MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

HAMROYEV NUSRAT IXTIYOROVICH

HAMROYEV NUSRAT IXTIYOROVICH

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi Partiya strategiyasi va dasturiy hujjatlarini joriy etish va targʻib qilish boʻlim bosh mutaxassisi. International School of Finance Technology and Science instituti mustaqil izlanuvchi.

1996-yil 29-yanvarda Buxoro viloyati Vobkent tumanida, ishchi-xizmatchi oilasida tugʻilganman. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

2002-yil Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 14-umumiy oʻrta talim maktabida o‘qigan.

2005-2011-yillarda Buxoro viloyati Buxoro shahri 32-son tarix faniga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim olgan.

2011-yilda tanlov asosida Buxoro shahridagi Buxoro Davlat Universiteti qoshidagi 4-son akademik litseyning “ijtimoiy-gumanitar” yoʻnalishi  boʻyicha o‘qishga kirgan hamda uni  2014 - yilda tamomlagan.

2016-yilgacha oliy oʻquv yurtiga kirish uchun tayyorlandim va shartnoma asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Jahon siyosati, tarix va falsafa fakultetiga oʻqishga kirdim. Fors, ingliz tillarini,sharq va gʻarb faylasuflarining falsafiy qarashlarini, turli davlatlar, xalqlarning tarixiy, madaniy-ijtimoiy kelib chiqishini, turli dinlar va ta’limotlar haqida chuqur ma’lumotlarga ega boʻldim. Oʻqish davomida turli universitet tanlovlari va tadbirlarida faol qatnashdim. Shuningdek “Zakovat” intellektual oʻyinining saralash bosqichlarida qatnashib oʻqish davrimni mazmunli oʻtkazdim.

2018-yil sentyabr oyidan Toshkent davlat sharqshunoslik unversitetining harbiy tayyorgarlik boʻyicha maxsus siklga harbiy kafedraga oʻqishga kirdim.

Oʻqish davrida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashib, harbiy sikl komandirlari tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandim. Shulardan Respublika harbiy kafedralari orasida oʻtkazilgan “Sohibqiron Amir Temur tuzuklari”ga bagʻishlangan intellektual musobaqasida ishtirok etish uchun harbiy kafedra siklidan saralab olingan kursantlar qatorida men ham bor edim. Musobaqada 5 kishilik guruh bilan faxrli 3 oʻrinni qoʻlga kiritdik. 2019-yil 14-iyul kuni harbiy qasamyod qilib harbiy kafedraning harbiy tarjimon psixologik razvedkachi mutaxassisligi boʻyicha zaxiradagi leytenant unvonini oldim.

2020-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tugatib, shu yili davlat test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti magistratura boʻlimiga oʻqishga kirdim. Mutaxassisligim sharq falsafasi va madaniyati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik qoʻlyozma institutida ajdodlarimizdan qolgan qator eski oʻzbek yozuvidagi qoʻlyozmalarni oʻrgandim.

Qator ilmiy jurnallarda ilmiy-tahliliy maqolalarimni chop ettirdim. 2022-yil may oyida “Muhammad Abdoning ijtimoiy-siyosiy qarashlari” magistrlik ilmiy ishimni a’lo bahoga himoya qildim.

Oʻqish davomida 2019-yildan xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida va Oʻzbekiston Ekologik partiyasida volontyor sifatida faol qatnashdim.  2021-yil 5-oktyabrda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkilotida Dasturiy vazifalarni joriy etish, ekologik va sanitariya holatini tahlil etish hamda monitoring qilish boʻyicha bosh mutaxasis lavozimiga ishga kirdim. Aholi orasida Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi borasida samarali faoliyat yuritib qator faxriy yorliqlar qoʻlga kiritdim.

2021-yil 24-oktyabr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovda, 2023-yil 30-aprel Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi umumxalq referendumida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashidan ishonch bildirilgani uchun 59-saylov uchastkasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy bosh qoʻmondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan shaxsan koʻrishib oʻzgacha gʻurur tuydim, 16 ortiq mamlakatlardan tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilarni saylov uchastkasida qarshi oldim. Saylovlarni partiya safida muvaffaqiyatli oʻtkazdim.

2022-yil 1-apreldan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkilotida Partiya a'zolari safini kengaytirish, vakillik organlari bilan ishlash hamda kadrlar masalalari boʻyicha bosh mutaxassis lavozimiga koʻtarildim. 208 ta partiya tashkiloti orasida “Kadrlar masalalari boʻyicha eng yaxshi bosh mutaxassis” tanlovida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdim.

Turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda mahallalarda, muassasalarda va mehnat jamoalarda “Mening obod mahallam”, “Biz yoshlar sogʻlom turmush tarzi tarafdorimiz!”, “Ekologiya yoshlar nigohida” kabi oʻnlab mavzularda davra suhbatlari, targʻibot tushuntirish ishlari olib borib ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy xatlar orqali kelgan murojaatlarni tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirib ijobiy hal qilishda faol ishtirok etmoqdaman.

2022-yil 1-apreldan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkilotida Partiya a'zolari safini kengaytirish, vakillik organlari bilan ishlash hamda kadrlar masalalari boʻyicha bosh mutaxassis lavozimida.

Shuningdek, 2022-yil 1-noyabrdan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tuman partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchisi sifatida ishladim.  

2024-yildan hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi Partiya strategiyasi va dasturiy hujjatlarini joriy etish va targʻib qilish boʻlim bosh mutaxassisi bo‘lib ishlab kelmoqda. International School of Finance Technology and Science institutida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakliga qabul qilingan Hamroyev Nusrat Ixtiyorovichning “Muhammad Abdo ijtimoiy-falsafiy va diniy-axloqiy qarashlarining XX asr arab falsafasi rivojidagi o‘rini” nomli PhD dissertatsiyasi mavzusini 2025-yildan Hamroyev Nusrat Ixtiyorovich 09.00.04 – “Ijtimoiy falsafa” ixtisosligi bo‘yicha (PhD) mustaqil tadqiqotchilikka qabul qilingan.