Sohiba G‘aniyeva Turg‘unbayevna 1978-yil 1-sentyabrda Farg‘ona shahrida tavallud topgan. Farg‘ona shahridagi 10-o‘rta maktabini tamomlagan. Farg‘ona davlat texnika universiteti “Axborot kutubxona faoliyati” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.
“Asrlarga teng bir yil”, “Zulmat sari aldamchi yo‘l”, “Kutubxonalar tarixiga bir nazar” nomli ilmiy hamda badiiy uslubda yozilgan qissa va hikoyalardan iborat kitoblari chop etilgan.
“Matonatli uy bekasi” “Yangi Farg‘ona” gazetasi. 2023-yil 15-aprel. 30-soni. 4-bet.
“Ona so‘zida butun olam mujassam”. “Yangi Farg‘ona” gazetasi. 2023-yil 20-sentyabr. 75-soni. 4-bet.
“Student office” talaba yoshlar xizmatida. “Yangi Farg‘ona” gazetasi. 2023 yil 7-oktabr 93-son 4-bet.
“Onam hayot bo‘lganda edi…” kechinma. “Yangi Farg‘ona” gazetasi. 2024-yil 6-aprel. 27-soni. 3-bet.
“Yoshlarga aytar so‘zim”. “Yangi Farg‘ona” gazetasi. 2023-yil 10 iyun 46-son 4-bet.
Shuningdek, Azerbaiyjan Science Center Scientific Research International Scientific Journal “Application of Modern Technologies and Artificial Intelligence in Education” hamda Turkiya Respublikasi EGE universiteti “Turk Dunyosi Modernizatsiyasi II: Turk Dunyosida Matbuot Simpoziumi”da “Turkistondagi Jadidlar Basın Tarixidan” nomli ilmiy ishlarida va Science and Innovation jurnalida “Tourist and excursion activities: new challenges and ways of development” sarlavhasi ostida chop etilgan.
Raqamli texnologiyalar yo‘nalishidagi loyihalari: 2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili munosabati bilan “Smart Trash Bin”, “Libro”, “Usta kitob”, “Audio te” loyihalari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
2025-yil 8-mart arafasida viloyat hokimligi tomonidan o‘tkazilgan “Farg‘ona ayoli” ko‘rik tanlovi g‘olibi.
Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Maxkamova tomonidan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Global munosabatlar nazariyasi: Yoshlarning taraqqiyot g‘oyalari” mavzusida oʼtkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida eng yaxshi maqola deb topilib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Bundan tashqari turli ilmiy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamida ham maqolalari chop etilgan: “Oila institutini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni, “Xotin qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar va amalga oshirilayotgan ishlar”, “Umumta’lim maktablarida oila.
Maktab va jamoatchilik hamkorligini takomillashtirishda ijtimoiy ish kasbining ahamiyati”, “Otamning o‘rnini bosgan akam”, “ISMA” xalqaro konferensiya to‘plamida “Kutubxonalar tarixi: Temuriylar davri misolidan qisqacha faktlar”, “Axborot olish maskani-KUTUBXONA”, “Turk dynyasinda matbuat” семпозюмида “Türkistan’daki jadıdler basın tarihinden”, International scientific journal “Application of modern technologies and artificial intelligence in education”.
2021-yil “GOVIRAL” xalqaro loyiha ijodkorlari tomonidan tasvirga olingan “Bulutlar ortida” deb nomlangan hujjatli film suratga olingan.
“Китобхонлик маданиятини шакллантириш: рақамли даврда инновацион кутубхона”, “Bugun mutolaa kuni”, “Aqlli kutubxona”, “Kitobxonlik soati” hamda “Kutubxonalar bo‘ylab” deb nomlangan maxsus loyihalar muallifi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari:
https://www.youtube.com/@Mehribonningaudiokitoblari.
Kelajakdagi orzu va rejalari: Badiiy asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilib, taqdimotlarini o‘tkazish, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lib, ona diyorimiz ravnaqi yo‘lida astoydil mehnat qilish. O‘qishi davomida “Prezident stipendiyanti” g‘olibi bo‘lib, magistratura bosqichiga grant asosida o‘qishga kirish. “O‘zbekoyimlar” deb nomlangan arxitektura yo‘nalishidagi mualliflik noodatiy bino loyihasini taqdim etish.