MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

DONAYEV XUSNIDDIN ABDUALIMOVICH

DONAYEV XUSNIDDIN ABDUALIMOVICH

Toshkent davlat agrar universiteti, Zooinjeneriya fakulteti dotsenti

Donayev Xusniddin Abdualimovich 1986-yil  28-aprelda Surxondaryo viloyatida tug`ilgan. 1993-2004-yillari – Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani  20-umumta’lim maktabini a’lo bahoga bitirgan,  2005-2009-yillari Toshkent davlat agrar universitetining “veterinariya” mutaxassisligi bo`yicha bakalavriat bosqichi va 2009-2011-yili “parrandachilik” magistratura bosqichi, 2012-2014-yillari Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy tadqiqot institutida tayanch doktoranturada tahsil olgan.

Maktab davrida tuman miqyosida 2003-yilda Kimyo fanidan olimpiada sovrindori, 2008-yilda Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi, 2011-yili Mustaqillik nomli stipendiyasi sohibi,

2012-2014-yillari Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim izlanuvchi , 2015-– 2016-yillar Toshkent davlat agrar universiteti, Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasi assistenti, 2016-2023-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti, Zooinjeneriya fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 2023-yildan hozirgi kungacha 2023-yildan Toshkent davlat agrar universiteti, Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Donayev Xusniddin Abdualimovich Yangi O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida, jumladan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish,  qishloq xo‘jaligi rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq ustuvor vazifalar va davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etib kelmoqda..  

Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasidagi faoliyati davomida bir qator muhim yutuqlarga erishgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikdagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida zamonaviy zootexniya va veterinariya yo‘nalishi bo‘yicha texnologiyalarni ishlab chiqqan va amaliyotga tatbiq etgan. Ko‘plab monografiyalar, ilmiy maqolalar va o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan. U rahbarligi ostida talabalar va yosh olimlar respublika va xalqaro fan olimpiadalari, konferensiyalar va tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Kafedra mudiri sifatida bir qator yirik chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik, veterinariya firmalar, ilmiy markazlar va xorijiy hamkor tashkilotlar bilan samarali hamkorlik o‘rnatgan. Bundan tashqari, asalarichilik, baliqchilik va veterinariya yo‘nalishi bo‘yicha bir nechta innovatsion loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

X. Donayev Respublikamiz hamda bir qator xorijiy davlatlarda malaka oshirgan, jumladan, 2023-yilda Qozog‘iston respublikasi A.Forobiy nomli milliy universitetida, 2024-yilda Janubiy Koreya respublikasi Andong  universitetida

X. Donayev turli yillarda asalarichilik, baliqchilik va veterinariya yo‘nalishi bo‘yicha bir nechta innovatsion loyihalarni muvaffaqqiyatli amalga oshirishda bevosita ishtirok etgan, shulardan 2013-2015-yillar “O‘sishdan qolgan qoramollarni taymer usulida oziqlantirish samaradorligi” xorijiy loyiha;

2016-2017-yillarda QXAYo-8-003-2016 «Paratipik omillardan foydalanib sigirlarning sermahsul seleksiya podasini yaratish» yosh olimlar amaliy loyihasi;

2014-2016-yillar KXA-10-072 – “Naslchilik fermalarni takomillashtirish, ozuqa bazasi hosildorligini bir gektardan 150 sentner ozuqa birligiga yetkazish, zavod tipidagi zotdor chorva yaratish uslublari va texnologiyalarini ishlab chiqish” amaliy loyihasi;

2024-2025-yillar AL-652204337-sonli “Akvakulturaning laqqasimonlar, olabug‘asimonlar kabi qimmatbaho baliq turlarini O‘zbekistonga introduksiya qilish va intensiv akvakulturada tovar baliqlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha amaliy loyihasi;

2022-2025-yillar 2022 K1A3A9A05036394-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekistonda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda Smart-AI: Aqlli asalari oilasi tizim texnologiyasini qo‘llash hamda asalarichilik resurslarini rivojlantirish va takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha xalqaro loyihalari misol bo‘la oladi. 

Shuningdek X. Donayev ilmiy-faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan, shulardan 14 dan ortig‘i scopus maqolalar hisoblanadi, oxirgi yillarda chop etilgan maqolalardan,

2020-yilda Quality of milk production of the Holstein cows depending on different factors // EPRA International Journal of Research and Development (IJRD). Volume: 5 | Issue: 1 | January 2020 - Peer Reviewed Journal SJIF Impact Factor: 6.260| ISI I.F.Value:1.241| Journal DOI: 10.36713/epra2016 ISSN: 2455-7838 (Online) Scopus;

2021-yilda Ashirov M., Soatov U., Ashirov B., Donaev H.A. Dairy productivity of the Swiss breed processor of different genotypes in Uzbekistan // E3S Web of Conferences 258, 04035 (2021) UESF-2021. – P. 1-6. (https://doi.org/10.1051/e3scohf/202125804035)3 ;

2023-yilda Vakhidova D., Donayev X.A. Biological basis of pest control on pasture flies: as a case study from Uzbekistan // IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 1140 (2023) 012019. – P. 1-9. (doi:10.1088/1755-1315/1140/1/012019);

2024 yilda Yuldashov M.A., Kamilov B.G., Toshova N., Donayev X.A. Biological basics of African catfish (Clarias Gariepinus) culture in cages in the plain zone of Uzbekistan  // E3S Web of Conferences 563, 03026 (2024). ICESTE, 2024. –P.1-6 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456303026;
2025-yilda Improvement of economic indicators of boiler birds by crossbreeding them to maternal forms with the kulang (dakan) breed // Scopus conference. 10.04.2025. kabi maqolalar misol bo‘ladi.

X.Donayev 2024-yil 8-dekabrda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

2023-yildan X.Donayev O‘zbekiston respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, jumladan, “O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi”, “Science and innovation” jurnallarida tahririyat a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.