MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

DOSMETOVA ZUXRA SHAVKATOVNA

DOSMETOVA ZUXRA SHAVKATOVNA

Arxitektura fanlari nomzodi, OAK dotsenti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash” kafedrasi professori, rassom- restavrator

Dosmetova Zuxra Shavkatovna 1964-yil 5-aprelda Chimkent shahrida tug‘ilgan.

1971-1979-yillari – 37-umumta’lim maktabi va 1974-1979-yillari bolalar badiiy ta’lim maktabi, 1979-1983-yillari – A.Kasteev nomidagi Chimkent rassomchilikdan tahsil olgan, 1983-1988-yillari – A.Ostrovskiy nomidagi teatr-rassomchilik institutining “me’moriy yodgorliklarni restavratsiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha bilim olgan. 1988-1989-yillari O‘zbekiston eksperimental ilmiy restavratsiya me’morchilik rassomlik ustaxonasida rassom- restavrator sifatida O‘zbekistonning to‘rtta me’moriy obidalar bezaklarini restavratsiyasida qatnashgan. 1989-1991-Toshkent teatr va rassomlik instituti “Rangtasvir” kafedrasi laboranti. 1991-1993-yillari San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida aspiranturada tahsil olgan. 1991-yildan o‘rindoshlik asosida pedagogik faoliyatini boshlagan. 1993-yilda Toshkent davlat san’at instituti me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash kafedrasi o‘qituvchisi, 1997-1999-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash kafedrasi o‘qituvchisi.

1988-1989-yillarda – O‘zbekiston eksperimental ilmiy ta’mirlash me’morchilik rassomlik ustaxonasi ta’mirlovchi-rassomi;

1989-1991-yillarda – A.N.Ostrovskiy nomli Toshkent teatr va rassomlik instituti Rangtasvir kafedrasi laboranti; 1991-1993-yillarda San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti aspiranti, hamda M.Uygur nomidagi Toshkent davlat San’at instituti  Amaliy san’at  fakulteti “Me’moriy bezagini ta’mirlash” kafedrasi o‘qituvchisi; 1993-1997-yillarda – M.Uygur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash kafedrasi o‘qituvchisi;

Islom Karimov nomli Toshkent Davlat Texnika universiteti Sanoat dizayni kafedrasida ham o‘rindoshlik asosida professor lavozimida ishlab kelmoqda. 2013-yildan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura          fakulteti “Arxitektura yodgorliklari” kafedrasida o‘rindoshlik asosida professor lavozimida faoliyat yuritmoqda.

1997-1999-yillarda – K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Interyer va jihozlash kafedrasi o‘qituvchisi; 1999-yilda – K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining ta’mirlash kafedrasi katta o‘qituvchisi, Amaliy san’at fakulteti dekani muovini;

2006-2009-yillarda – K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash kafedrasi mudiri;

2009-2023-yillarda – Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash kafedrasi dotsenti;

2023 yildan - h.v. – K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Badiiy kulolchilik va ta’mirlash kafedrasi bo‘yicha professor lavozimiga faoliyat yuritmoqda

2008-yilda 18.00.01 – Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash ixtisosligi bo‘yicha “Osobennosti dekorativnogo oformleniya jilx domov Tashkenta XIX- nachala XX v.” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, arxitektura fanlari nomzodi;.

2012-yilda  O‘z.R.  OAK  dotsenti.  2010-yildan shu kunga qadar Zuxra Dosmetova institutda bakalavr bosqichi hamda magistr talabalariga “Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash”, “Dizayn”, “Arxitektura” yo‘nalishlari bo‘yicha

«Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlashda loyihalash», «Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash  asoslari», «Ta’mirlash  asoslari»,

«Mutaxassislik bo‘yicha san’at tarixi», “Me’morchilik asoslari”, “O‘rta Osiyo me’morchiligi tarixi”, “Ta’mirlash tarixi va nazariyasi”, “Markaziy Osiyo me’morchiligi tarixi va nazariyasi”, “Ta’mirlashda loyihalash” “Madaniy meros yodgorliklarini saqlash va ma’lumotlar bazasini yaratish usullari” fanlaridan dars berib kelmoqda.

Zuxra Dosmetova pedagogik faoliyati davomida 230 dan ortiq shogirdlarni yetishtirgan 200 ziyod bakalavr BMIga hamda 30 magistrlarning MD ilmiy rahbarlik qilgan loyihalash institutida, ta’mirlash markazlarida, ustaxonalarda, muzeylarda o‘z sohasi bo‘yicha mehnat faoliyatlarini davom etmoqda, ilmiy- tadqiqot faoliyatlarini ham olib bormoqdalar.

Zuxra Dosmetovaning shogirdlari respublika va xalqaro ko‘rik, ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarda, Tasviriy va amaliy san’at festivali, turli Davlat va nomdor stipendiyalar tanlovlarida faollik bilan qatnashib, bir qator diplom va sertifikat, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi oltin va kumush medallari bilan taqdirlangan.

Ulardan: S.I.Muxamedjanova – s.f.n., dotsent (Navoiy va Prezident stipendiati), Musurmonov Tursunmurod (Behzod stipendiyasi) xalqaro sovrindorlar AQSh, Venesiya, Valensiya, Rossiya, (1-o‘rin diplomi, medal va kuboklar), Ziyodullaeva Sayyora, Saburova Yangiljon, Beknazarova Shaxrizoda (Shvesiya, Rossiya, Qozog‘iston), Abdurasuleva Sabina, Usmonjonova Muxayyo (O‘z.BA oltin va kumush medallari) A’zamova Durdona (Za naivыsshie zaslugi, medal, sovrin va diplom) sovrindorlari.

Z.Dosmetovaning shogirdlari O‘z BA tasarrufidagi OTMlarida, K.Behzod nomidagi MRDIda, ixtisoslashtirilgan maktablarda ishlab kelmoqda. Shuningdek, ta’mirlash sohasida, Madaniy meros agentligi huzuridagi Z.Dosmetova institut jamoa ishlarida faol qatnashib, davra suhbatlari, ochiq darslari, seminar-trening va mahorat darslarini olib borgani uchun sertifikat, faxriy yorliq, tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

Zuxra Dosmetova institutni “Axborotnoma” ilmiy-amaliy jurnali tahririyati a’zosi; PhD doktorantlarining maxsus imtihonini qabul qilish bo‘yicha komissiyasi a’zosi, Ixtisoslashgan ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminar kengashi a’zosi (TAQU), O‘zbekiston BA tasarrufidagi Ilmiy uslubiy kengashi a’zosi.

Zuxra Dosmetova Madaniy meros agentligi tomonidan tashkil etgan ilmiy-amaliy anjumanlarda moderator bo‘lgan.

Zuxra Dosmetova bir qator xorijiy jurnallarda tahrir hay’at a’zosi sifatida ishtirok etmoqda.

Ulardan: Germaniya Berlindagi “Xalqaro ijtimoiy fanlar xabarnomasi” / “World Bulletin of Social Sciences” Scholar Express Journals Impakt faktor) jurnali tahrir xay’atiga a’zo (2022-y.), Bryusseldagi “Arxitekturnыy dizayn” (2023-y.), Ispaniya, Las Palmas «Europen Journal of Humanities and Educational Advanations» (2024-y.) jurnaliga tahrir hay’ati a’zosi.

Z.Dosmetova 2010-yildan I.A.Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti “Sanoat dizayni” kafedrasi magistrlik mutaxassisligi bo‘yicha DAK a’zosi; Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI “Badiiy kulol va MYoBT” kafedrasi talabalarining BMIga DAK a’zosi, Toshkent arxitektura- qurilish universiteti “Arxitektura” fakulteti BMIga va magistrlik dissertatsiyasi himoyalarida DAK a’zosi, rais o‘rinbosari va raisi sifatida ishtirok etmoqda.

Doktorantlarning maxsus imtixonlarini topshirish bo‘yicha hay’at a’zosi.

Z.Dosmetova 2018-yildan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Arxitektura, qurilish va shaharsozlik fanlari bo‘yicha” Ilmiy-texnik kengashi ilmiy kotibasi;

2019-yildan Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Ilmiy-ekspert kengashi eksperti sifatida O‘zbekistondagi tarixiy shaharlarda xizmat safarlarida qatnashgan.

Islom sivilizatsiya markazi muzeyining “7-Me’moriy bezaklar” bo‘limi konsepsiya va ekspozitsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi eksperti sifatida ilmiy-amaliy anjumanlarda doimiy ravishda qatnashib kelmoqda.

Zuxra Dosmetova doimiy ravishda ekspert sifatida Madaniy merosni saqlash bo‘yicha

Ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari va ijodiy asarlari bilan faol qatnashmoqda.

Zuxra Dosmetova O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi,. Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy ekspert kengashi a’zosi. IKOMOS a’zosi.