MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

ASHIROV YUSUFBOY RAXIMBERGANOVICH

ASHIROV YUSUFBOY RAXIMBERGANOVICH

Toshkent davlat agrar universiteti Agrobiologiya fakulteti dotsenti

Ashirov Yusufboy Raximberganovich 1986-yil 25-martda Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida ziyoli oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

1992-2003- yillarda Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani 46-oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan.

2005-2009-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Yer tuzish va yer kadastri fakultetida bakalavr yoʻnalishida tahsil olgan.

2009-2011-yillarda “Yer tuzish va yer kadastr” yoʻnalishi  magistraturasida tahsil olgan.

2011-2013-yillarda Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir qurilish va transport kasb hunar kollejida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

2013-2015-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti, Agrobiologiya fakulteti, “Dehqonchilik va melioratsiya asoslari” kafedrasida assistent, 2015-2018-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti dehqonchilik va qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi kafedrasi assistenti, 2018-2020-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi assistenti boʻlib faoliyat yuritgan.

2020-2021-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi katta oʻqituvchi, 2022-2023-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi dotsenti.

2021-2024-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining doktoranti.

Yu.R.Ashirov tomonidan bugungi kunga qadar 100 ga yaqin ilmiy maqolalari, 14 ta darslik, 16 ta oʻquv qoʻllanma, 18 ta uslubiy qoʻllanma, 12 ta monografiya, 9 ta DGU EHM dasturlari va 8 ta tavsiyanoma chop etilgan.

Yu.R.Ashirovning 2024-yildan buyon Toshkent davlat agrar universitetining “Dehqonchilik va melioratsiya” kafedrasida dotsent boʻlib, Agranomiya, meva-sabzavotchilik va uzumchilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi va Oʻrmonchilik va oʻrmon melioratsiyasi yoʻnalishlari talabalariga “Melioratsiya va yer tuzish”, “Muhandislik geodeziyasi va topografik chizmachilik” hamda “Dehqonchilik va melioratsiya” fanlaridan maʼruza, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini olib borgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi bilan tuzilgan 2023-yil 14-iyuldagi shartnomaga asosan Toshkent davlat agrar universitetining “Dehqonchilik va melioratsiyasi” kafedrasi AL-5621111999 raqamli “Oʻzbekistonning turli-iqlim sharoitlarida choy oʻsimligini introduksiya qilish va yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish” ilmiy amaliy loyihada katta ilmiy xodim sifatida ishlab kelgan.

Hamda Toshkent davlat agrar universitetida fidoiylik namunalarini koʻrsatib, qilayotgan oʻz mehnati bilan jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va maʼnaviy–maʼrifiy rivojlanishiga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Shuning bilan birga oilali 3 ta farzandning otasi.

2025-yil “Tabiiy iqlim oʻzgarishida gʻoʻza navlarini sugʻorishda suvdan samarali foydalanish dinamikasini boshqarish texnologiyalarining ilmiy-amaliy asoslari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ilmiy ishini himoya qilib, texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan.

2024-yildan beri Toshkent davlat agrar universiteti Agrobiologiya fakultetining “Dehqonchilik va melioratsiya” kafedrasida oʻrindosh asosida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda hamda 2025-yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.