitetlari assotsiatsiyasi (DVV international)ning O‘zbekistondagi filiali va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekistonda kattalar uchun ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonini qo‘llab-quvvatlash” nomli loyihasida trener, o‘quv dasturlarini yaratuvchi va tadbirlar fasilitatori, DVVning O‘zbekistondagi filiali tashabbusi bilan O‘zbekistonda kattalar ta’limi va o‘qishi bo‘yicha Milliy dasturni tayyorlashda ishtirok etgan.
M.R. Isxakova O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Islom taraqqiyot banki va BMT bolalar jamg’armasi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikdagi “O’zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasining milliy eksperti sifatida loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarib kelmoqda.
Bugungi kunda M.R.Isxakova ta’limda menejment yo‘nalishida fan doktori (DSc) boyicha pedagogik, va ilmiy-tadqiqot jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda.