Alimova Madinaxon Iskandar qizi 07.09.1993 yil, Toshkent shahri, Yunusobod tumanida tug‘ilgan.
2008-yil – 2011-yil – 3-son jahon tillari litseyida “Kamolot” YIH yordamchisi, boshliq oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
2009 yil – 2010 yil – Toshkent kimyo-texnologiya instituti kadrlar bo‘limi assistenti lavozimida ishlagan.
2013-yil - 2013-yil – 22-sonli mehribonlik uyida ingliz tili oʻqituvchisi – volonter boʻlib ishlagan – BMTning “Oʻzbekistonda ijtimoiy innovatsiyalar va volonterlik” loyihasida.
https://www.unv.org/Success-stories/standing-positive-change
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Gidromeliorasiya fakulteti, 11.00.05 “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” mustaqil tadqiqotchi, xamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan sanitariya-tozalash korxonalari uyushmasi investitsiya va istiqbolli loyihalar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi.
Dastavval, 2011-2015 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya Instituti “Biotexnologiya” yo’nalishini tamomlagan.
2015-2018 yillarda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” yonalishi xalqaro magistratura tamomlagan.
Bundan tashqari, bir nechta davlatlarga grant sohibi bolib borib kelgan, masalan Kyrgyzston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi.
2021-yil avgust – yozgi maktab dasturini muvaffaqiyatli yakunladi, “Zamonaviy jamiyatda shaxsning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi” mavzusida Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkazilgan 100% grant yutib oldi.
2021-2023 Global tinchlik zanjirida Global tinchlik elchisi sifatida taqdirlangan.
2022 yil mart - Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) suv siyosati sohasidagi tadqiqoti sohasida Markaziy Osiyo yosh tadqiqotchilari uchun “Diplomatiya uchun ilm” seminari muvaffaqiyatli yakunlandi, Tojikiston Respublikasida oʻtkazilgan bo’lib 100% grant yutib oldi.
2022 yil iyun – Qozog‘iston Respublikasidagi Qozog‘iston milliy agrar universitetida tuproqshunoslik, agrokimyo va ekologiya yo‘nalishida o‘tkazilgan Xalqaro yozgi maktabni muvaffaqiyatli tamomladi.
2022 yil IELTS uchinchi marta 6.0 bal bilan muvaffaqiyatli topshirdi.
2022 yil attestasiyadan o’tib 11.00.05 “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” fanidan besh yil muddati bilan guvohnoma qolga kiritdi.
Xozirgi kunda VAKga kirgan 10 dan ziyod ilmiy maqolalari mavjud.
2022 yilda Scopus bazasida ilmiy maqola “Biological treatment of industrial and domestic wastewater of a brewery in Uzbekistan” nashr etildi.
2022 yil sentabrda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Tashabbuskor islohotchi” xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovida ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
M.Alimovaning faoliyati davomida 20 dan ziyod pedagogikaga oid maqolalari Respublika, mintaqaviy hamda ommabop jurnal, gazetalarda chop etilgan.
Yaqinda Madina Xindistondagi maktablaridan biri Ekologiya mavsudagi "Tabiiy resurlar va chiqindilarni saralash va innovasiyalar" oquvchilarga online maruza o'tdi. Shu bilan birga 2022 yil mart oyida Toshkent shaxrida joylashgan maktablarning birida "Chiqindilarni boshqarishning axamiyati" mavzusida dars o'tdi.
Hozirgi kunda M.Alimovaning shogirtlari juda koʻp va ularning soni kundan kunga oshib bormoqda.
M.Alimova faoliyati davomida o‘zining xalqparvarligi, adolatparvarligi, fidoyiligi, tirishqoqligi, talabchanligi, o‘ziga bildirilgan ishonch va ma’suliyati, masalaga chuqur va tahliliy yondashishi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqida ham o‘z o‘rniga ega.
Mamlakatimizda olib borilayotgan ekologiya jarayonlarga munosabat bildiruvchi, ta’lim loyihalari ishlab chiqishda xalqchil va yurt ravnaqiga naf keltiradigan g‘oya va takliflari va o‘z pozitsiyasini bildirishga tayyor yoshlarda bilish faoliyatining aniq maqsadga yo’nalganligini shakllantirish, ta’lim va tarbiyani birgalikda olib borgan holda xalqimizga munosib ekologlarni yetishtirishni asosiy vazifasi sifatida biladi.