MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ASRANBAYEVA MUNOJATXON XALIMJONOVNA

ASRANBAYEVA MUNOJATXON XALIMJONOVNA

Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi professori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Asranbayeva Munojatxon Xalimjanovna, 1976 yil 19 sentyabrda Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan, millati – o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

1983-1993-yilning Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani 4-o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan.

1997 yilda Namangan davlat universitetining Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi mutaxassisligini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2000-yildan Namangan davlat universiteti “Ijtimoiy psixologiya” kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan.

2020-yil O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston ayollarining 100 eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovining yakuniy bosqichida o‘z innovatsion loyihasi bilan qatnashganligi uchun taqdirlangan.

2021 yildan buyon pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

2023-yil 28-fevralda 13.00.01-“Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni bilan taqdirlangan. Pedagogika, maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim fanlari bo‘yicha bugunga qadar  79 ta ish e’lon qilgan, shulardan 8 ta darslik,  7 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya,  6 ta uslubiy qo‘llanma, 5 ta uslubiy ko‘rsatma, 56 ta ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. Ulardan institut o’quv jarayonida professor-o’qituvchilar va talabalar unumli foydalanmoqda. 2023-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining 25-sentyabrdagi 433-sonli buyrug‘iga asosan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.

2023-yil 23-apreldan 8-mayga qadar davlatimiz rahbarining qator qarorlari ijrosi asosida pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi OTMlar faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida Finlyandiyaning Helsinki, Jyvaskyla, Kareliya va JAMK amaliy fanlar hamda pedagogika institutlarida   malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan.

2024-yil 4-11-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 6-yanvardagi 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab “Hayot maktabi” dasturi doirasida pedagogik sinflar tashkil etish boʻyicha 03_RA 1-311-sonli topshirig‘iga asosan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan  Maksim Tank nomidagi Belorus davlat pedagogika universitetida malaka oshirdi.

2024-yil “INNOWOMENWEEK-2024” ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida o‘tkazilgan “Ixtirochi ayollar-2024” ko‘rgazmasida o‘z ishlari bilan ishtirok etib munosib taqdirlangan. Bir qator iqtidorli shogirdlari nomdor stipendiyalar sovrindori bo‘lishgan.

Jumladan Sultonov Shoxrux O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTVning 2022 yil 14-fevraldagi 52-sonli buyrug‘iga binoan Prezident Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.

2023-2024-o‘quv yilida “Ustoz-shogird” tizimi asosida faollik ko‘rsatayotgan iqtidorli talabasi Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi “Islohotlar bilimdoni” Respublika tanlovi  3-o‘rin sohibi bo‘lgan.

2024-yil 27-iyunda Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev farmoniga binoan  “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabasi Aliyeva Matluba Jakbaraliyevna O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining  2024 yil 4-fevraldagi 516-sonli buyrug‘iga binoan Islom Karimov nomidagi  davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.

M.X.Asranbayeva Namangan davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Ta’lim va taraqqiyot” nomli ilmiy-uslubiy jurnal tahririyat a’zosi.