MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

BATIROVA AZIZA NEGMURATOVNA

BATIROVA AZIZA NEGMURATOVNA

Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik kafedrasi dotsenti

Batirova Aziza Negmuratovna 1980-yil 26-mart kuni Germaniyaning Magdeburg shahrida harbiy xizmatchi oilasida  tug‘ilgan. Millati tojik, ma’lumoti oliy.

1998-2002-yy. -Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi.

2002-2004-yy. - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistranti.

2005-2007-yy. - Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Bursel Toshkent tekstil” MChJ da rejalashtirish bo‘limi xodimi.

2007-2009-yy. - Toshkent viloyati Chirchiq Oliy tank qo‘mondonlik bilim yurtida umum-texnika fanlari kafedrasi kabinet mudiri.

2009-2014-yy. - Samarqand viloyati Jomboy yengil sanoat kasb-hunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi.

2014-2016-yy. - Toshkent viloyati Chirchiq sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida bo‘lim boshlig‘i.

2017-2021-yy. – Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik kafedrasi assistenti.

2021-2022-yy. - Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2022-y – h.v. - Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Pillachilik tarmog‘ining yetuk olimi, qishloq xo‘jalik fanlari doktori professor Sh.R.Umarovning ilmiy rahbarligida 2021-yilda “Tut ipak qurtining sanoat duragaylari texnologik xususiyatlariga ekologik omillarning ta’siri” mavzusida 06.02.04-Ipakchilik ixtisosligidan qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori.

2025-yilda esa «Tut ipak qurtining issiq iqlim sharoitiga mos tizim va duragaylarni yaratishning seleksion-texnologik asoslari» mavzusidagi 06.02.04-Ipakchilik ixtisosligidan qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.  Oilali, 2 nafar farzandi bor.

Kafedrada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va jamoaning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan A.N.Batirova ta’lim-tarbiya ishlarida ham faoldir. Talabalarga nafaqat bilim, balki kelajakda mustaqil hayotga qadam qo‘yishda kerak bo‘ladigan hayotiy tajriba va bilimlarini berishda charchamaydi. Talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda talabalar turar joyida hamma vaqt turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashda jonkuyar ustozdir.