MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

BABARAXIMOVA DILNOZA ABDUXALIKOVNA

BABARAXIMOVA DILNOZA ABDUXALIKOVNA

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti

Babaraximova Dilnoza Abduxalikovna 1982-yil 14-fevralda Toshkent shahri Olmazor tumanida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

1987-1996-yillarda Toshkent shahri Olmazor tumani 146-oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan.

1996-1998-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litseyida taʼlim olgan.

1998-yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti matematika-informatika mutaxassisligi bakalavr yoʻnalishiga oʻqishga kirgan hamda uni  2002-yilda tamomlagan.

2002-2004-yillarda ushbu universitetni magistratura yoʻnalishini tamomlagan.

2005-2006-yillarda InWent proyekti orqali Germaniyada “Elektronika-axborot texnologiyalari” yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirib kelgan. Germaniyada nemis tili boʻyicha Mittelshtufe 2 sertifikatini qoʻlga kiritgan.

2007-2018-yillarda Toshkent moliya institutida “Axborot texnologiyalari” kafedrasida katta oʻqituvchi lavozimida ishlagan.

2022-2024-yillarda Toshkent moliya instituti “Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalari” kafedrasida katta oʻqituvchi hamda  iqtidorli  yoshlar bilan ishlash maʼnaviy marifiy ishlar boʻyicha yetakchi mutaxassis boʻlib faoliyat yuritgan.

2023-yil noyabr oyida “Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tutgan oʻrni” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida  oʻz hissasini qoʻshgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida dasturlash boʻyicha bir nechta guvohnomalar muallifi.

“Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasida oʻquv dasturlarini yaratishda hamda oʻquv uslubiy qoʻllanmalar muallifidir.

2024-yil noyabr oyida “Raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada oʻz hissasini qoʻshdi.

2024-yil Ural davlat iqtisodiyot universitetida malaka oshirib “Raqamli moliya, xavfsizlik va infografika” dasturi boʻyicha sertifikatni qoʻlga kiritgan.

2024-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.