MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

AZIZOVA DILNOZA ZAXITXONOVNA

AZIZOVA DILNOZA ZAXITXONOVNA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

Аzizova Dilnoza Zaxitxonovna 1986-yil 28-yanvarda Namangan viloyati Uchqoʼrgʼon tumanida tugʼilgan. 1992-2001-yillarda Uchqoʼrgʼon tumani 24-umumiy oʼrta taʼlim maktabida, 2001-2004-yillarda Fargʼona viloyati, Yormazor akademik litseyida, 2004-2008-yillarda Namangan davlat universitetining oʼzbek tili filologiyasi fakultetini tamomlagan.

2023-2025-yillar davomida Аniq va ijtimoiy fanlar universitetining Psixologiya yoʼnalishida magistratura bosqichini tamomladi.

2000-yil oʼquvchi yoshlar oʼrtasida oʼtkazilgan “Yosh ijodkorlar” koʼrik tanlovi gʼolibi, 2007-yilda Respublika ijodkor yoshlarining “Zomin anjumani”da ishtirok etib, “Yoshlik kuychisi” nominatsiya gʼolibi boʼldi. Pedogogik ish faoliyatini 2008-yilda Uchqoʼrgʼon kasb-hunar kollejida boshlagan. 2010-2017-yillarda Namangan tibbiyot kollejining oʼzbek tili va adabiyoti, davlat tilida ish yuritish fanlari katta oʼqituvchisi sifatida olib borgan.

2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat targʻiboti markazi Namangan viloyati boshqarmasi mutaxassisi, Namangan shahar 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida, 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashining OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi, 2019-2020-yillarda partiyaning Toʻraqoʻrgʻon tuman Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan va mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy sohadagi islohotlarga oʻzining faol hissasini qoʻshgan.

2024-yilning noyabr oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi qoʻmitasi aʼzosi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Azizova Dilnoza Zaxitxonovna 2020-2021-yillarda Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Oʻtgan yillar davomida mamlakatimizdagi eng katta siyosiy jarayonlarda ishtirok etib, asosiy Qomusimiz–Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririga bir qator takliflar bergan.

2021-2024-yillarda “Yangi Oʻzbekiston-yoshlar ziyo maskani” axborot kutubxonasi direktori, 2022-2024-yillarda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Namangan viloyati Kengashining raisi(jamoatchilik asosida) faoliyat yuritgan.

D.Azizova 2024-yilda Turkiya davlatida oʻtkazilgan “Xalqaro turk dunyosi madaniyat va sanʼat anjumani”da Oʻzbekiston vakili sifatida ishtirok etdi.

U mamlakatimizda oʻtkazilayotgan xalqaro va respublika ilmiy-amaliy, ijodiy anjumanlarda faol ishtirokchisi hamdir. Jumladan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti hamda “Science and innovation” jurnali hamkorligida oʻtkazilgan “Murakkab muammolar bilan yuzlashayotgan zamonaviy taʼlim va psixologiya: Shaxsiy rivojlanishga taʼsir etuvchi sinergetik yondashuv muammolari” mavzusidagi, Chirchiq davlat pedagogika universitetida oʻtkazilgan "Matematika va axborot texnologiyalari fanlari integratsiyasida yangi metodlar va innovatsiyalar" mavzusida, Namangan davlat pedagogika universitetida oʻtkazilgan “Maktabgacha taʼlimda kompetensiyaviy yondashuv masalalari: muammo va yechimlari” mavzusida, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oʻtkazilgan “Ipak yoʻli va turk dunyosi: madaniyatlar almashinuvida til, adabiyot, tarjima va gastronomik turizm integratsiyasi” mavzusida, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedogogikasi milliy institutida oʻtkazilgan “Mutafakkirlar va jadid maʼrifatparvarlarining tarbiya turlariga oid taʼlimotlari hamda undan foydalanish mexanizmlari” mavzusidagi bir qator xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy, pedagogik va psixologik tadqiqiy maqolalari va dolzarb mavzulardagi chiqishlari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Uning “Boshqaruvdagi ayollarning qadriyatlarini oʻziga xosligi” mavzusidagi magistrlik ishi mavzusi, hozirgi zamon rahbar ayollarining boshqaruvdagi oʻrnini belgilash,  bunda duch kelinadigan muammolar va yechimlarga tahliliy yondashuvi va tavsiyalari amaliyotga qoʻllanib, rahbar ayollarning boshqaruv faoliyatida koʻmakchi boʻlib xizmat qilmoqda.

D.Azizovaning insonning psixologik qarashlarida qadriyatlar tushunchasi xususidagi tadqiqotlari yuzasidan yozgan bir qator maqolalari nufuzli anjumanlar va xalqaro jurnallarda chop etilgan. Uning, “Psixologik tadqiqotlarda qadriyat tushunchasi talqini”, “Rahbar ayol shaxsi psixologik fonomen sifatida”, “Qadriyatlarga yoʻnalganlik shaxsning murakkab ijtimoiy-psixologik komponenti”, “Rahbar ayolning ijtimoiy psixologik rivojlanishida sinergetik yondashuvlarning ahamiyati” mavzusidagi maqolalari davlat boshqaruvida xotin-qizlarning oʻrni, ularning boshqaruvdagi psixologik xususiyatlari va unda xalqimizning azaliy qadriyatlari tushunchasi aks ettirilgan.

Azizova Dilnoza Zaxitxonovna hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi sifatida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, u oʻz faoliyat davrida xalqaro va Respublika darajasidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashib, ilm-fan rivojiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.