Djumabayev Murat Keńesbayvich 2004-yil 24-noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida tug‘ilgan. 2011-2017-yillari – 6-umumta’lim maktabi, 2018-2022-yillari – I.Yusupov nomidagi ijod maktabida tahsil olgan. 2022-2023 o‘quv yilidan – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali talabasi.
2019-yil Eng Namunali maktab Sardorlar Kengashi tanlovida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida 1-o‘rinni olgan.
2020-yili “Jerdegi Juldizlar” nomli drama klubi tashkillashtirgan va Respublika bo‘ylab gastrol safarlariga chiqqan.
2021-yili Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan “Очей очарования” Xalqaro tanlovi g‘olibi bo‘lgan.
2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialiga “Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilindi.
2023-2025-yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi miqyosida o‘tkazilgan umumxalq bayramlarida ya’ni “Navro‘z” va “Mustaqillik” bayramlarida yordamchi rejissyor vazifasini bajargan.
Djumabayev Murat Keńesbayvich san'at va madaniyat sohasining ijrochilik va ilmiy-tadqiqot jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda.
U 2023-yildan Qoraqalpoq san’ati va madaniyati shuningdek, Qoraqalpoq Teatr san’ati, Qoraqalpoq teatrning paydo bo‘lishi va shakllanishi, janrlarning o‘ziga xosligi, mavzularida bir nechta ilmiy maqolalar yozgan. Uning ilmiy-tadqiqot faoliyati serhosil bo‘lib, Xalqaro va Respublika jurnal va konferensiya to‘plamlarida 20 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr etilgandir. M.Djumabayev Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarning faol ishtirokchisidir. Jumladan, 2023 yili Toshkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy ishlar tanlovida ishtirok etib, “The development of the art of dubbing in the history of the Karakalpak film art” mavzusidagi ilmiy maqolasi uchun “Ta’limdagi muvaffaqiyatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
M.Djumabayev aktyor, rejissyor va boshlovchi sifatida serhosil faoliyat olib bormoqda. U turli xil spektakl va kinolarda, jumladan,“Napsi-bálesi”(spektakl),
“Revizor”(spektakl),“Kombayn”(kino),“Arbakesh”(kino),“Qarabay”(kino) bosh rollarni ijro etgan.
Oʻzbekiston Qahramoni,Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi, Mehnat shuhrati ordeni egasi Allaniyaz O‘teniyazovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Kombayn” badiiy filmida Murat Djumabayev bosh qahramonlardan biri A.O‘teniyazovning o‘g‘li rolini ijro etgan.
M.Djumabayev ilmiy va ijodiy ishlarida erishgan katta muvaffaqiyatlari uchun 2024-2025-o‘quv yilida A.Navoiy nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi. Joriy yilda 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Juqorg‘i Ken’esi Prezdiumining qarori bilan M.Djumabayev “Úmit ushqini” ko‘kirak belgisi bilan taqdirlandi.
Murat Djumabayevning ilk rejissyorlik ishi “Arbakesh” filmidir. Yosh ijodkor tomonidan suratga olingan film kuchli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lganligi va bugungi kunning dolzarb muammolarini o‘z ichiga olganligi tufayli film xalq orasida tezda ommalashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vaziri Ozodbek Nazarbekov Madaniyat Vazirligi tomonidan bu filmga 100 million so‘m mablag‘ ajratdi.
2025-yildan boshlab M.Djumabayev Qoraqalpog‘iston Teleradiokanali “Assalawma Áleykum Qaraqalpaqstan” ko‘rsatuvining boshlovchisi bo‘lib faoliyat yuritmoqda.