Jalolova Yulduz Muhiddin qizi 28.09.1992 yil, Jizzax viloyati G’allaorol tumanida tug‘ilgan. Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti tyutori.
Dastavval, 2013-2017 yillarda Jizzax Davlat Pedagogika Instituti “Informatika o’qitish metodikasi” yo’nalishini tamomlagan. 2018 yilda Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti dekanatida ish yurituvchi lavozimida ish faoliyatini boshlagan. 2019-2021 yillarda Jizzax Davlat Pedagogika Instituti “Pedagogika nazariyasi va tarixi yo’nalishi” magistarura bosqichini tamomlagan. 2020-2021 yillar davomida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 31-umumiy o’rta ta’lim maktabida Informatika fani o’qituvchisi, 2021 6-sentabrda Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti Umumiy pedagogika kafedrasi kabinet mudiri, 2021-yil 18-oktabrdan boshlab Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti tyutori lavozimida faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, “Bizning kelajagimiz” MCHJda direktor vazifasida ham tadbirkorlik faoliyatini olib bormoqda.
2020- yilda “Obrazovanie i vospitanie” xalqaro jurnalida “Formirovanie u uchenikov chuvstva obshnosti” ilmiy maqolasi, 2021-yili “Pedagogikaning dolzarb muammo va yechimlari” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanida “Pedagogikaning dolzarb muammo va yechimlari” nomli ilmiy maqolasi, 2021- yilda Yevroosiyo ilmiy tadqiqotlar jurnalida “O’qitish jarayonida zamonaviy yondashuv ahamiyati” nomli ilmiy maqolalari nashr etilgan.
2022-yilda “International scientific-online conference INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION" xalqaro Canada (Ottawa) konfrensiyasida “Globallashuv sharoitida umumta’lim fanlarini o’qitish muammolari” nomli,” International scientific-online conference on innovation in the modern education system” xalqaro Amerika (Washington) konferensiyasida “Importance of technology in education” nomli ilmiy maqolalari nashr etilgan. “Ilm-fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo’llanilishi” nomli Respublika ilmiy konferensiyasida “O’quvchi-yoshlarda dunyoqarashni shakllantirishda zamonaviy pedagogic texnologiyalardan foydalanish” nomli ilmiy maqolalari nashr etilgan. Hozirda mazkur yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Hususan, “International scientific-online conference: ”Theory and analytical aspects of recent” xalqaro Turkiya (Istanbul) konferensiyasida “O’zbekistonda kambag’allik darajasi. Kambag’allikni kamaytirish uchun nima qilish kerak?” nomli, ”Euraasian Journal of Academic Research” xalqaro jurnalida “Importance internet in education”, “Obrazovanie I nauka v XXI veke” jurnalida “O’zligimiz timsoli-ona tilim”, “International scientific-online conference Models and methods for increasing the efficiency of innovative research” Xalqaro GERMANIY (BERLIN) konferensiyasida “Usage of music in teaching vocabulary” nomli va boshqa mavzu va tezislar bo‘yicha ilmiy maqolalari nashr etilmoqda.
2022 yil 5-iyunda MDH miqyosida tashkil etilgan “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovida, 2022 yil 25-sentabr kuni MDH miqyosida tashkil etilgan “Tashabbuskor islohatchi” xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovlarida ko’krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Y.Jalolovaning faoliyati davomida 20 dan ziyod pedagogikaga oid maqolalari Respublika, mintaqaviy hamda ommabop jurnal, gazetalarda chop etilgan. SHuningdek, 5 dan ortiq Respublika va mintaqaviy ommaviy axborot vositalarida intervyulari yoritilgan.
Y.Jalolova faoliyati davomida o‘zining xalqparvarligi, adolatparvarligi, fidoyiligi, tirishqoqligi, talabchanligi, o‘ziga bildirilgan ishonch va ma’suliyati, masalaga chuqur va tahliliy yondashishi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqida ham o‘z o‘rniga ega.
Mamlakatimizda olib borilayotgan pedagogik jarayonlarga munosabat bildiruvchi, ta’lim loyihalari ishlab chiqishda xalqchil va yurt ravnaqiga naf keltiradigan g‘oya va takliflari va o‘z pozitsiyasini bildirishga tayyor yoshlarda bilish faoliyatining aniq maqsadga yo’nalganligini shakllantirish, ta’lim va tarbiyani birgalikda olib borgan holda xalqimizga munosib pedagoglarni yetishtirishni asosiy vazifasi sifatida biladi.