Erkaboyeva Yulduz Baxromovna 1989-yil 13-mayda Qoʻqon shahrida tug`ilgan. 1996-2005 yillari – Farg‘ona viloyati №1-sonli ingliz tiliga ixtisoslashgan iqtidorli bolalar gimnaziyasida, 2005-2007-yillari – Abu Rayxon Beruniy nomli litsey tarix fakultetida, tahsil olgan. 2007-2011-yillari Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti “fors tili va adabiyoti filolog” mutaxassisligi bo`yicha bakalavriat bosqichi va 2019-2025-yillari Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “xalqaro menegmant” fakulteti bakalavriat bosqichida tahsil olgan.
Y. Erkaboyeva 2014-2015-yillari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi akademik litseyida axborot resurs markazi xodimi sifatida ishlagan. 2015-2017-yillarda faoliyatini Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Yunesconing Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasida davom ettirgan. Shu davr ichida 10dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan.
Shuningdek, 2017-2022-yillari O‘zbekiston Respublikasi turizm davlat qo‘mitasida ishlagan. Faoliyati davomida raxbar kotibi lavozimida, so‘ngra uch yildan ziyod vazir yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shu davr mobaynida bir necha tadbirlar, plenar yig`ilishida taqdimot-ma`ruza bilan ishtirok etgan. Xususan, turizm yo‘nalishi ish faoliyati davomida yangi soha turizm yo‘nalishi “xalqaro menegmant” yo‘nalishi bakalavriat bosqichi talabasi ham, bo‘lgan.
Y. Erkaboyeva vazir yordamchiligi lavozimi davrida Vazirlar Mahkamasi, turli vazirlik idoralar, elchilar bilan hamda turizm, sport, madaniy meros, badminton, shaxmat kabi turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oluvchi ma’suliyat bilan jonbozlik ko‘rsatgan. Yordamchi sifatida barcha vazirlik yig‘ilishlarida qatnashgan.
Y. Erkaboyeva 2022-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlari agentligi Axborot xizmati bo‘limida xodim sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Y.Erkaboyeva bo‘limda ish olib boorish davridan boshlab, Singapur, Malayziya, AQSh, Dubay, Koreya kabi ilg‘or davlatlarda tashkil etilgan xalqaro moliyaviy tadbirlar, Respublikamiz bo‘ylab xususiylashtirish sohasiga oid iqtisodiy yo‘nalishdagi tadbirkorlar hamda investorlar uchun taqdimotlarda faol ishlab ishlab mexnat qilgan. Tadbir bilan bog‘liq materiallarni tayyorlashda, axborotlarni to‘g‘ri talqin qilinishida, journalist va blogerlar hamda OAVlar va televedeniye xodimlarini ishtirokida va keng yoritilishida ma’suliyat bilan yondashib o‘z vaqtida ta’minlashiga xissa qo‘shgan.
Axborot xizmati bo‘limi yo‘nalishida ishlab yurgan kezlari, Axbort va Ommaviy kommunikatsiyalari agentligi, jurnalistlar uyushmalari, turli xil tadbirlarga ko‘maklashuvchi tipografiyalar bilan chambarchas ish yuritgan. Shu davr mobaynida “Science and innovation” jurnallarida bir necha konferensiyalarida o‘z maqolalari bilan ishtirok etib, xalqaro doiradagi nufuzli mehmonlarni kutib olish hamda ularni turli hil maskanlarga ziyoratlarga hamrohlik qilgan.
Erkaboyeva Yulduz Baxromovna hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlari agentligida Axborot xizmati bo‘limida PR yo‘nalishini keng yo‘lga qo‘yish bilan bir qatorda Ipak Yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 5-bosqich talabasi hamdur. Shunga ko‘ra Y. Erkaboyeva Respublika darajasidagi tadbirlar va sohaga oid ishlarni amalga oshirish bilan bir qatorda turizmning moliyaviy menegment yo‘nalishini ham uddalamoqda.