MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

AXMEDOVA ZUHRA MURZABEKOVNA

AXMEDOVA ZUHRA MURZABEKOVNA

Pedagogika fanlari nomzodi, professor

Axmedova Zuxra Murzabekovna 1964-yil 11-iyunda Toshkent shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy.

Taʼlimi va ilk mehnat faoliyati:

1981–1983-yillarda P.F. Borovskiy nomidagi Toshkent shahar tibbiyot bilim yurtida tahsil olib, uni imtiyozli diplom bilan tugatdi.

1983–1984-yillarda M. Ulugʻbek tumanidagi 5-bolalar kasalxonasida hamshira boʻlib ishladi.

1984-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga oʻqishga kirib, 1989-yilda Defektologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirdi. Shu yili “Oligofrenopedagogika va logopediya” kafedrasida oʻqituvchi lavozimida ish boshladi.

Mehnat faoliyati:

1989–1999-yillarda — “Oligofrenopedagogika va logopediya” kafedrasida oʻqituvchi.

2002–2007-yillarda — “Maxsus pedagogika” kafedrasida katta oʻqituvchi.

2007–2011-yillarda — Maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlari boʻyicha dekan muovini.

2011–2013-yillarda — “Korreksion pedagogika” kafedrasi dotsenti v.b.

2013–2014-yillarda — Defektologiya fakulteti dekanining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha muovini.

2014–2015-yillarda — “Korreksion pedagogika” kafedrasi dotsenti v.b. (oʻrindoshlik asosida fakultetning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini).

2017–2019-yillarda — “Korreksion pedagogika” kafedrasi mudiri.

2019–2025-yillarda — “Logopediya” kafedrasi dotsenti.

2025-yildan hozirgi vaqtgacha — “Logopediya” kafedrasi professori v.b.

Z.M. Axmedova o‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida hamkorlikka asoslangan va shaxsga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bakalavriat bosqichida “Logopediya II (Yozma nutq buzilishi)”, “Logopedik o‘yin”, “Logopediya I”, “Inklyuziv ta’lim”, “Erta tashxis va abilitatsiya” fanlaridan; magistratura bosqichida “Bolalarda o‘qish buzilishlarini bartaraf etishda logopedik ish”, “O‘smir va kattalar bilan olib boriladigan logopedik ish”, “Og‘ir intellektual va murakkab nuqsonli bolalar reabilitatsiyasi” fanlaridan; magistratura bosqichining rus guruhida “Логопедическая работа по устранению нарушений чтения у детей”, “Методология научного исследования”, “Реабилитация детей с тяжелыми интеллектуальными и сложными нарушениями” fanlaridan talabalarga ta’lim berib kelmoqda.

2009-yilda professor, p.f.d. L.R. Muminova rahbarligida “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida disgrafiyani bartaraf etishda logopedik ish tizimi (2–4-sinflar misolida)” mavzusida 13.00.03 — maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2019-yilda Universitet ilmiy kengashidan muvaffaqiyatli o‘tib, OAKga topshirilgan hujjatlar ijobiy baholanib, Z. Axmedovaga dotsent unvoni berildi.

Z.M. Axmedova o‘zining 35 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida universitet va fakultet miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab konferensiyalar, ilmiy-nazariy seminarlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 2008–2012-yillarda universitet va fakultet miqyosida o‘tkazilgan talabalarning ilmiy-nazariy seminarlarida uning rahbarligida 70 dan ortiq talaba ishtirok etgan. Shulardan 7 nafar talaba fakultet miqyosida 1–2-o‘rinlarni, 1 nafar talaba esa universitet miqyosida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2011–2012 oʻquv yilida “Korreksion pedagogika” toʻgaragiga, 2018–2020-yillarda esa “Nutq oʻstirish” toʻgaragiga rahbarlik qilib, talabalarni defektologiya sohasiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, metodik yordam koʻrsatish yoʻlida faol ish olib bordi.

Toʻgarak faoliyati natijasida ota-onalar uchun “Bolalar nutqini rivojlantirishda ertak terapiyasining oʻrni” nomli metodik yoʻriqnoma chop etildi.

2013-yilda “Taʼlim muassasalari boshqaruvi” kursini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatga ega boʻldi.

2014-yilda — Respublikamizda xotin-qizlarning ijtimoiy-maʼnaviy hayotida oʻzining aql-zakovati, fidoyiligi va matonati bilan katta yutuqlarga erishgani, davlat va jamiyat qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish, siyosiy-huquqiy ongini shakllantirish hamda targʻibot-tashviqot ishlaridagi faol ishtiroki uchun;

2015-yilda — talaba-yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan komil inson etib tarbiyalash, ularni ona Vatanga mehr-muhabbat va milliy gʻoyaga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, universitetda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishdagi faol ishtiroki uchun;

2016-yilda — “Eng faol maʼnaviyat targʻibotchisi” nominatsiyasida ishtirok etgani;

2016-yilda — bitiruvchi bosqich talabalarining pedagogik amaliyotini tashkil etish va oʻtkazishdagi faolligi hamda fidoyiligi uchun universitet rektori tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi;

2019-yilda — “Eng yaxshi guruh murabbiyi” tanlovida ishtirok etib, universitet rektori tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

2017–2020-yillarda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida tashkil etilgan “Создания системы качественного непрерывного инклюзивного образования” mavzusidagi BF-1-001 loyihasida o‘rindoshlik asosida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritdi.

Loyiha doirasida 2016-yil 21–22 sentyabr kunlari Yevropa Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Инклюзивное образование в Узбекистане: Жить вместе – учиться” mavzusidagi yakuniy konferensiyada, shuningdek, 2017-yil 31-yanvar va 1-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan “Социальная инклюзия. Новые взгляды в социализации детей” mavzusidagi xalqaro konferensiyada faol ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlandi.

2017-yil noyabr oyida shahar miqyosida umumta’lim maktablari logopedlari uchun o‘tkazilgan seminarda “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutq buzilishlarini bartaraf etishda korreksion-logopedik ish tizimi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi va sertifikat bilan taqdirlandi.

2018-yil 10-yanvarda 480-sonli MMTMda logopedlar uchun o‘tkazilgan “Korreksion-logopedik ish tizimi” mavzusidagi seminarda “Logopedik ishlarni tashkil etish” mavzusi bilan ishtirok etdi va sertifikat bilan taqdirlandi.

2018-yil 18–19-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Социальная защита детей в Узбекистане: передовой отечественный и зарубежный опыт” xalqaro konferensiyasida “Включение в общеобразовательный процесс детей с ограниченными возможностями здоровья” mavzusidagi maqola bilan ishtirok etdi.

2019-yil 21–22-noyabr kunlari O‘zbekistonda bola va oilaning farovonligini ta’minlash, shuningdek, Bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaning 30-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro forumda “Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etishning samaradorligi” mavzusidagi ma’ruza bilan qatnashdi va sertifikat bilan taqdirlandi.

2019-yil Defektologlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Didaktik qo‘llanma” mavzusidagi seminarda ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.

Z.Axmedova Nizomiy nomidagi TDPU va M. Tank nomidagi BGPU talabalari uchun 1-03.03.03 kunduzgi bo‘lim Logopediya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma o‘quv rejalarini tayyorlash hamda onlayn konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtirok etdi.

Z.M.Axmedova ilmiy rahbarligida:

  • 2021-yilda Achilova Sevara “Dizartriya nutq kamchiligiga ega bolalar nutqining fonetiko-fonematik tomonini korreksiyalash ish tizimi” mavzusida;
  • 2023-yilda Logopediya kafedrasi o‘qituvchisi Mamatova Aziza “Inklyuziv ta’lim sharoitida imkoniyati cheklangan bolalar nutqini folklor asosida rivojlantirish” mavzusida;
  • 2025-yilda Logopediya kafedrasi o‘qituvchisi Zakirova Sarvinoz “Bo‘lajak logopedlarni korreksion ishlarni loyihalashtirishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish” mavzusida — 13.00.03 Maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Z.M.Axmedova 2022-yildan buyon O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi IMK a’zosi. Yaratilayotgan darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni ekspertizadan o‘tkazish, ularni ta’lim tizimida qo‘llash bo‘yicha xulosa berish, shuningdek, tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlarida faol ishtirok etadi. O‘z faoliyati davomida bir qator darsliklarni tahlil qilib, taqrizlar muallifi bo‘lgan.

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun 13.00.03 – Maxsus pedagogika (Logopediya) ixtisosligi bo‘yicha yozilgan 10 dan ortiq dissertatsiyalar hamda bir qator metodik qo‘llanmalarga taqrizchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Z.M. Axmedova 2021-yil 24–27 noyabr kunlari Anqara shahridagi “Gazi” universitetida o‘tkazilgan I-Xalqaro konferensiyada “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozma nutq kamchiliklarini oldini olish va bartaraf etish” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

2022-yil 16–18 noyabr kunlari Anqara shahri “Gazi” universitetida bo‘lib o‘tgan II-Xalqaro konferensiyada “Umumta’lim maktablari sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida disgrafiyaning ilmiy-metodik aspektlari” mavzusida ma’ruza bilan qatnashib, sertifikat bilan taqdirlandi.

2024-yil 16–19 aprel kunlari Ozarbayjon Respublikasi Boku-Slavyan universitetida “Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada “Командная работа — как фактор повышения эффективности процесса инклюзивного образования” mavzusida ma’ruza o‘qib, sertifikat bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 2024-yil 8–12 oktyabr kunlari Yassaviy nomidagi Qozoq–Turk universitetida “O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkil etilishi” mavzusida mobillik almashinuvi doirasida xizmat safarida bo‘lib, 36 soatlik ma’ruza o‘qidi va o‘zaro tajriba almashinuvida ishtirok etdi.

2025-yil 26–30-may kunlari Z. Axmedova tomonidan Akademik E.A. Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti Pedagogika fakulteti talabalariga mobillik almashinuvi doirasida “Logopediya” fanidan 36 soatlik dars o‘tilgan.

Z.M. Axmedovaning maqolalari Turkiya, Ozarbayjon, Polsha, Qozog‘iston, AQSh kabi xorijiy mamlakatlarning ilmiy jurnallarida chop etilgan.

Bakalavriat yo‘nalishida 100 dan ortiq talabalarining bitiruv malakaviy ishlari (BMI) hamda 50 dan ortiq magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilib kelmoqda.

Zuxra Murzabekovna Axmedova xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy–amaliy konferensiyalarda o‘z maqolalari bilan muntazam ishtirok etib keladi. U tomonidan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Shuningdek, u bir qator ilmiy-metodik ishlar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar muallifi.

Asosiy asarlaridan:

  • “Barmoqlar mashqi va logopedik o‘yinlar” — o‘quv-uslubiy qo‘llanma.
  • “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutq kamchiliklarini bartaraf etishda logopedik ish tizimi” — o‘quv-uslubiy qo‘llanma.
  • “Umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan logopedlarning ishi” — instruktiv-metodik yo‘riqnoma.
  • “Logopedik o‘yin” — darslik.
  • “Maxsus ta’limda innovatsion yondashuv” — o‘quv-uslubiy qo‘llanma.
  • Professor L. Muminova va dotsent Sh. Shomaxmudova bilan hamkorlikda “Inklyuziv ta’lim” o‘quv qo‘llanmasi.
  • Professor M. Ayupova bilan hamkorlikda “Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar reabilitatsiyasi” darsligi.
  • “Turli nutq buzilishlarida logopedik massaj texnologiyalari” — o‘quv qo‘llanma.
  • “Logopediya (Yozma nutq buzilishlari)” — o‘quv qo‘llanma.
  • “Инклюзивное образование: проблемы и пути решения” — hamkorlikdagi monografiya.

 Z.M. Axmedova universitet, fakultet va kafedra miqyosida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda hamda ularni tashkillashtirish jarayonida faol ishtirok etadi. Jumladan, u talaba qizlar bilan “Kiyinish madaniyati” mavzusida uchrashuvlar oʻtkazgan, AOV Toshkent telekanalida “Defektologiya: kecha va bugun – Siz nima deysiz?” mavzusidagi tok-shouda qatnashgan, shuningdek, “Qaynonam – mening onam” shiori ostida oʻtkazilgan Qaynonalar uchrashuvini tashkil etishda faol ishtirok etgan. Mazkur tadbir OAVda yoritilgan.

Fakultet miqyosida oʻzbek milliy liboslariga mehr uygʻotish va ularni ommalashtirish maqsadida oʻtkazilgan “Xon Atlas” festivalida, Chilonzor tumanidagi A.P. Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlarda, 3-dekabr — “Nogironlar kuni” munosabati bilan kafedra professor-oʻqituvchilari va talabalar bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan maxsus maktab oʻquvchilariga sovgʻalar topshirish tashabbusida faol ishtirok etgan.

Shuningdek, fakultet talabalari istiqomat qiladigan 7-TTJda “Besh tashabbus: yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish” mavzusidagi tadbirlarni tashkil etishda bevosita ishtirok etgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlar ijodiy merosini talaba-yoshlar oʻrtasida targʻib qilish va Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 502-son qaroriga muvofiq, Abdulla Avloniy nomidagi stipendiya taʼsis etilgan.

2023–2024 oʻquv yili uchun Abdulla Avloniy stipendiyasini tayinlash boʻyicha Toshkent davlat pedagogika universiteti rektorining 2023-yil 18-apreldagi 93-U-sonli buyrugʻi qabul qilingan. Tanlov Abdulla Avloniy nomidagi stipendiya Nizom talablari asosida oʻtkazildi.

Dotsent Z. Axmedova rahbarligida ustoz-shogird tizimi doirasida Nizamova Malika Ravshan qizi ushbu nufuzli stipendiyaga sazovor boʻldi.

Z. Axmedova boʻlajak avlodni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyali, yurtimizning munosib farzandlari, kuchli bilim egalari va yetuk mutaxassislar sifatida voyaga yetishlarida oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda. U hamkasblari va talabalarga yordam berishda doimo tayyor, oʻz malakasini, ilmiy-nazariy va uslubiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish ustida qatʼiyat va sabr-toqat bilan ishlaydi.

Kamtarin, talabchan, jonkuyar ustoz sifatida toʻgʻri soʻzligi, masʼuliyatliligi va samimiyligi bilan professor-oʻqituvchilar hamda talabalar orasida katta hurmatga sazovor. Oilali, bir nafar farzandning onasi.