Askarova Maftuna To‘lqin qizi 1999-yil 8-may Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
2006-2009-yillarda Buxoro viloyati Qorako‘l tumani 29-o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan.
2010-2014-yillarda tanlov asosida Qorako‘l tumanidagi 52-sonli ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktab internatida ta’lim olgan.
2015-yilda Buxoro viloyati ona tili va adabiyot fanidan o‘tkazilgan viloyat miqyosidagi olimpiadasi 3-o‘rin sohibi sifatida imtiyoz asosida Buxoro viloyati 3-son akademik litseyga o‘qishga kirgan hamda uni 2018-yilda tamomlagan.
2018-yil Respublika miqyosida o‘tkazilgan ona tili va adabiyot bo‘yicha fan olimpiadasida faxrli 2-o‘rin sohibi sifatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga imtiyozli tarzda qabul qilinadi va ushbu universitetning Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishida bakalavr darajasini 2021-yilda tamomlaydi.
2022-2024-yillarda ushbu universitetning Qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishida magistrlik darajasini tamomlaydi.
2025-yil Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tayanch doktoranturasiga qabul qilingan.
Ijodiy faoliyati:
2014-yil “Gulzorim” nomli she’riy to‘plami Buxoro viloyatida nashr qilingan.
2018-yil “Adab gavhari” nomli gazetaning she’riy ruknida she’riy namunalari chop etilgan.
Ilmiy izlanishlar:
2018-yil 30-mayda Respublika miqyosida o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fan olimpiadasida 2-o‘rin sohibi.
2018-yil faolligi uchun universitet tomonidan taqdirlangan.
2019-yil ko‘gillilar jamoasida universitet talabalari tomonidan yig‘ilgan “Lingua skill studies” jurnalining tahririyat a’zosi sifatidagi faoliyati uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
2018-yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan xorijiy professor rochelle Almeidaning “English Writing Skills Workshop” treyningida faol ishtiroki uchun taqdirlangan.
2018-yil Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan universitet talabalari miqyosida o‘tkazilgan “Yilning eng a’lochi talabasi” ko‘rik tanlovi g‘olibiva ko‘krak nishoni sohibi.
20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Mahalliy va xorijiy jurnallar hamda konferensiyalarda chop etilgan.
2020-2024-yillar oralig‘ida Edu Action tomonidan tashkil etilgan va xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi bir qator treyninglarda faol ishtiroki uchun taqdirlangan.
2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublika Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan olib borilgan til bilish darajasini aniqlovchi ko‘p darajali test sinovi bo‘yicha (Multilevel) malaka oshirish kurslarini tamomlagan.
2018-yilda Britanya universitetlarining OpenLearn online platformasida turli dasturlarni tamomlagan va sertifikatlar bilan taqdirlangan.
2021-yil Xalqaro til bilish darajasini aniqlash test tizimi IELTS dan 7,5 hamda 2024-yil milliy til bilish test sinovi Multileveldan C1 darajalar sohibi.
Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Qiyosiy tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishi tayanch doktorantura talabasi hamda “Ingliz va o‘zbek badiiy diskursida konseptual axborotni ifodalashning kognitiv tamoyillari” nomli ilmiy ish ustida izlanmoqda.