Atamurodov Saidmurod Yaxyoyevich 1980-yilda Samarqand viloyati Poyariq tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi. 6 nafar farzandning otasi.
1987-1995-yillarda Samarqand viloyati Poyariq tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi 20-oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan.
1995-yilda S.H.Sirojiddinov nomidagi fizika, matematika va informatika fanlariga ixtisoslashgan Akademik litseyga tanlov asosida oʻqishga kirib, 1997-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan.
S.Atamurodov 1998-2002-yillarda Toshkent moliya institutining “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini hamda 2005-2007-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichida “Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili” ixtisosligi boʻyicha tahsil olgan. 2002-2003-yillarda Toshkent bank kollejida “Muhandis dasturchi”, 2003-2007-yillarda “Buxgalteriya hisobi” kafedrasida katta oʻqituvchi, yetakchi oʻqituvchi kabi lavozimlarida ishlagan. 2009-2020-yillar “Moliya va buxgalteriya kafedrasi katta oʻqituvchisi, “Moliya va buxgalteriya hisobi” boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2007-2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, ishlar boshqarmasida yetakchi mutaxassis va EHM operatori lavozimlarida ishlagan.
Atamurodov Saidmurod Yaxyoyevich 2021-yildan Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti “Audit” kafedrasida mustaqil izlanuvchisi sifatida “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda pul oqimlari tahlili va auditini takomillashtirish” mavzusida tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Atamurodov Saidmurod Yaxyoyevich tomonidan dissertatsiya mavzusiga oid jami 17 ta ilmiy ishlar nufuzli nashrlarda maqola va tezislar chop etilgan. Shundan OAK talablari boʻyicha 9 ta maqola, shundan 3 tasi xorijda nashr qilingan, Shuningdek 8 ta tezislari mavjud, shundan 3 tasi xorijning nufuzli ilmiy–amaliy konferensiyalarida chop etilgan.
S.Atamurodovning “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda pul oqimlari tahlili va auditini takomillashtirish” mavzusida PhD doktorlik dissertatsiyasi mavzusi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yil 3-son Byulletenida eʼlon qilingan.
Tadqiqotchi ixtisoslik fani va xorijiy tildan malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan.
S.Atamurodovning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi ilmiy natijalari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va uning tarkibidagi 2 ta yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlarda hamda Oʻzbekiston auditorlar palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilganligi toʻgʻrisida tegishli bayonnomalar va maʼlumotnomalar rasmiylashtirilgan. Dissertatsiya himoyasi boʻyicha dastlab 2024-yil 16-oktabrida kafedralararo ilmiy seminarda va 2025-yil 18-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU)da muammoviy Ilmiy seminarda PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilindi va uni keyingi bosqichida himoya qilish uchun TDIU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSс.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengashga tavsiya etilgan.
Ilmiy tadqiqot ishlaridan bazilarini quyida taʼkidlab, sanab oʻtsak:
"Аудит денежных пoтoкoв: рентабельнoсть, изучение и эффективнoсть" // “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida hisob-tahlil va audit tizimini rivojlantirishda ustuvor yoʻnalishlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallar toʻplami. –T.: TDIU 2023-yil, 5-dekabrda tezis eʼlon qilingan.
Pul оqimlаri haqidagi hisоbоtning mohiyati va uni tuzishni takomillashtirishning ayrim jihatlari. // “Agroiqtisodiyot” ilmiy-amaliy agrar iqtisodiy jurnali, 4 (30) 2023-yil, 5 b.
Значение показателей эффективности инвестиций в отчете о движении денежных средств и его улучшении. // Актуальные проблемы предпринимательства в торговле в условиях цифровой экономики. Материалы Международной научно-практической конференции в рамках Всемирной недели предпринимательства РЭУ им. Г.В. Плеханова, 2023-yil, 15-16 noyabr (ISBN 978-5-466-07361-4). 260-266 b.
Pul oqimlarini guruhlash mezonlari boʻyicha tasniflashni kengaytirish. // “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” jurnali, 2024-yil, iyul. № 7-son. 202-208 b.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda pul oqimlarini boshqarish samaradorligini tahlil qilishning konseptual modellari. // “Aktual moliya va buxgalteriya hisobi” ilmiy jurnali – Т.: 2024-yil, 2-son, 102-112 b.
Xorijiy tajriba asosida pul oqimlarini samarali boshqarishda sifat koʻrsatkichlarini joriy etish va uni takomillashtirish. // “Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil” ilmiy elektron jurnal – Т.: 2024-yil, iyul. № 7-son. 15-28 b.
Pul oqimlari auditi tashkil etishda auditning xalqaro standartlarini qoʻllashning dolzarb masalalari // “Barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashning konseptual jihatlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari toʻplami, -T.: TDIU, 2024-yil, 15-aprel, 514 b.
The essence of the cash flow statement and the necessity for improving its preparation. World Economics & Finance Bulletin (WEFB) Available Online at: https://www.scholarexpress.net Vol. 38, September, 2024 ISSN: 2749-3628.
Pul oqimlarini samarali boshqarish uchun koʻp faktorli tahlil qilishning konseptual modeli. //“Fan va iqtisodiyotning oʻzaro hamkorligi – modernizatsion va innovatsion rivojlanish asosi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman toʻplami. –T.: “Qaraqalpaq mámleketlik universiteti” 2024-yil, 15-oktabr 580-583 b.
Prezidentimiz tabri bilan aytganda endilikda Insonlarni ishga olishda "Obyektivka"dan voz kechish va oʻrniga har bir shaxsning erishgan yutuqlari va KPI koʻrsatkichlari boʻyicha ishga qabul qilinishi e’tirof etilmoqda. Bu borada S.Atamurodovning KPI koʻrsatkichi 2024-2025-oʻquv yilida 70% etib baholangan. Shuningdek, "Google Академия" ijtimoiy tarmoqdagi h-indeksi 12 ekanligi yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Saidmurod Atamurodov muallifligida 2004-yilda adadi 400 nusxada "Statistikaning umumiy nazariyasi fanidan masalalar toʻplami", 2012-yilda 10046 nusxada (1-nashr) "Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi" oʻquv qoʻllanmasi Respublikamiz Oliy ta’lim tizimida ommalashdi. Shuningdek mazkur qoʻllanma Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmalari asosida yana 5 ta nashri chop etilgan. 2024-yilda kasb-hunar maktablari va texnikumlari oʻquvchilari uchun "Buxgalteriya hisobi nazariyasi" oʻquv qoʻllanmasi, 2024-yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmalari va tanlovlari asosida adadi 775 nusxada professional ta’lim muassasalari (texnikumlari) uchun "Audit" oʻquv qoʻllanmasi, 2023-yilda oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun "Auditning xalqaro standartlari" oʻquv qoʻllanmasi, "Davlat sektorida ichki audit" kabi adabiyotlari ommalashgan. Shu bilan birga 2ta mualliflik guvohnomasiga ega hisoblanadi.