MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

BEKIMBETOVA AYNAGUL AMANGELDIEVNA

BEKIMBETOVA AYNAGUL AMANGELDIEVNA

Pedagogika fanlari doktori, dotsent

A.A. Bekimbetova 1977-yil 17- sentyabrda Nukus shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. 1998-yilda Nukus davlat pedagogika institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1999-2019-yillar oralig‘ida Qoraqalpoq davlat universitetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlagan. 2019-2025-yillarda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida kafedra mudiri, 2025-yildan hozirga qadar O‘zbekiston milliy universitetida faoliyat yuritib kelmoqda. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Iste’dod” jamg‘armasining grantiga sazovor Malayziya davlatidagi MAARA texnologiyalar universitetida “Pedagogika va innovatsion texnologiyalar” yo‘nalishi bo‘yicha bilimini oshirib keldi.

2010-yilda “Qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarga aqliy tarbiya berish dasturlari” (13.00.01 - pedagogika nazariyasi va tarixi) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.

2012-yilda yosh olimlar fundamental va amaliy tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlari bo‘yicha taklif etgan ilmiy loyihasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining grantini yutib oldi va ushbu loyihaga ilmiy rahbarlik qildi.

2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment” mutaxassisligi bo‘yicha “Dotsent” ilmiy unvoni berildi.

2017-yilda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi OAK ruyxatidagi jurnallarda, xorijiy mamlakatlar (Malayziya, Angliya, Rossiya, Germaniya, Qozog‘iston, Turkiya) Scopus va Web of Scieans bazalarida jurnallari va to‘plamlarida 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chop etildi. 1 ta monografiya, 3 ta oquv qo‘llanma, 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning muallifi. Oilali, turmush o‘rtog‘i bilan uch farzandni voyaga yetkazmoqda. Farzandlari va oliy ma’lumotli mutaxassislar bo‘lib voyaga yetdi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi tibbiyot, turizm sohalarida mehnat qilib kelmoqda.

Aynagul Bekimbetova 2019-yildan 2025-yilgacha Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Maktabgacha ta’lim va defektologiya” kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan davrida bir neсhta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan, 2020-yilda Fransiyaning INSHEA universiteti bilan shartnoma imzolandi. Shuningdek, 2021- yilda Kuban pedagogika universiteti, Abay nomidagi Qozoq milliy universiteti bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi. Natijada Kuban pedagogika universiteti, Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universitetidan olimlar hunarmandchilik fanlari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qishadi, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ilmiy-pedagogik faoliyat bo‘yicha tajriba almashish maqsadida seminar-treninglar, xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyalar tashkil etildi.

2021-yil 20-21-may kunlari “Maktabgacha ta’lim: tajribalar, muammolar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. 2023-yil 20-aprel sanasida dunyoning bir qancha mamlakatlari olimlari ishtirokida “Maxsus pedagogika: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyalar tashkil etildi. Konferensiyaga Rossiya Federatsiyasi Qozon (Volga viloyati) federal universiteti, Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti, Psixologiya fanlari bo‘yicha xalqaro akademiyasi doktorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari, Samarqand, Farg‘ona, Qo‘qon, Jizzax shaharlaridagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti olimlari ma’ruzalari bilan ishtirok etdi va Qoraqalpog‘istonda maxsus pedagogika sohasini rivojlantirish muammolari tahlil qilindi va ilmiy takliflar ishlab chiqildi.

“Maktabgacha ta’lim va defektologiya” kafedrasida 2020-2024 yillar oralig‘ida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin aloqa o‘rnatdi. Shulardan, inklyuziv ta’limni yo‘lga qo‘yish maqsadida Fransiyaning INSHEA universiteti bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Aynagul Bekimbetova Kuban davlat universitetida tashkil etilgan defektologiya va ta’limning hozirgi kundagi dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

2023-yil dekabr oyida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Aynagul Bekimbetova Qozog‘iston Respublikasi Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universitetida tajriba almashib, Maktabgacha ta’lim  fakultetida leksiya darslarini tashkil etib keldi.

2024-yilda A.Bekimbetova Turkiya davlatining Istanbul shahridagi Istanbul universitetida o‘tkazilgan Xalqaro Simpoziumda ishtirok etib keldi. Istanbul universitetidagi maktabgacha ta’lim, maxsus pedagogika, pedagogika kafedralarida hamkorlik ishlash bo‘yicha ishlarini rejalashtirib oldi.

2024-yil 4-aprel kuni Toshkent shahrida   Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Olima ayollar” ilmiy loyihalari tanlovi natijalari bo‘yicha taqdirlash marosimida  Aynagul Bekimbetovaning rahbarligida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 3-7 yoshli bolalar uchun qoraqalpoq xalq ertaklari va qo‘shiqlari asosida multimediali texnologiyalarni yaratish va ulardan foydalanish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi MTT misolida)” mavzusidagi loyihasi grantga ega bo‘ldi. Ushbu loyiha bo‘yicha ayni paytda ilmiy-tadqiqot ishlari muvaffaqiyatli olib borilmoqda.

2023-yilda A.Bekimbetova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i bilan 1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy ta’lim sohasida sidqidildan mehnat qilayotgani, yosh avlodning sifatli ta’lim olishida o‘zining fidokorona mehnati bilan namuna bo‘layotgani, oliy ta’lim tizimi rivojiga munosib hissasi uchun “Oliy ta’lim a’loсhisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 2023-yilda yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘lida ko‘rsatgan fidokorligi uchun pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A. Bekimbetova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

A.Bekimbetova belgilangan reja asosida ochiq darslar tashkil etib kelmoqda.

Hozirgi kunda A.Bekimbetovaning rahbarligida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 3-7 yoshli bolalar uchun qoraqalpoq xalq ertaklari va qo‘shiqlari asosida multimediyali texnologiyalarni yaratish va ulardan foydalanish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi MTT misolida)” mavzusidagi loyiha doirasida ilmiy jamoa bilan birgalikda    Qoraqalpog‘iston Respublikasining 16 ta tumanlarida tadqiqot ishi boyicha ishlar amalga oshirimoqda.

2024-yilda NDPI professori A.Pazilov va dotsent A.Bekimbetovalarning hammuallif-ligida “Uliwma pedagogika. General pedagogika” nomli qoraqalpoqcha-inglizcha o‘quv qo‘llanmasi, shuningdek, I.Xojaniyazova bilan hammualiflikda “Umumiy pedagogika” nomli oquv qo‘llanmalari  nashrdan chiqdi