Muxabbat Allambergenova Xasanbaevna 2015-yili “Oʻzbekiston xalq ta’limi a’lochisi” 2023-yili “Qoraqalpogʻiston xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Umumiy mehnat staji - 25 yil. Allambеrgеnova Muхabbat Хasanbaеvna 1991-yili Qoraqalpoq davlat univеrsitеtiga o‘qishga kirib, 1996-yili imtiyozli diplom bilan muvaffaqiyatli tamomlagan. U 1996-2000-yillarda Nukus tumani Хalq ta’limi bo‘limiga qarashli 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda o‘qituvchi, 2000-2003-yillarda Nukus davlat pеdagogika instituti “Informatika va aхborot tехnologiyalari” kafеdrasi stajyor-o‘qituvchisi, 2003-2006-yillarda ushbu institutning “Informatika va aхborot tехnologiyalari” kafеdrasi assistеnt-o‘qituvchisi, 2006-2014-yillarda “Informatika va aхborot tехnologiyalari” kafеdrasi katta o‘qituvchi, 2014-2016-yillarda “Informatika va aхborot tехnologiyalari” kafеdrasi dotsеnti, 2016-2019-yillarda pedagogika institutining magistratura bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan. 2019-yildan bugungi kunga qadar esa Nukus davlat pеdagogika institutining Maktabgacha ta’lim fakultеti dеkani lavozimida ishlab kеlmoqda.
Allambеrgеnova Muхabbat Хasanbaеvna 2012-yili institutning mustaqil tadqiqotchisi sifatida 13.00.02 - Aniq fanlarni o‘qitish mеtodikasi iхtisosligi bo‘yicha “Informatikadan intеraktiv o‘quv majmualar yaratish va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish” mavzusida nomzodlik dissеrtatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2016-yili 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va mеtodikasi iхtisosligi bo‘yicha dotsеnt ilmiy unvonini olishga muvaffaq bo‘lgan.
2019-yildan institutning Maktabgacha ta’lim fakultetining dekani vazifasini ishlab kelmoqda.
Oʻz faoliyati davomida talabalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mamlakatimiz yoshlarini komil insonlar etib tarbiyalashda faol qatnashib kelmoqda.
Shuningdek, yoshlarni ilm, fanga qiziqtirish, Startap loyihalarini tayyorlashda va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishida ustozlik qilmoqda. Respublikamizda oʻtkaziladigan “Innovatsion loyihalar va ishlanmalar” yarmarkasida oʻz shogirdlari bilan faol qatnashib, bir necha tashkilotlar bilan loyiha doirasida shartnomalar tuzishga muvaffaq boʻldi.
2014-2015-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan VII, VIII innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasida 4 ta loyihasi bilan qatnashib, 11 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan shartnomalar tuzishga muvaffaq bo’ldi.
U turli tashkilotlarda ta’limda zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalarini foydalanish boʻyicha seminar-treninglar oʻtib turadi.
Dekanlik faoliyatida yoshlarni milliy mafkura gʻoyalari va milliy qadriyatlarimiz negizida tarbiyalash uchun tadbirlar tashkil etishda faoldir.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiyani tashkil etishda muammolar, tarbiyalanuvchilarning muassasadagi tarbiya jarayonlariga bogʻliq masalalarda oʻz ilmiy tadqiqot natijalari va maslahatlarini ayamaydi.
Bizning mamlakatimiz bir birlari bilan doʻstona va qarindoshlik rishtalari bilan bogʻlangan koʻp millatli xalqdir. Institutda ham bir necha millat vakillari farzandlari ta’lim va tarbiya olishmoqda. Yoshlar orasida doʻstlik munosabatlari rivojlantirish boʻyicha qator tadbirlar tashkil etiladi. Bu tadbirlarda yoshlarimiz har bir millatning oʻziga xos madaniyati, dasturlari va yashash tarzlari bilan yaqindan tanishadilar.
M.Allambergenova oʻz kasbiy hamda jamoatchilik faoliyati bilan birgalikda ilmiy salohiyatini ham namoyon qilib kelmoqda.
Har yili institut miqyosida o‘tkazib kelinayotgan ilmiy-amaliy anjumanlar va institut bilan hamkorlik dasturlar mavjud bo‘lgan boshqa ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan anjumanlar va ilmiy, o‘quv uslubiy seminarlarda faol ishtirok etadi.
Xususan, har o‘quv yili davomida institut qoshidagi akademik litseylar va hamkorlik doirasidagi kasb-hunar kollejlarida, umum ta’lim maktablarida bo‘lib, yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha seminarlar tashkil qildi. Shuningdek, institut va boshqa ta’lim muassasalari hamda bir qator tashkilotlarda davlat dasturlari va buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Turli ilmiy nashrlarda uning maqolalari e’lon qilingan. Jumladan, 2013-yilda “Структурa и вoзмoжнoсти мультимедийнoгo электрoннoгo учебникa”, “Interaktiv o‘quv majmualar yaratishda multimediali dasturiy vositalardan foydalanish”, 2015-yilda “Interfaol o‘quv majmualar yaratishdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari”,
“Multimediali interfaol o’quv-uslubiy majmualar yaratishning pedagogik texnologiyalari”, 2017-yilda “Реaлизaция инфoрмциoннo-метoдическoгo oбеспечения пoвышения квaлификaции педaгoгoв нa oснoве дистaнциoннoй oбучений”,
2017-yilda “Technology of Creating Multimedia electronic Educational and Methodological Complexes for the Course of Computer Science”, 2023-yilda “Elektron ta’lim resurslari vositasida axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish”, “Using software in teaching elementary mathematics concepts for trainees of preschool educational institutions”, “Elektron ta’lim resurslari vositasida axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishning didaktik imkoniyatlari”
- Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumani ma’ruzalar to’plamlarida “Raqamli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi”- 2024-yilda, Pedagogical sciences and teaching methods xalqaro ilmiy konferensiyasida “Umumta’lim sifatini boshqarishning zamonaviy uslublar” mavzusidagi ma’ruzalari bilan qatnashgan.
Ilmiy ishi bo‘yicha 2013-yili «Interaktiv o‘quv majmua: nazariya va amaliyot» nomli monografiyasi Fan va texnologiya nashridan 500 nusxada, 2024 yili “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo`naltirib o‘qitish. Nazariya va amaliyot” monografiyalari bosmadan chiqdi.
Shuningdek, «O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda ta’lim texnologiyalari» o‘quv qo‘llanmasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazining bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilib, 300 nusxada bosmadan chiqdi. 2019-yili “Kompyuter grafikasi”, “Kompyuter ta’minoti” darsliklar va 2023-yili «Pedagogik mahorat» fani o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish usullarini takomillashtirish mexanizmlari nomli darsligi ham mualliflar bilan birgalikda chop etildi.
2012-2016-yillarda Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida 2012-2016-yillarga mo‘ljallangan F1-XT-0-16955 «Telekommunikativ tizimni globallashtirish sharoitida maktab o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashning fundamental muammolari» mavzusidagi fundamental loyihasi;
2016-2017-yillarda «Informatika ham xabar texnologiyalari» o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash bo‘yicha xo‘jalik shartnoma loyihasi;
2019-yil Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha № 001321 mualliflik huquqi, «Ilk qadam» № 001320 mualliflik huquqi va Delphi 7 muhitida dasturlash tilini o‘rgatuvchi elektron o‘quv qo‘llanmasiga patent, №DGU 20200353 muallifi egasi hisoblanadi.
M. Allambergenova 2016-yil Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan «Eng yaxshi pedagog» tanlovining Respublika bosqichida «Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi» nominatsiya g‘olibi bo‘ldi.
M.Allambergenovaning hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish faoliyati doirasida fakultetdagi defektologiya yo‘nalishi bo‘yicha Fransiya davlati INSHEA instituti bilan hamkorlik doirasida memorandum imzolandi. Uning tashabbusi bilan talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga bo‘lgan e’tibori hamda «oila-mahalla-ta’lim muassasasi» hamkorligi tizimini samarali amalga oshirmoqda. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Malayziyaning Linkoln universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim loyihasini amalga oshirishda faollik ko‘rsatgan va tashkiliy ishlariga rahbarlik qilgan.
2023-yil 29-31-may kunlari Kazan federal universiteti va Nukus davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan pedagogik ta’lim sohasida «IFTE 2023/ Kachestvo pedagogicheskogo obrazovaniya v usloviyax sovremennix vizovov» xalqaro konferensiyasida tashkiliy komiteti rahbari va moderator vazifalarini faol bajarib, «Innovatsiyalar ta’limda: xalqaro hamkorlik trayektoriyasi» xalqaro forum direktori V.V.Pidjakova tamonidan Tashakkurnoma olishga muyassar bo‘ldi.
2024-yilda fakultet talabalaridan Mubarekova Muqaddas Prezident stipendianti, Eshmatova Rayhon Navoiy davlat stipendianti, Rimboeva Ozoda Navoiy davlat stipendiantlari boʻlishlarida oʻzining munosib hissasini qoʻshdi.
2022 va 2024 yillarda shogirdlari 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) bo‘yicha B.Tlegenov «O‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini oshirishda muammoli o‘qitish metodikasini takomillashtirish» (5-sinf informatika fani misolida) mavzusida, A. Kunnazarov «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish» («Informatika va axborot texnologiyalari» fani misolida) mavzusidagi dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq bo‘ldilar.
2024-yili 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bo‘yicha “Elektron ta’lim resurslari vositasida axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olishga muyassar boʻldi.
U oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, moʻtabarligi, sohasiga professionalligi, kasbiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik, oilasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.