MENING MUVAFFAQIYAT YO'LIM

BIOGRAFIK ENSIKLOPEDIYASI

AROYEV DILSHOD DAVRONOVICH

AROYEV DILSHOD DAVRONOVICH

Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakulteti dekani. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.

Aroyev Dilshod Davronovich 1979-yil 23-avgustda Buxoro viloyati Olot tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

1986-1992-yillarda Buxoro viloyati Olot tumani 1-o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan.

1992-1996-yillarda tanlov asosida Olot tumanidagi fizika-matematikaga ixtisoslashgan 31-sonli iqtidorli bolalar maktab internatida ta’lim olgan.

2001-2005-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti matematika va informatika ta’lim yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tugangan.

2005-2007-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi Matematika mutaxassisigini imtiyozli diplom bilan tugangan.

2007-2013-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti Matematika va informatika kafedrasi o‘qituvchisi.

2013-2019-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti devonxona mudiri.

2019-2021-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2021-2025-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika Matematika kafedrasi mudiri.

2025-x.v. Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakulteti dekani.

2021-yil 14-yanvar kui Sun’iy intellek va raqamli texnologiyalar ilmiy tadqiqot institutida «Harakati differensial-ayirmali tenglamalar sistemasi bilan ifodalanuvchi sanoat robotini maqbul boshqarish usuli» mavzusidagi 05.01.02 – «Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash» ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissrtatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2023-yilda OAK tomidan «Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash» ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berildi.

D.Aroyev faoliyati davomida ko‘plab shogirdlar chiqargan. Uning shogirdlari orasida davlar stipendiyatlari, xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari, respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari yetishib chiqqan.

Jumadan: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 6-oktabrdagi 415-sonli buyrug‘i bilan Nosirova Gulchehra Nodirjon qizi Navoiy nomli Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘i bilan Sobirov Avazbek Abdurashid o‘g‘li Navoiy nomli Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi;

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘i bilan Bobonazarov Azizjon Komiljon o‘g‘li Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

2023-yil 23-30-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida o‘tkazilgan matematika fanidan o‘kazilgan Muhammad Al- Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiadada Soliyeva Dilnavozxon Azizon qizi boronza medalini;

2024-yil 3-8-mart kunlari Turkmaniston Respublikasi Ashxobod shahrida o‘tkazilgan matematika fanidan o‘kazilgan OMOUS-2024 IV Xalqaro olimpiadada Bobonazarov Azijon Komiljon o‘g‘li boronza medalini;

2025-yil 13-18-aprel kunlari Turkmaniston Respublikasi Ashxobod shahrida o‘tkazilgan matematika fanidan o‘kazilgan OMOUS-2025 V Xalqaro olimpiadada Nemarov Bexruz Bobomurod o‘g‘li kumush medalini;

2025-yil 13-18-aprel kunlari Turkmaniston Respublikasi Ashxobod shahrida o‘tkazilgan matematika fanidan o‘kazilgan OMOUS-2025 V Xalqaro olimpiadada Solijonov Humoyun Abdulaziz o‘g‘li bronza medalini qo‘lga kiritdi.

2023-yil 11-12-dekabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Jajolobod shahridagi Xalqaro universitetda talabar o‘rtasida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada Arabova Azizaxon Abdug‘affor qizi III darajali diplom sohibi bo‘ldi.

2024-2025 o‘quv yilida Bobonazarov Azijon Komiljon o‘g‘li “Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida 1-o‘rinni egallab grant sohibi bo‘lgan.

D.Aroyev dunyoning nufuz oliy ta’lim muassalarida tajriba orttirgan. Jumladan TOP-1000 universitetlaridan A.Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk universiteti (Qozog‘iston), M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (Qozog‘iston), M.G‘ofurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti (Tojikiston), Xalqato gumanitar va rivojlanish universiteti (Turkmaniston).

Hozirgi kunga qadar Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakulteti dekani vazifasida ishlab kelmoqda.