MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

DURDIYEV NORMAT HASANOVICH

DURDIYEV NORMAT HASANOVICH

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi dotsenti

Durdiyev Normat Hasanovich 1986-yil 2-iyulda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

1994-2003-yillarda Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi O‘zbekiston nomidagi 2-son umumta’lim maktabida, 2003-2006-yillarda Hazorasp sanoat kasb-hunar kollejida o‘qigan.

2007-2011-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bakalavr, 2011-2013-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida magistraturada tahsil olgan.

2013-2014-yillarda O‘zbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi, 2014-2016-yillarda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi, 2019-2020-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Botanika va ekologiya” kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat olib borgan.

2016-2018-yillarda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranturasida (PhD), 2019-2021-yillarda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti doktoranturasida (DSc) tahsil olgan.

Tayanch doktorantura muddati tugashidan 8 oy oldin 2018-yilda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Qx.42.01 raqamli Ilmiy kengashda 06.01.02 – «Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik» ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD ilmiy darajasini va 2019-yilda esa katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olishga erishgan.

2022-yilda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01 raqamli Ilmiy kengashda “Urug‘lik uchun yetishtiriladigan g‘o‘za navlarining sug‘orish va oziqlantirish tartiblarini takomillashtirish” mavzusidagi 06.01.02-“Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olishga erishgan.

2021-yilda 1,5 mlrd so‘m miqdoridagi А-QХ-103 “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida g‘o‘za navlarini yangi o‘g‘itlash agrotexnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusida amaliy loyiha  sertifikati Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan taqdim etildi.

2022-yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturining Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasining 450 mln so‘mlik xalqaro grantini qo‘lga kiritgan.

N.Durdiyev rahbarligida 1 nafar falsafa doktori tayyorlangan, hozirgi kunda 2 nafar tayanch doktorantga ilmiy rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, “Paxtachilik va donchilik”, “Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” jurnallarida tahrir hay’ati a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.

2023-2024-yy. Germaniyaning GIZ xalqaro tashkilotining  “Qishloq xo‘jaligi ta’minot zanjirlarida barqarorlik va qo‘shilgan qiymat” loyihasi konsultanti sifatida faoliyat olib borgan.

2022-yildan hozirgi kungacha “Suvchilar maktabi”da fermerlar va agroklasterlar rahbarlari, loyihachilariga resurstejamkor sug‘orish texnologiyalaridan dars o‘tib kelmoqda.