Ilmiy va pedagogik faoliyati
Go‘zal Erkinovna Eshchanova - O‘zbekistonning yosh va salohiyatli olimalaridan biri bo‘lib, ingliz tili ta’limi va maxsus maqsadlar uchun ingliz tili (ESP) metodikasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis hisoblanadi. U “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Iqtisodiyot” fakulteti, “Ingliz tili” kafedrasida faoliyat yuritadi. U muhandislik, irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida tahsil olayotgan talabalar uchun ingliz tilini o‘rgatishning yangi metodlarini ishlab chiqishda faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, “Yer resurslarini boshqarishda ingliz tili” hamda “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash uchun ingliz tili” kabi maxsus dasturlar muallifi sifatida tanilgan.
Malaka oshirish va xalqaro tajriba
Eshchanova G.E. ilmiy-pedagogik faoliyatida doimo xalqaro tajribaga tayangan.
- Buyuk Britaniyada Prezident stipendiyasi sovrindori sifatida NILE (Norwich Institute for Language Education)da malaka oshirgan.
- Warwick universitetida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, ta’limda innovatsiyalar bo‘yicha maxsus kurslarda qatnashgan.
- Óbuda universiteti (Vengriya) bilan hamkorlikda “Akademik va maxsus maqsadlar uchun ingliz tili” kursida guruh rahbari sifatida ishlagan.
- Litva, Germaniya, Angliya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi mamlakatlarda xalqaro loyihalar va anjumanlarda qatnashgan.
Xalqaro loyihalar va grantlardagi ishtiroki.
Go‘zal Erkinovna bir qator yirik xalqaro ilmiy-loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda:
- VEGERA loyihasi (Germaniya, HNEE universiteti): Agro-o‘rmonchilik tizimlari orqali qurilish materiallari samaradorligini oshirishga qaratilgan loyiha. Ushbu loyiha doirasida “Demo House” laboratoriyasi qurilib, tabiiy qurilish materiallari va energiya tejamkor texnologiyalar sinovdan o‘tkazilmoqda.
- English as a Medium of Instruction “EMI” loyihasi: 2020 yil 20 fevral kuni “TIQXMMI” MilliyTadqiqot Universitetida “Professional Development Centre” 9Kasbiy Rivojlantirish Markazi” ochilishida faol ishtirok etgan.
- EnSPIRe-U loyihasi: ta’limda innovatsiyalar, tadqiqotlar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
- Change Academy loyihasi: oliy ta’limda sifatni oshirish va xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etgan.
- Keimyung College universiteti (Janubiy Koreya) bilan hamkorlik: xalqaro grant “Education Comptency Enhancement” dasturlarida qatnashgan.
- Britaniya Kengashi bilan hamkorlik: “Future English” loyihasi, IELTS imtihonlari va “Professional Rivojlanish markazi” faoliyati.
Ilmiy ishlari va darsliklari.
Eshchanova G.E. muallifligida bir nechta ilmiy maqolalar, qo‘llanmalar hamda maxsus darsliklar chop etilgan:
- “Yer resurslarini boshqarishda ingliz tili”
- “Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash uchun ingliz tili”
- ESP bo‘yicha turli o‘quv qo‘llanmalar
Mukofot va stipendiyalar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori (NILE, Buyuk Britaniya).
-Pannonia Scholarship (Vengriya) sohibasi.
- Bir qator xalqaro grant va stipendiyalar sovrindori.