Teshaboyeva Nodira Djurayevna 1953-yil 14-iyunda Fargʻona viloyati Margʻilon shaxrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1969-yilda Fargʻona politexnika institutiga oʻqishga kirib, 1974-yilda oʻqishni muvafaqqiyatli tugatgan, shu yili Fargʻona politexnika institutiga ishga qabul qilingan.
Teshaboeva Nodira Djuraevna 1959-yilda Margʻilon shahridagi 8-oʻrta maktabga kirib, 1969-yilda maktabni 10 sinfini tugatgan va shu yili Fargʻona politexnika instituti Qurilish fakultetiga oʻqishga qabul qilingan.Oʻqishni 1974-yilda bitirib, institutda mehnat faoliyatimni boshladim.
Mehnat faoliyatini 1974-1998-yillarda Fargʻona politexnika instituti gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar kafedrasi assistenti boʻlib ish boshlagan.
1998-2004-yillarda - Fargʻona politexnika instituti gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar kafedrasi katta oʻqituvchisi boʻlib faoliyat olib borgan.
2004-2005-yillarda - Fargʻona politexnika instituti qurilish muhandislik fanlari zamin va poydevorlar kafedrasi katta oʻqituvchisi boʻlib ishladi.
2000-2007yy.- Fargʻona politexnika instituti Qurilish fakulteti ma’naviy ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan muovini vazifasida faoliyat olib borgan.
2005-2011-yillarda - Fargʻona politexnika instituti yer tuzish va yer kadastri kafedrasi katta oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.
2011-2018yillarda - Fargʻona politexnika bino va inshootlar qurilishi, geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi katta oʻqituvchisi boʻlib ishladi.
2018-2021-yillarda Fargʻona politexnika institutining bino va inshootlar qurilishi kafedrasi katta oʻqituvchisi boʻlib ishlab kelmoqda. Fakultet xotin- qizlar kengashi raisi vazifasida ham faoliyat olib boraman.
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi sanoat KHK- qurilish ixtisosligi talabalari uchun “Beton ishlari texnologiyalari” nomli darslik tayyorlab, 2019-yili chop etilgan. Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar fanidan oliy maktab talablari darajasida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʻllab, ma’ruzalar va tajriba mashgʻulotlarini olib bormoqda. Mashgʻulotlarda turli interfaol metodlardan keng foydalanib, dars mashgʻulotlarini olib boradi.
Kasbiy ta’lim rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. “Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar” fanidan 5340300 SHQX yoʻnalish talabalari uchun darslik tayyorlanib, Muvofiqlashtiruvchi kengashga topshirilgan va 2019-yilda nashriyotda chop etilgan.
Talabalar va keng jamoatchilikning ma’naviy- ahloqiy dunyoqarashni oʻstirish maqsadida “Ezgulik sari” nomli toʻplamni kitob shaklida tayyorlanib, 2019yilda chop etildi. 5610100 XS yoʻnalishiga amaliy mashgʻulot uchun “Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar” fanidan oʻquv qoʻllanma tayyorlab, muvofiqlashtiruvchi kengashga tavsiya etildi va 2020-yilda nashr etildi. “Повышение качества гидротехнического бетона с импользованием различных поверхностно- активных гидрофобных химических добавок” nomli Monografiyani nashrga tayyorlab, 2020yilda chop etildi. Fan boʻyicha yangi laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish kabi masalalariga koʻra talabalarni UzGASHK LITI (Qurilishda muxandislik qidiruvlari Geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy – tekshirish Davlat instituti Fargʻona filiali) Fargʻona politexnika instituti oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan maxsus tashkil etilgan laboratoriya xonasida laboratoriya ishlarini bajarish uchun talabalar qatnashmoqdalar. Bu borada UzGASHK LITI (Qurilishda muxandislik qidiruvlari Geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy – tekshirish Davlat instituti Fargʻona filiali) amaliy yordam koʻrsatib kelmoqda. Shuningdek, 2010-yil 4-8-oktabrda Ukraina Respublikasi Yalta shaxrida 18 halqaro konferensiyada “Современные методы и средства неразрушающего контроля и технической диагностики” mavzusida boʻlib oʻtgan konferensiyada ishtirok etgan.
Oʻzbekiston Xotin - qizlar qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovining Fargʻona viloyati bosqichida 2020-yilda ”Fan” yoʻnalishi boʻyicha qatnashib, 1- oʻrin sohibi boʻldi va Respublika bosqichiga yoʻllanma oldim. 2020yil 5-fevralda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovining yakuniy bochqichida qatnashib, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin - qizlar qoʻmitasi raisi E.Basitxanova tomonidan tashakkurnoma va sertifikat bilan taqdirlandi.
N.D.Teshaboeva 250 dan ziyod ilmiy-uslubiy ishlar, Beton ishlari texnologiyasi nomli darslik, 200 dan ortiq Ilmiy texnik jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirgan. N.D.Teshaboeva oxirgi uch yil faoliyati davrida 20 ta turli ilmiy–amaliy konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashgan, doim ijodiy izlanishda, hozirgi vaqtda Davlat granti va xoʻjalik sharnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarida ham faol qatnashib kelmoqda.
Bir necha bor institut va viloyat xotin qizlar qoʻmitasining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlangan. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodalari oʻrtasida oʻtkaziladigan viloyat bosqichida komissiya a’zosi sifatida qatnashib kelmoqda.Bir necha fanlardan oʻquv-uslubiy majmualar yaratgan. Keng ommaga moʻljallangan ma’naviy- ma’rifiy yoʻnalishda ”Ezgulik sari” nomli toʻplami chop etilgan. Ma’naviy ma’rifiy yoʻnalishda fakultet talaba qizlari bilan “Qizlarjon” toʻgaragini yuritmoqda. Koʻpgina turli tadbirlar va telegram kanallari tashkillab, “Bunyodkor qizlar”, “Iste’dodli qizlar” va “Quruvchi qizlarjon” telegram kanallarida talaba qizlar bilan turli kechalar va shoiralar, turli soha vakillari bilan onlayn muloqotlar tashkillagan audio muloqotlar oʻtkazilgan.
Jumladan gazeta va jurnallarda maqolalari chop etilgan. “Armon” (2006), “Hayolimda yashagin bolam” (2008), “Sogʻintirib yashagim kelar” (2012),”Sen javobsiz soʻroqsan”, “Umidli dunyo” (2019) nomli she’riy toʻplamlari chop etilgan.
N.D.Teshaboeva,institutning ijtimoiy xayotida faol qatnashib kelmoqda. Jamoa orasida alohida hurmatga ega. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlari oʻrtasida oʻtkaziladigan viloyat bosqichida komissiya a’zosi sifatida qatnashib kelmoqda. Adolat SDP a’zosi. Bir necha bor institut va viloyat hokimi, xotin qizlar qoʻmitasining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlangan. Adolat SDP tavsiyasi bilan 2014-yilda Fargʻona shaxar kengashidan shahar kengashiga 5-Toʻqimachi saylov okrugidan deputatlikka nomzodi koʻrsatilgan. 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi prezident saylovida Adolat SDP partiyasi shahar kengashi tomonidan Fargʻona politexnika institutida №723 saylov uchastkasida nazoratchi etib tayinlangan.
Oʻz faoliyati davomida iqtidorli talabalar bilan ishlashga katta e’tibor beradi. Fakultet talaba qizlari bilan turli kechalar va tadbirlarni tashkillashga boshchilik qilib kelmoqda. Institutning ijtimoiy hayotida faol qatnashib kelmoqda.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDX) miqyosida tashkil etilgan “Eng yaxshi ilmiy maqola-2021” yil halqaro ilmiy amaliy tanlovi uchun tayyorlangan maqolasi qabul qilindi. Fargʻona viloyati, Margʻilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazi majlislar zalida “Vodiychasiga kutib olamiz” shiorini ruxiga jo qilgan holda tashabuskor yoshlar 2021-yil 31-oktabr kuni soat 11da Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDX) miqyosida tashkil etilgan “Eng yaxshi ilmiy maqola-2021” yil halqaro ilmiy amaliy tanlovi va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Margʻilon shaxridagi Raqamli texnologiyalar markazi majlislar zalida mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan "Eng yaxshi maqola - 2021" Xalqaro ilmiy tanlovining ochilish hamda tantanali taqdirlash marosimidan lavhalar. "Geodeziya kartorgrafiya kadastr" kafedrasi katta oʻqituvchisi Teshaboeva Nodira Djuraevna "Пластично- вязкие характеристики цементных систем с поверхностно- активными добавками" mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib koʻkrak nishoni va esdalik nishoni guvohnomasi va sertifikat bilan taqdirlandi.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Eng yaxshi pedagog-2021” xalqaro tanlovi uchun uchun tayyorlangan maqolasi qabul qilindi.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Tashabuskor islohotchi” halqaro ilmiy - amaliy koʻrik tanlovida ishtirok etgan. “Tashabbuskor islohotchi” xalqaro tanlovining taqdirlash marosimi “Yer yuzining sayqali Azim shahar, qadimiy va hamisha navqiron Samarqandga ilm-fan sohasida yuksak yutuqlarga erishgan, tadqiqotchi, ilmsevar hamyurtlarimiz 2022yil 24-25-sentabr kunlari ishtirok etdilar.
“Renessans” ilmiy markazi va nashriyot uyi tomonidan Renessans davri: “Ilmiy - tadqiqotlar yetakchisi” Xalqaro ilmiy, amaliy tanlovi va Xalqaro konferensiya Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining filiali MDU (MGU) da Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi.
“Ilm fan fidokori” Mustaqil davlatlar Xamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy –amaliy koʻrik tanlovi 25.10.2022y Fargʻona viloyati Rishton tumani Madaniyat saroyida boʻlib oʻtdi. Yangi Oʻzbekistonni gullab yashnab gullashi va rivoji uchun ulkan hissa qoʻshib kelayotgan fidoyi, bilimdon, izlanuvchan va intiluvchan ilm - fan egalari uchun tashkillangan tanlovda ishtirok etgan.