Doniyorova Shahnoza Erkin qizi 1985-yil 30-oktyabrda Jizzax viloyati Forish tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
1992-2001-yillar Jizzax viloyati Forish tumani 30-o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan.
2001-2003-yillarda Jizzax shahridagi “Iqtidorli bolalar” litseyida ta’lim olgan.
2003-yilda Jizzax davlat pedagogika instituti Mehnat ta’limi fakultetiga o‘qishga kirgan hamda uni 2007-yilda tamomlagan.
2007-2008-yillarda Jizzax viloyati Forish tumani Kasb-hunar kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishladi.
2009-2018-yillarda Toshkent shahri Chilonzor tumani 281-maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishladi.
2018-2020-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti magistratura bosqichini grant asosida tamomladi.
2019-yil Jizzax davlat pedagogika universiteti Texnologik ta’lim va tasviriy san'at fanlari kafedrasida stajyor-o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritdi.
2021-yilda Jizzax davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchi sifatida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti “Milliy tarbiya, mutafakkirlar va jadidlarning pedagogik ta’limotlari” ilmiy tadqiqot boʻlimi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Safarova Roxat Gaybillaevnaning rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bordi.
U 2025-yil 29-aprelda 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirish (texnologik ta’lim misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2025-yil 11-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiyasi komissiyasi qaroriga asosan Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi.
Uning 40 dan ziyod ilmiy maqolalari OAK tasarrufidagi jurnallarida, respublika, xorijiy jurnallarda chop etilgan,
Uning 1 ta “Gazlamalarga ishlov berish praktikumi” nomli darsligi,
1 ta “Bo‘lajak o‘qituvchilarning art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirish tizimi” nomli uslubiy qo‘llanmasi, 2 ta “Gazlamalar materialshunosligi”, “Gazlamalarga ishlov berish praktikum” nomli o‘quv qo‘llanmalari, 1 ta “Tikuvchilik buyumlarini tayyorlash texnologiyasi” nomli elektron o‘quv-uslubiy majmua, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan (№ DGU12310) chop etilgan.
Universitetda bo‘lib o‘tadigan tanlov va musobaqalarda faxrli o‘rinlarni olgan va universitet rektori prof.Sh.S.Sharipov tamonidan taqdirlangan.
2019-yildan hozirgi kunga qadar Jizzax davlat pedagogika universiteti Fizika va texnologik ta’lim fakultetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslaxatchisi hamda Texnologik ta’lim va tasviriy san’at fanlari kafedrasi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori ( PhD) vazifasida ishlab kelmoqda.